Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   261
 
1.9.7. Tish eliksirlari 
Tish eliksirlari og`iz bo`shlig`ini chayish uchun ishlatiladigan 
vositadir. Ular tishlar tozaligini mustahkamlaydi, tish karashlari hosil 
bo`lishining oldini oladi va og`izga xush ta’m va xushbo`ylik kabi 
sifatlarni beradi. 
Eleksirlar tarkibiga biologik aktiv moddalar qo`shiladi. Shifobaxsh 
o`simliklarning spirtli ekstraktlari eleksirlarning asosini tashkil qiladi. 
Eleksirlar tarkibida kariyesga qarshi ta’sir ko`rsatuvchi moddalar, 
davolash xususiyatiga ega qo`shimchalar, profilaktika vositalari
dezodorantlar saqlashi mumkin. "Ksident" eleksiri o`z tarkibida natriy 
ftor, ksidifon preparati saqlaydi. Bu preparatlar organizmda kalsiy 
miqdorini boshqarib turadi va tish karashlari va toshlari hosil 
bo`lishining oldini oladi. 
"Lesnoy", "Paradontax", "Salvatimol" kabi eleksirlar yuqori 
davolovchi, yallig`lanishga qarshi hususiyatlarini namoyon qilib
tarkibida-shalfey, 
romashka, 
mirrix, 
exinatsey 
o`simliklarining 
damlamalarini tutadi. 
O`z tarkibida triklozan, natriy ftor saqlovchi "R1ax" eleksiri 
kariyesni oldini olibgina qo`ymay tishlarda karashlar hosil bo`lishini 


384 
ham kamaytiradi. "Sensitive" eleksiri o`z tarkibida olovo ftoridini saqlab 
kariyesning oldini olishda va tishlar sezgirligini pasaytirishda faol 
ishtirok etadi. 
1.10. Bolalar yoshida og`iz bo`shligining malakali gigiyenasi. 
Malakali gigiyena - bu, og`iz bo`shlig`i, tishlar yuzasidan yumshoq 
karashlarni, tish cho`kmalarini (toshlarini) maxsus asbob-uskunalar 
yordamida mutaxassis tomonidan ma’lum profilaktika qoidalariga rioya 
qilgan holda tozalashdan iborat muolajadir.
Bugungi kunda bolalar o`rtasida amalga oshiriladigan og`iz 
bo`shlig`ining malakali gigiyenasi tadbiri stomatologik kasalliklar 
kompleks profilaktikasi elementlaridan biriga aylangan. 
1970 yili shved mutaxassislari Axelssen va Lindhe lar og`iz 
bo`shlig`i malakali gigiyenasini kariyes va parodont yallig`lanishi 
kasalliklari profilaktikasi programmasiga kiritishgan. Bu kompleks 
programma o`z ichiga quyidagi tadbirlarni olgan: 
1. bolalarni ratsional ovqatlanishini ta’minlash 
2. ftor saqlovchi vositalarni mahalliy qo`llash 
3. og`iz bo`shlig`i gigiyenasining muntazamligini ta’minlash 
4. malakali gigiyenani amalga oshirish. 
Mazkur 
dasturga 
muvofiq 
OG
`
IZ 
bo`shlig`ining 
malakali 
gigiyenasini amalga oshirishlar orasidagi vaqt bolalarda 2-3 haftani 
tashkil qilgan, chunki zich karashlar mavjud paytida gingivit belgilari va 
boshlang`ich kariyes rivojlanishi uchun taxminan shuncha vaqt yetarli 
ekan. 
Bugungi kunda og`iz bo`shlig`i malakali gigiyenasini amalga 
oshirish vaqti bolada shu muolajaga nisbatan talab paydo bo`lishi bilan 
bog`liq qilib belgilangan (NEXO dasturi bo`yicha). 
OG
`
IZ 
bo`shlig`i malakali gigiyenasi amalga oshirish qoidalari: 
1. Barcha tishlar yodli yoki eritrozinli bo`yoq bilan bo`yaladi. Shifokor 
bemorga tishlar qatoridagi karash ko`proqq yig`iladigan sohalarni oyna 
orqali ko`rsatadi. Bemorlarga tishlarni to`g`ri yuvish qoidalari 
o`rgatiladi va amalga oshiriladi; 


385 
2. Tishni cho`tka va pastalar bilan tozalagandan so`ng qolgan tish 
karashlari abrazivli ftor saqlovchi silliqlovchi maxsus pastalar 
yordamida tozalanadi. Abraziv modda sifatida asosan dioksid 
kremniydan foydalaniladi. Ftoridlar konsentratsiyasi abraziv tozalovchi 
pastalarda 0,1% (0,22%-NaF yoki 0,8%-Na
2
R0
3
F
-
) ni tashkil etadi. 
Tishlarning chaynov yuzasidan karashlar aylanuvchi maxsus 
cho`tkalar 
yordamida, 
silliq 
yuzalardan 
esa-yumshoq 
rezina 
qalpoqchalar yordamida abraziv pasta bilan tozalanadi. Bunda abraziv 
pasta tutgan cho`tka va rezina qalpokchalar aylanish tezligi 5000 ayl/sek 
tashkil etishi kerak. 
Tishlarning kontakt (aproksimal) yuzalari flosslar yordamida 
tozalanishi lozim: 
3. Tishlar yuzasi karashlardan tozalanib bo`lgandan so`ng tish tozaligi 
darajasini nazorat qilish kerak bo`ladi. Mustaqil nazorat uchun bolalarga 
uyda tishlar karashini buyovchi tabletkalar (eritrozin) tavsiya qilinadi. 
Kariyes profilaktikasi dasturiga binoan o`tkazilayetgan og`iz 
bo`shlig`i malakali gigiyenasi tadbirlari orasidagi muddat boshida bir 
muncha qisqa bo`lsa, keyinchalik bora-bora bu muddat borgan sari 
uzaya boradi. Buning sababi dastur asosida o`tkazilayotgan chora-
tadbirlar bolalar 
OG
`
IZ 
bo`shlig`ining gigiyenik holatini kun sayin 
yaxshilab boradiki, unda endi tez-tez malakali gigiyenaga o`rin 
qolmaydi. 
NEXO dasturiga binoan malakali gigiyenalar o`rtasidagi muddat 
quyidagi faktorlar bilan bog`liq bo`ladi: 
1. bolalar va ota-onalarning dasturga qiziqishi; 
2. bolalar tishlarining kariyes bilan zararlanish darajasi; 
3. doimiy tishlarning chiqish darajasi (asosan birinchi va ikkinchi 
doimiy molyar tishlar); 
4. doimiy molyar tishlarning chaynov yuzalarida kariyes belgisining 
mavjudligi. 
Kariyes diagnostikasi darajasi tozalangan tishlarda ancha yuqori 
bo`lishini inobatga olib, og`iz bo`shlig`i malakali gigiyenasini 
profilaktik ko`rik paytida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. 


386 
Malakali gigiyenadan so`ng uning samaradorligini og`iz
bo`shlig`i 
gigiyenik indeksini tekshirib ko`rish yo`li bilan amalga oshiriladi. 
Gigiyenik indeks ko`rsatkichi tishlar yuzasida karashlar va toshlar 
mavjudligini miqdor jihatdan aniqlashga yordam beradi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling