Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Tish kariyesiga qarshi ta’sir ko`rsatuvchi tish pastalari


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   261
Tish kariyesiga qarshi ta’sir ko`rsatuvchi tish pastalari. 
Bu guruhga kiruvchi tish pastalari o`z tarkibida ftor, fosfor, kaltsiy 
birikmalari tutganligi uchun tish qattiq mineral to`qimalarini (emal, 
dentin) mustahkamlab, to`yintirib, tish karashlarini paydo bo`lishiga yo`l 
qo`ymasdan, ularni kariyesdan muhofaza qiladi. 
Ftorli birikmalardan tish pastalari tarkibiga mono-ftorfosfat natriy, 
natriy-ftor, mis-ftorid, organik ftor saqlovchi moddalar qo`shadi. Ftorli 
tish pastalarini hosil qilishda ftor konsentratsiyasiga juda katta ahamiyat 
beriladi. Samarali ta’sir ko`rsatuvchi tish pastalari tarkibidagi ftor 
miqdori 1 gramm pastada 1-3 milligrammni tashkil qiladi. Shunday 
tarkibli tish pastalarini muntazam ishlatish kariyes jadalligini o`sishini 
bolalarda 15-35% gacha pasaytirganligi to`g`risida aniq ma’lumotlar 
mavjud. 
Mazkur tish pastalarining kariyesga qarshi samarali ta’siri 
avvalambor ularni mahalliy qo`llash tish emal qavatining turg`unligini 
oshirish va tashqi ta’sirotlarga berilmasligini ta’minlashdan iborat. 
Ftor ionlari tish emali tarkibiga singib kirib, mustahkam ftorappatit 
sistemasini hosil qiladi. Fosfor-kaltsiy birikmalarini tish qattiq 
to`qimalariga mustahkam birikishii ta’minlaydi, shu bilan birgalikda 
og`iz mikroflorasini o`sishini to`xtatadi va karashlarni hosil bo`lishini 
oldini oladi. Ftorli tish pastalari bolalar yoshida yangi chiqa boshlagan 
va yorib chiqqan tishlar emal qavatini mustahkamlashda muhim 
ahamiyati kasb etadi. Keyinchalik yosh o`tishi bilan bu xususiyat 
tishlarga nisbatan ancha pasayadi. Shuni nazarda tutgan holda tarkibida 
ftor tutuvchi tish pastalarini bolalar yoshida tavsiya qilish katta samara 


371 
beradi va kariyes o`sishini kamaytiradi. Ushbu guruhga kiruvchi 
“Cheburashka” tish pastasi o`z tarkibida natriy ftor, fosfatlar va 
mikroelementlar saqlaydi. “Cheburashka” tish pastasi bolalar uchun 
mo`ljalangan bo`lib kariyesga qarshi samarali ta’sir ko`rsatadi. 
Tarkibida ftor saqlovchi tish pastalari qatorida “Ftorodent” pastasi ham 
ma’lum. U o`zining tarkibida natriy ftor birikmasini tutadi va uni kariyes 
profilaktikasi hamda davolashda ishlatish tavsiya qiladi. Bundan tashqari 
bu tish pastasi tishlarda sodir bo`ladigan giperesteziyani susaytiruvchi
tish emali kristallarini mustahkamlab, emal qavatning kariyesga nisbatan 
turg`unligini oshiradi. 
Tish emalining mustahkamligini ta’minlovchi omil ftordan tashqari 
qator makro va mikro elementlardan iboartdir. Shuni nazarda tutib o`z 
tarkibida kaliy bir va ikki fosfat, natriy fosfat, glitserofosfat kaltsiy, 
kaltsiy glyukonat, fosfat kislotasining tuzlarini va boshqa makro-
mikroelementlar tutvchi tish pastalari ham ishlab chiqilmoqda. Bundan 
tashqari mazkur guruxga kiruvchi bir qancha pastalar o`z tarkibida 
davolovchi xususiyatga ega bo`lgan moddalarni saqlashi ma’lum. 
“Zodiak” tish pastasi o`z tarkibida natriy ftor birikmasidan tashqari 
yallig`lanishga qarshi ta’sir etuvchi va regeneratsiyani, epitelizatsiyani 
kuchaytiruvchi xususiyatga ega bo`lgan oblepixa moyi tutadi. Shu 
xususiyatlarini inobatga olib mazkur turdagi pastalarni kariyes 
profilaktikasida va parodont kasalliklarini, og`iz shilliq parda 
kasalliklarini davolash maqsadida shunday bemorlarga tavsiya etish 
mumkin. 
“Jemchug” va “Arbat” tish pastalari fosfat tuzlari saqlovchi 
davolash profilaktik xususiyatga ega bo`lgan og`iz bo`shlig`i shaxsiy 
gigiyenasining asosiy vositalaridan bo`lib hisoblanadi. Mazkur tish 
yuvish pastalari kariyesdan tishlarni muxofaza qilishda, tishlar 
giperesteziyasiga barxam berishda yuqori samaraga egadir. Ular o`z 
tarkibida glitserofosfat kaltsiy va antiseptiklar tutadi. Bular guruxiga 
“Kristall” va “Remodent” singari tish yuvish pastalari xam kiradi. O`z 
tarkibida fosfat tuzlarini saqlovchi tish pastalarini bugungi kunda uch 
yo`nalishda ishlatish maqsadga muvofiqdir. 


372 
Birinchidan – Bolalar va katta yoshdagi kishilarda kariyes 
profilaktikasida tishlarni muntazam har kuni tozalab turish uchun va 
applikatsiya(chaplash) uchun. 
Ikkinchidan – fosfat tuzlari tutvchi tish pastalari nokariyes 
kasalliklarini (giperesteziya, siyqalanish, eroziya, ponasimon nuqson
gipoplaziya, flyuoroz) davolashda samaralidir. 
Uchinchidan – ortodontik qurilmalar, xususan breket-sistema 
taquvchi bemorlarda har kunlik tishlar tozalanishi va applikatsiya 
qilinishi demineralizatsiya sohalarini sodir bo`lishini oldini oladi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling