Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Kariyes profilaktikasida qo`llaniladigan, tarkibida ftor
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
1.18. Kariyes profilaktikasida qo`llaniladigan, tarkibida ftor tutmaydigan mineral preparatlar. stomatologiya amaliyotida kariyes profilaktikasi maqsadida tarkibida ftor saqlamaydigan preparatlar ham keng ko`lamda ishlatiladi. Bu preparatlar samaradorligi jihatdan ftor preparatlardan qolishmaydi. Ayniqsa ular ftoridlar bilan birgalikda qo`llanilganda yaxshi natijalar beradi. Mazkur preparatlardan bugungi kunda yuqori samaradorlikka ega -- bo`lgani "Remodent"dir. "Remodent" preparati odontotrop ta’sirga ega bo`lib, kompleks minerallardan tashkil topgan. Remodent tarkibi (N.G.Paxomov, A.YA.Luste, 1983): Kalsiy - 4,35% Fosfor - 1,36% Magniy - 0,15% Kaliy - 0,20% Natriy - 16,0% Xlor - 30,0% Organik moddalar - 44,0% Marganets, temir, rux, mis va boshqa mikroelementlar - 100% gacha. Ushbu preparat rangi oq, poroshok shaklida bo`lib, suvda yaxshi eruvchandir. Eritma holida uni 1 sutka davomida saqlash mumkin. 3% li suvli eritma shaklida kariyes profilaktikasida, boshlang`ich kariyes va giperesteziyada ishlatiladi. Bundan tashqari "Remodent" nomli tish tozalash pastasi sifatida ham ishlab chiqilgan. Kariyes profilaktikasi maqsadida tishlar yuzasiga applikatsiya usulida qo`llaniladi. Yuvib tozalangan tishlar qatoriga 3% li remodent eritmasiga ho`llangan paxta tamponlar har 5 minutda 397 almashtirilib, 15-20 minut mobaynida ushlab turiladi. Muolajadan sung 2 soat davomida ovqatlanish tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari 3% li remodent eritmasi og`izni chayish yo`li bilan ham kariyes profilaktikasi tadbiri sifatida qo`llaniladi. Og`iz va tishlar 1 minutdan 3 marta 15-20 ml eritma bilan chayiladi. "Remodent" preparati bilan o`tkaziladigan profilaktika tadbirining davolash kursi har kun yoki kun oralatib 3-5 marta o`tkaziladi. Bu muolajalar soni bir yilga yetadi. Ma’lumki homila ona qornida rivojlanayotgan, uning tishlari taraqqkiy etayotgan davrda onaning ratsional oziqlanishi, organizmga kirayotgan mineral moddalar , vitaminlar kerakli darajada bo`lishi bola tug`ilgandan sung chiqqan tishlari-kariyesga turg`un, sog`lom bo`lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun, homilador onaning muvofiqlashgan ovqatlanishining buzilishi, yetishmovchiliklar, umumiy kasalliklar, ovqat so`rilishining buzilishi homiladorlik davrida yoki bola tug`ilgandan so`ng sodir bo`lgan taqdirda, bunday kamchiliklarni to`ldirish maqsadida bolalarga mineral moddalar, vitaminlar tutuvchi preparatlarni ichish uchun tavsiya qilinadi. Kalsiy, fosfor saqlovchi preparatlar kariyes profilaktikasi maqsadida, ratsional ovqatlanish buzilganda, 6 oygacha bola ona ko`kragini emmagan taqdirda, dispepsiya, raxit, antibiotik va kortikosteroidlar bilan bola uzoq muddat davolanganda tavsiya etiladi. Kalsiy va fosfor tutuvchi preparatlarni vitamin D 2 bilan birgalikda buyurish maqsadga muvofiqdir. Bu muolajalar qancha erta buyurilsa, shuncha samarali hisoblanadi. Yaxshi natija olish maqsadida kutilayotgan sistemali kariyesda mazkur preparatlarni tishlar mineralizatsiyalanish davrida ichish va 2 yil mobaynida davom ettirilmog`i lozim. Profilaktika maqsadida buyuriladigan muolajalar kursi yilda ikki marta 1-1,5 oy mobaynida tavsiya etiladi. Buyuriladigan preparatlar dozasi bolalar yoshi va sutkalik organizm talabidan kelib chiqib aniqlanadi. Kalsiy preparati yangi tug`ilgan, ko`krak yoshidagi bolalar uchun 0,16 g; 6-7 yoshda - 0,3-0,5 g ; 7-14 yoshda -1,0 g. ni tashkil 398 etadi. Fosfor miqdori ko`krak yoshidagi bolalar uchun - 0,1 mg/kg , 3-6 yoshda - 0,05 mg/kg, 6 yoshdan yuqori bolalar uchun - 0,03 mg/kg ni tashkil etadi. Kalsiy preparati markaziy asab sistemasi faoliyatini yaxshilab, suyaklarning to`g`ri rivojlanishini ta’minlash bilan birgalikda, organizm sezgirligini pasaytiruvchi (desensibilizatsiya) ta’sirga ham egadir. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling