Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Tarkibida tuzlar saqlovchi tish pastalari
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fermentlar tutuvchi tish pastalari
- Biologik aktiv moddalar tutuvchi tish pastalari
Tarkibida tuzlar saqlovchi tish pastalari
Mazkur guruxga kiruvchi tish pastalarining tarkibiga har xil tuzlar va mineral komplekslar qo`shilib tayyorlanadi. Bunday tarkibli tish pastalari parodont va shilliq parda to`qimalarida qon aylanishini yaxshilaydi, modda almashinuvi jarayonlarini faollashtiradi, shishlarni yo`qotadi va ma’lum darajada og`riqsizlantiradi. Tuzlar shilimshiqlarni suyultiradi, tish karashlarini hosil bo`lishiga to`sqinlik qiladi, mikroblarni adgezivlik-yopishqoqlik xususiyatini yo`qotadi va koloniya hosil bo`lishiga yo`l qo`ymaydi. Shu gurux pastalaridan “Balzam” tish yuvish pastasi o`z tarkibida shifobaxsh mineral tuzlar kompleks mikroelementlar saqlashi tufayli parodont to`qimasiga shifobaxsh ta’sir ko`rsatadi va yaxsht tozalovchi xususiyatga ega. “Yubileynaya” tish pastasi o`z tarkibida shifobaxsh Morshinsk mineral suvidan ajratilgan yuqori kaliyli konsentrat va sulfat-magniyli komponent saqlashi tufayli milk va shilliq parda qon aylanishiga ijobiy ta’sir qilib to`qimalar oziqlanishini yaxshilaydi. Yallig`lanishga qarshi yuqori samarali ta’sir ko`rsatib, yaxshi tozalovchi xususiyatga egadir. Fermentlar tutuvchi tish pastalari O`z tarkibida fermentlar saqlovchi tish pastalari tish yumshoq karashlarini, ovqat qoldiqlarini, nikotinli karashlarni yaxshi eritib tozalash xususiyatga ega bo`lgan shaxsiy gigiyena vositalaridan hisoblanadi. Bunday guruxga “Belo-rozovaya”, “Osobaya”, “Charodeyka” kabi tish pastalari kiradi. Ular o`z tarkibida proteolitik fermentlar, polivinil pirolidon kabi aktiv tozalovchi vositalar saqlaydi. Aynan ana shu fermentlar saqlovchi tish pastalarini parodont kasalliklarini o`tkirlashgan davrida tavsiya qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Biologik aktiv moddalar tutuvchi tish pastalari Mazkur guruhga kiruvchi tish pastalari o`z tarkibida biologik aktiv qo`shimchalar, xususan vitamin “V”, pantotenat kaltsiy, boroglitserin tutib, yuqori darajada yallig`lanishga qarshi samara berib, to`qimaning 370 tiklanish regeneratsiyasini ta’minlaydi. Bulardan tashqari ular bakteriostatik, antiseptik, bakteritsid, fungostatik, fungitsid ta’sirga ega bo`lganligi bois, ushbu pastalarni stomatitlarda, kandidozlarda, glossit, xeylitlarda, parodont yallig`lanishlarida tavsiya qilish maqsadga muvofiqdir. “Prima”, “Boroglitserinovaya”, “Yagodka” tish yuvish pastalari shular jumlasidandir. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling