Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Akvafresh Whitening
Akvafresh tish tozalash pastasi Amerika va inglizlarning “Smith
Kline Bucham” kompaniyasi mahsuloti bo`lib, bolalar va kattalar uchun oilaviy tish pastasi sifatida tavsiya qilinadi. Bu ko`p komponentli tish pastasi bo`lib, ajoyib tarkibga egadir. Mazkur pasta o`z tarkibida monoftorfosfat natriy, glitserofosfat kaltsiy, karbonat kaltsiy tutadi va faol farmakologik samaraga ega. U antibakterial, kariyesga qarshi, yaxshi ta’m va hidga ega. Bundan tashqari u o`zida ftor moddasini saqlaydi, bu esa tish emali sathida kislotalarda erimaydigan ftorapatitlarni hosil qiladi. Natriy karbonati Ph ko`rsatkichni ishqoriy muhitga burib turadi. Akvafresh tish yuvish pastasi og`izdagi noxush hidlarni mikroblarni o`ldirish orqali amalga oshiradi, bundan tashqari tish karashlarini hosil bo`lishini oldini oladi. Bunda glitserofosfat kaltsiy monoftorfosfat va laurilsulfat natriyni faollashtirib uning detergentlik xususiyatini oshiradi, yaxshi ko`pirishiga sabab bo`ladi. Akvafresh komponentlari tish emalining kristal hosil qiluvchi chambaraklarini mustahkamlaydi, emalning kariyesga nisbatan turg`unligini oshiradi. Akvafresh pastasi uch xil rangli pastalardan tashkil topadi va bu xususiyat tyubiklarda ham aralashib ketmaydi. Tyubik siqilganda tish cho`tkasiga oq, qizil va ko`k rangli pasta ajralib chiqadi va estetik zavq bag`ishlaydi. Mazkur kompaniyaning ikki xil tish pastasi bilan tanishamiz. Akvafresh Whitening – U o`zida noyob triklin komponentini saqlaydi, tishlarni har xil dog`lardan tozalab oqartirish xususiyatiga ega. Boshqa oqartiruvchi vositalardan farqli o`laroq bu tish pastasidan har kuni foydalansa bo`ladi. Whitening tish pastasi uch xil (oq, qizil, ko`k) ingrediyentdan tashkil topgan va ulardan har biri maxsus vazifani bajaradi: - oq qismi – tishlarni kariyesdan himoya qiladi - qizil massa – tishlarni karashlardan tozalaydi 376 - ko`k yoki yashil massa – og`izga xushbo`y hid va yaxshi ta’m beradi. Mazkur tish tozalash pastasi muntazam ravishda foydalanilganda tish toshlarini ham eritib yo`qotish xususiyatiga ega. “Maklinz” tish pastasi ham “Stmith Kline Beecham” kompaniyasining yangi mahsuloti bo`lib kariyes profilaktikasi va davolash ishlarida yuqori samaraga egadir. Kariyes profilaktikasini pasta tarkibiga kiruvchi to`rt komponent – natriy monoftorfosfat, glitserofosfat va karbonat kaltsiy, hamda mikroblarga qarshi ta’sir etuvchi triklezanlar ta’minlashadi. Pasta tarkibiga 0,25% triklozan kiritilishi uni mikroblarga qarshi xususiyatini oshirib, tish karashlarini keskin kamaytirishga olib keladi. Ikkinchi komponenti – karbonat kaltsiy bo`lib u ikki xil vazifani bajaradi: birinchidan ishqoriy muhit hosil qilib bakteriyalar hosil qilgan va ovqat tarkibidagi kislotalarni neytrallaydi; ikkinchidan demineralizatsiya sohalarida chiqib ketgan, yuvilib ketgan kaltsiyning o`rnini to`ldiradi. “Maklinz” tish pastasi har kun ikki marta ishlatilganda: - tishlarni karashlaridan tozalaydi – bu bilan gingivit va kariyesni oldini oladi - og`izni tozalab yaxshi ta’m va hid beradi. Tish pastalarini ishlab chiqaruvchi keksa avlod kompaniyalaridan biri, bugungi kunda og`iz bo`shlig`i gigiyenasi vositalarini ishlab chiqishda dunyoda salmoqli o`rin tutuvchi kompaniya “Colgate Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling