Щзбекистон республикаси олий ва щрта махсус таълим вазирлиги


Download 1.8 Mb.
bet5/11
Sana06.11.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1751553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9 мавзу Газларни тозалаш усуллари

Siklonlarni hisoblash. Siklonlarni hisoblash uchun quyidagi parametrlar ma’lum bo‘lishi kerak:
- tozalanayotgan gazning xajmi, m3/coat;
- gazninig siklonga kirishdagi harorati, S;
- gazning normal sharoitdagi zichligi, kg/m3;
- gazdagi suv bug‘larining miqdori, kg/kg yoki %;
- siklonga kirishda gaz tarkibidagi chang miqdori, g/m3;
- changning qovushqoqligi, zichligi; N s/m2;
- siklonga kirishdagi gazning bosimi, N/m2;
- zaruriy tozalash koefitsenti, %;
- changning fraksiyalar bo‘yicha disperslik tarkibi (massaviy %).
Siklonlarni hisoblash quyidagi tartibda olib boriladi. Avval uning tipi va diametri tanlanadi. So‘ngra bitta siklondan yoki batareyali siklonning bitta elementidan o‘tadigan gazning ish xajmi topiladi:

yoki


bu yerda f - gazning mavhum (shartli) tezligi, m/s; 0 va t - gazning normal va ish sharoitidagi zichligi, kg/m3; D - siklonning yoki batareyali siklon elementining ichki diametri, m;  - siklonning gidravlik qarshilik koeffitsienti; R - gazning siklonga kirishdagi absolyut bosimi, Pa; t -gazning ish harorati, 0S.


Siklonlarning gidravlik qarshiligi quyidagi tenglamadan topiladi:



Changlarni yuvib tozalash
Toza gaz olish uchun changli gazlarni suv yoki boshqa suyuqliklar bilan yuvib ularni chang zarrachalaridan tozalanadi. Bunda oqindi suvlar hosil bo‘lib ularni tozalash talab qilinadi. Bu usul ayniqsa sovigan gazlarni tozalash ancha oson, chunki gazlar soviganda suv bug‘lari kondensatsiyalanib changlar jamlanadi va ularning og‘irligi ortib, chang zarrachalari gazdan oson ajraladi. Bu qurilmalarni chang to‘tishdan tashqari gazlarni sovitish yoki namlash, tumanlarni tutib qolish, gaz qo‘shimchalarini absorbsiyalash kabi ishlar bajariladi.
Gaz yuvuvchi qurilmalarni kamchiligi:
a) qurilma va truboprovodlar yuzalariga chang zarrachalari yopishib qolishi;
b) suyuqlikning sarfi ancha katta;
v) gazlarni, ayniqsa agressiv gazlarni tozalashda korroziyadan himoya qilish talab qilinadi.
Gaz yuvuvchi qurilmalar quyidagi sinflarga bo‘linadi: 1) fazalar kontakt yuzasining turiga ko‘ra: suyuqlik sochib beruvchi, nasadkali, tarelkali, plyonkali; 2) ish prinsipiga ko‘ra: gravitatsion, markazdan qochma, oqimchali va mexanik; 3) energiya sarfiga ko‘ra: past bosimli, o‘rta bosimli, yuqori bosimli qurilmalar.
Suyuqlik sochib beruvchi qurilmalar. Bunday qurilmalar (skrubberlar) ichi bo‘sh qobiqdan iborat bo‘lib, silindrsimon va to‘g‘ri to‘rtburchakli kolonnalar ko‘rinishida bo‘ladi. Skrubberlar gaz aralashmasi 0,8-1,5 m/s tezlikda qurilmaning pastki qismidan beriladi. Skrubberning yuqori qismidan forsunkalar orqali sochilgan suv qurilmaning balandligi bo‘ylab devor yuzasi bo‘ylab harakat qilib, gaz qurilmaning yuqori qismidan chiqib ketadi. Oddiy skrubberlarda gaz aralashmasinig tozalanish darajasi 60-75% bo‘ladi. Zarrachaning o‘lchami 10 mkm dan katta bo‘lsa 99% ni tashkil etadi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling