Iqlim o'zgarishi. Zaharli moddalar va ekologik adolat
Download 222.5 Kb.
|
IQLIM O\'ZGARISHI. OLIMJONOV ODILBEK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olimlarning ta’kidlashicha, yaqin 25−30 yil ichida iqlim yanada issiqlashadi va ob-havo sharoiti keskinlashadi.
Iqlim o'zgarishi. Zaharli moddalar va ekologik adolat.IQT-AU-21 talabasi Olimjonov OdilbekReja:Iqlim o’zgarishi xaqida Uning sabablari Uning oqibatlari Iqlim o‘zgarishi muammosi yildan-yilga dolzarblashib bormoqda Global isish bilan bir qatorda, iqlim o‘zgarishi muammosi qatoriga yog‘ingarchiliklarning bir maromda emasligi, gohida quruqchilik bo‘lishi, gohida esa birdan yog‘ingarchiliklar ko‘payib hududlarni suv bosishi ham kiradi. Sanoat issiqxona gazlari tarqalishining ulushini aniqlash uchun radioaktiv nurlanishdan foydalanilgan tadqiqotlar kabi ishonchli dalillar mavjud. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ortiqcha gaz inson faoliyatining natijasidir. Karbonat angidrid darajasi har doim tabiiy ravishda ko‘tarilgan va tushib ketgan, ammo bu o‘zgarishlar minglab yillar davom etgan. Geologlarning ta’kidlashicha, odamlar iqtisodiy faoliyat davomida karbonat angidridni atmosferaga tabiatdan ko‘ra ko‘proq intensiv ravishda chiqaradi. Ba’zi konservatorlar bozorga asoslangan iqlim o‘zgarishi siyosatini muhokama qilish o‘rniga, ilmiy dalillarga qarshi chiqish orqali global isishni inkor qilmoqdalar. AQShning sobiq prezidenti Tramp bir necha bor olimlar jamoatchilikni aldash uchun butun dunyo bo‘ylab yolg‘on o‘ylab topilayotganini yoki global isish Amerika sanoatini beqarorlashtirish uchun Xitoy tomonidan o‘ylab topilganini ta’kidlagan. Skeptiklarning argumentlari shu qadar shubhali bo‘lib qoldiki, hatto neft va ko‘mir ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ham bunday munozaralardan o‘zlarini chetlab o‘tishdi, vaholanki, ularning ba’zilari hali ham shunday qarashdagi siyosatchilarning saylov kampaniyasini moliyalashtirmoqda. Olimlarning ta’kidlashicha, yaqin 25−30 yil ichida iqlim yanada issiqlashadi va ob-havo sharoiti keskinlashadi.
Biroq, xavf shundaki, dengiz sathining ko‘tarilishi davom etaveradi. Yer tarixini o‘rganuvchi olimlar, eng yomon holatda, garchi bu ehtimoldan yiroq bo‘lsa-da, o‘n yil ichida suv yarim metrga ko‘tarilishiga ishonishadi. Ko‘pgina ekspertlarning fikricha, ertaga issiqxona gazlari chiqindilari to‘xtagan taqdirda ham, dengiz sathining 4−6 metrga ko‘tarilishi muqarrar va bu ko‘plab shaharlarni suv bosishi uchun yetarli. Albatta, agar ularni himoya qilish uchun trillionlab dollar sarflanmasa. Bu qancha davom etishi noma’lum. Ammo agar bu shunday davom etsa, u oxir-oqibat 24−30 metrgacha ko‘tarilishi mumkin.
Download 222.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling