Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   261
“Colodent Herb-F” tish yuvish pastalarini ham ishlab chiqaradi. Bu 
tish pastalari o`z tarkibida shalfey, romashka (moychechak) kabi 
shifobaxsh o`simliklar ekstraktini saqlashi tufayli bakterostatik va 
yallig`lanishga qarshi samarali ta’sir ko`rsatadi. Asrlar davomida 
foydalanib 
kelinayotgan 
bu 
o`simliklar 
ajratmasi 
parodontit 
simptomlarini bartaraf qilib, milklardan qon oqishini to`xtatadi. Pastalar 
tarkibidagi ftor elementi emal tashqi qavatini mustahkamlab, tish 
emalini kariyesga nisbatan turg`unligini oshiradi. Mazkur tish 
pastalaridan 4 yoshdan boshlab foydalanish tavsiya qilinadi. 
Sensodyne – maxsus ishlab chiqilgan davolovchi – profilaktik tish 
yuvish pastasi bo`lib, insonlarda tishlar sezgirligi oshishi natijasida sodir 
bo`ladigan og`riqlar, noxush xollarni bartaraf qilishda yuqori 
samaradorlikka ega. 
Sensodin tish pastasining ikki xili ishlab chiqariladi: Sensodin-
K(klassik) tarkibida xlorid stronsiy tutishi ochiq dentin kanalchalarini 
tezda to`ldirishi oqibatida tishlar sezgirligini tezda pasaytiradi. 
Sensodin-F(ftor), o`z tarkibida kaltsiy xlor tutganligi uchun tashqi 
ta’sirotlarni ichkariga pulpa to`qimasiga o`tkazmaydigan to`siq parda 
hosil qiladi. Ftor elementi tish emalini kariyesdan himoya qiladi. Har 
ikkala tish yuvish pastalarida davolovchi komponentlar borligi, ularni 
parodont to`qimasini yallig`lanish jarayonlaridan himoya qiladi. 
Sensodin tish pastalrini samaradorligini 30 yil mobaynida o`rganib, 
nazorat qilib kelinishi haqiqatan ham mazkur tish pastalari giperesteziya 
– tishlar sezgirligini bartaraf qilishda tengsiz pasta ekanligini butun 
dunyo stomatologlari e’tirof etib kelishmoqda. 
 
1.9.3. Tish tozalash poroshoklari 
Tish tozalash poroshoklari yaqin o`tmishgacha keng qo`llaniladigan 
gigiyena vositasi sifatida foydalanilgan. Tish poroshoklarining asosiy 


381 
tozalovchi vositasi bo`lib, kimyoviy tozalangan cho`ktirilgan bo`r 
hisoblanadi. Unga hid, ta’m beruvchi moddalar qo`shilib poroshok 
tayyorlangan. 
Tish poroshoklari pastalarga nisbatan abrazivlik hususiyati kuchli 
bo`lib, tishlarni karashlardan yaxshi tozalaydi. Og`izdan noxush hidlarni 
yo`qotishi kuchsizrok. Kamchiliklaridan eng asosiysi tezda mikroblar 
bilan ifloslanishidir. Tish poroshoklari qutichalarda saqlanishi va ular 
tez-tez ochilab turishi ana shu kamchiliklarga imkoniyat yaratadi. Tish 
cho`tkalari tashqi muhitdan mikrob va bakteriyalarni olib kiradi, 
qutichalar ochilganda esa tashqi muhitdan mikroblar tushadi. Ularning 
to`kilib, sochilishi, safarda olib yurishda noqulayliklar tug`diradi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling