367
Keng tarqalgan rus gigiyenik tish pastalari:
“Apelsinovaya”, “Myatnaya”, “Semeynaya”, “BAM”, “Moskovskaya”,
“Olimp”, “Nu pogodi” va boshqalar.
Bolalar gigiyenik tish pastalari.
Mazkur pastalar sanab o`tilgan tarkibiy qismdan tashqari yaxshi ta’m
beruvchi moddalar bilan boyitiladi. Bular efir moylari, ovqatga
ishlatiladigan essensiayalardir. Bolalar gigiyenik pastalarini
tayyorlashdagi asosiy shartlaridan bo`lib, yaxshi ta’mga ega bo`lish va
organizm uchun mutlaqo zararsiz bo`lishlik hisoblanadi. Bu xususiyatlar
bolalarni tishlarini yuvishga tez o`rgatish va bu muolajani ularda odat
tusiga kiritishda yordam beradi.
Davolovchi – profilaktik tish pastalari.
Bu xildagi pastalar sanab o`tilgan ma’lum komponentlardan tashqari
biologik aktiv qo`shimchalar, vitaminlar, shifobaxsh o`simliklar
ekstrakti va eritmasi, tuzlar, mikroelementlar va fermentlar bilan
boyitilgan bo`ladi. Bu sinfga kiruvchi pastalardan xar kunlik tishlarni
tozalash uchun xamfoydalansa bo`ladi. Shu bilan birgalikda ularni
asosan parodont xastaliklari bor, tishlarida ko`plab kariyes va uning
asoratlari mavjud bemorlarga tavsiya etish maqsadga muvofiqdir.
Kariyes profilaktikasida parodont va nokariyes kasalliklari mavjud
xollarda mazkur pastalarning samarasi yuqori ekanligi isbotlangan.
Davolovchi – profilaktik pastalar tarkibiga kirgan komponentlar
asosida 5 guruxga bo`linadi:
1. O`simlik moddalari tutuvchi
2.
Tarkibida tuzlar saqlovchi
3. Tarkibida fermentlar saqlovchi
4. Tarkibida biologik aktiv moddalar saqlovchi
5. Kariyeska qarshi tarkibli tish pastalari