Щзбекистон республикаси олий ва щрта махсус таълим вазирлиги


Download 1.8 Mb.
bet7/11
Sana06.11.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1751553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9 мавзу Газларни тозалаш усуллари

7.5- rasm. Ko‘pikli gaz
yuvuvchi qurilma:
a - ag‘darilma tarelkali; .
b - qo‘shilish tarelkali.

Bu turdagi qurilmalarda perforatsiya qilingan tarelkalarning soni bir nechta bo‘lishi mumkin, bunday sharoitda tozalash darajasi ortadi (99% gacha). Bitta tarelkaning gidravlik qarshiligi taxminan 600 Pa ga teng bo‘ladi. Sanoatda ko‘pik qatlamini barqarorlashtirib turadigan qurilmasi bo‘lgan tarelkali skrubberlar keng ishlatilmoqda. Barqarorlashtiruvchi qurilma (stabilizator) ko‘pikli rejimning tezlik intervalini ancha kengaytiradi (4 m/s gacha) va ko‘pik qatlamining balandligini ko‘paytiradi. Bunday qurilmalarning gaz bo‘yicha ish unumdorligi standartlashtirilgan va 3 dan 90 ming m3/soat gacha o‘zgarishi mumkin. Tarelkalardagi gazning optimal tezligi 2,5-4,5 m/s, suyuqlikning solishtirma sarfi 0,05-0,1 l/m3. Ko‘pikli qurilmalar kimyo va metallni qayta ishlash sanoatida, ayniqsa mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishda gazlarni ftor, oltingugurt, fosfor changlaridan tozalashda yaxshi samara bermoqda.


Venturi skrubberi. Bunday qurilma suyuqlikni sochib beruvchi truba (Venturi trubasi) va suyuqlik tomchilarini gaz oqimidan ajratadigan separatordan tashkil topgan (7.6-rasm). Venturi trubasi 1 torayuvchi qism (konfuzor), qisqa silindrsimon qism (bo‘g‘iz) va kengayib boruvchi qism (diffuzor) lardan tuzilgan. Suyuqlik maxsus sochib beruvchi qurilma yoki mexanik forsunka yordamida konfuzor (yoki bo‘giz) ga beriladi. Trubaning harakteristikalari quyidagicha o‘zgarishi mumkin: konfuzorning qiyalik burchagi 25-28°; diffuzorning qiyalik burchagi 6-7°; bo‘g‘izning uzunligi diametrining 0,15-0,5 ulushi; bo‘g‘izning diametri truboprovod diametrining 0,4-0,5 ulushi. Bosim yo‘qolishini kamaytirish uchun Venturi trubasining ichki yuzasi mexanik
7.6-rasm. Venturi skrubberi: qayta ishlash yo‘li bilan silliqlantiriladi.
1-suyuqlikni sochib beruvchi truba; Gaz - suyuqlik oqimining bo‘g‘izdan keyin
2-siklon tomchi ushlagich. diffuzorga o‘tib, kengayishi paytida
suyuqlikning qo‘shimcha mayda tomchilarga ajralishi yuz beradi. Bu yerda suyuqlik tomchilari chang zarrachalarini o‘zi biyaan birga olib ketadi. Tomchilarning gaz oqimidan ajralish jarayoni siklon - tomchi ushlagich (2) da ro‘y beradi.
Bo‘g‘izdagi gazning tezligi 60-150 m/s ga yetadi. Suyuqlik ortiqcha bosim (0,03-0,1 mPa) bilan beriladi. Diffuzorda oqimning tezligi 20-25 m/s gacha kamayadi. Siklonda gaz-suyuqlik oqimining tezligi 4-5 m/s ni tashkil qiladi.
Venturi skrubberida chang zarrachalarini ushlab turgan suyuqlik tomchilariga nisbatan gazning katta tezligiga erishiladi. Shu sababdan Venturi qurilmasida gaz tarkibidagi o‘lchami 1 mkm dan kichik bo‘lgan qattiq zarrachalarni ushlash imkoniyati mavjud. Tozalash darajasi 99 % gacha yetadi, biroq qurilmaning gidravlik qarshiligi juda katta (2200-12800 Pa).

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling