Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Ko`pirtiruvchi - sirt aktiv moddalar


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   261
Ko`pirtiruvchi - sirt aktiv moddalar. Tish pastalarini tayyorlashda 
ko`pirtiruvchi-sirt aktiv moddalardan-alizarin moyi, lauril sulfat natriy, 
natriy lauril sarkozinat va yog` kislotalar tauridining natriyli tuzi kabilar 
keng ko`lamda ishlatiladi. Tish pastalari tarkibiga kiruvchi 
komponentlar zararsiz, og`iz shilliq pardasiga salbiy ta’sir 
ko`rsatmaydigan va juda yaxshi ko`piradigan bo`lishi lozim. Yaxshi 
ko`piruvchi tish pastalari tishlar yuzasidan ovqat qoldiqlarini, 
karashlarni tozalashda ancha qulayliklar tug`diradi. 
Bugungi kunda abraziv modda saqlamaydigan, gelsimon tish 
pastalar ham keng ko`lamda ishlanib chiqilmokda (pepsodent, 
blendomed va x.k.). Bunday tish pastalarining asosini faol ko`pirish 
hususiyatiga ega bo`lgan kremniy ikki oksidi tashkil qiladi. Gelsimon 
tish pastalarining ta’mi juda yaxshi, har xil rangga egadir. Lekin 
tishlarni tozalash darajasi bo`r saqlovchi abraziv moddalarga ega tish 
pastalaridan ancha past. Tish pastalari uzoq muddat turishini inobatga 
olib, ularning buzilmasligini, aynimasligini ta’minlash maqsadida ular 
tarkibiga antiseptik moddalar (timol, triklozan va boshqalar) ham 
ma’lum miqdorda qo`shiladi. 
Biologik aktiv moddalar (xlorofilli birikmalar, fermentlar, 
mikroelementlar, o`simlik ekstraktlari, vitaminlar-V
Z
, V
6
, RR, S, K va 
boshqalar) tish pastalarining kariyes va parodont kasalliklarini oldini 
olishda qo`llash uchun imkoniyat yaratadi. 
Kariyes profilaktikasi maqsadida tish pastalari tarkibiga tish emali 
tarkibiga kiruvchi mineral tuzlar va kimyoviy elementlar qo`shiladi. 
Shulardan tarkibiga ftor qo`shilgan tish pastalari kariyes profilaktikasida 
bugungi kunda muhim o`rin egallaydi. Bunday tish tozalash pastalari 
barcha yoshdagi kishilarga tavsiya qilinadi. 


364 
Tish pastalari tarkibiga shu maqsadda natriy ftorid, olovo ftoridi, 
monoftorfosfat, aminoftorid va fosfatlar bilan ishlov berilgan natriy ftor 
birikmalari qo`shiladi. 
Ftorli birikmalar tishlar emal qobig`ini karashlar tarkibidagi 
mikroorganizmlar hosil qilgan kislotalarga nisbatan turg`unligini 
oshiradi, ularda modda almashinuvi jarayonini susaytiradi va 
remineralizatsiya jarayonini kuchaytiradi. Shu narsa izlanishlar 
natijasida aniqlanganki kariyes profilaktikasini amalga, oshirilishida 
erkin, bog`lanmagan ftor ioni muhim ahamiyat kasb etadi. Jaxon 
sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST-VOZ) tavsiyasiga ko`ra tish pastalari 
tarkibida ftor ionlarining miqdori 0,1%dan oshmasligi kerak. Samarali 
ta’sir qiluvchi tish pastalarining har bir grammida 1-3 mg ftorid mavjud 
bo`ladi. 
Katta yoshdagi kishilarga tavsiya qilinadigan tish pastalari o`z 
tarkibida 0,11% dan 0,16% gacha natriy ftor yoki 0,38% dan 1,14% 
gacha monoftorfosfat natriy tutadi. Bolalar uchun tish pastalaridagi ftor 
birikmalari miqdori 0,023% dan oshmasligi zarur. 
Tarkibida natriy ftor, kalsiy ftor va kremniy tutuvchi abrazivli tish 
tozalash pastalari kariyesga qarshi yuqori samarali xususiy fluoristat 
sistemasini tashkil qiluvchi vositalar hisoblanadi "Blendamed" va 
"Kolgeyt" tish pastalari shular qatoriga kiradi. 
Tish karashlarini hosil bo`lishiga qarshilik ko`rsatish, tish toshlari 
kristallarining o`sishini susaytirish maqsadida tish pastalari tarkibiga 
triklozan moddasi qo`shiladi. Triklozan bakteriyalarga qarshi (ayniqsa 
grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga) kuchli ta’sir ko`rsatib, 
ularning ko`payishini keskin susaytiradi. Bu ta’sirot tish tozalangandan 
so`ng 12 soatgacha davom etishi mumkin. 
Tish pastalari tarkibidagi ftor birikmasi so`lakda erishi natijasida 
erkin ftor moddasi ion shaklida tish emali tarkibiga singib kirib, emalni 
kislotali demineralizatsiya jarayoniga to`sqinlik qiladi. Ftor ioni emal 
tarkibida kislotalarda erimaydigan birikmalar hosil qilishda ishtirok 
etadi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling