Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   261
 
63-rasm.
a. Ochiq egatsimon; 
b) chuqur fissura; 
v) konussimon fissura; 
g) yopiq, chuqur fissura. 
 
Germetiklar chaynov yuzalarida mexanik barer hosil qilib, ovqatlar, 
mikroorganizmlar va so`lakning fissuralarga, chuqurchalar, egatchalarga 
kirishiga to`sqinlik qiladi va bu sohalarda kariyes jarayonini keltirib 
chiqaruvchi shart-sharoitlarga barham beradi. Germetiklar bolalarda sut 
tishlarida 2 yoshdan boshlab, doimiy tishlarda 6-7 yoshdan boshlab, 16-
18 yoshgacha qo`llanilishi mumkin. 
Tishlarni muxrlashning 2 yo`li farqlanadi: 
1) invaziv – fissuralarning kirish soxasidagi tish qattiq to`qimasini 
yuza charxlab kengaytirish yo`li bilan 
2) noinvaziv – fissuralar atrof to`qimasiga tig` tegizmaslik yo`li 
bilan.
Bugungi kunda tishlar fissuralarini muhrlash uchun ishlatiladigan 
qator germetiklar mavjuddir. Bulardan talablarga to`liq javob beradigan, 
yuqori samarali hisoblangan ba’zi birlarini keltiramiz.
I. Galogen lampa nurida qotuvchilar: 
 
1. Fissurit va fissurit-F - ftor saqlovchi, galogen lampa nurida 
qotuvchi «VOKO» firmasining germetik preparatidir. Mazkur 
germetiklar kuchsiz yopishqoqlik xususiyatiga ega bo`lgan metakrilat 
kislotasining hosilasi bo`lib, chaynov tishlar fissuralarini kariyesga 
qarshi muhrlashda ishlatiladi. Fissuritlar tarkibiga qo`shiladigan oyna 
zarrachalarining 99%-i 1 mikron o`lchamga egadir, bu esa preparatga, 
yaxshi singib kirish xususiyatini beradi. 
 а б 
 
 
 
 
 
 
в г


402 
 
2. Fissulayt-LS Rossiyaning «VladMIVA» firmasining mahsuloti. 
Organik biriktiruvchi alyumoftorsilikat to`ldiruvchi kompozit material 
bo`lib, uning tarkibiga kiruvchi, ftor saqlovchi noorganik komponenti 
profilaktik ta’sir ko`rsatadi. Ortofosfor kislotasining mavjudligi 
germetik qo`llashdan oldin maxsus kislotali ishlovga hojat qoldirmaydi. 
"Fissulayt-LS" adgeziyasi emal gidroksiapatiti bilan kimyoviy 
birikishiga asoslangan bo`lib, galogen lampa nurida qotib 24 soat 
mobaynida emal yuzasida saqlanadi. 
3. Fissulayt - kislotali ishlovsiz emal yuzasiga yotqiziladigan germetik. 
Galogen lampa nurida qotuvchi bu silant tarkibida quyidafilarni tutadi: 
-oligokarbonat metakrilat; 
-trietilenglikol dimetakrilat; 
-fosforli oligoefirakrilat; 
-polimerizatsiyani kuchaytiruvchi va susaytiruvchi katalizatorlar. 
Bulardan tashqari yana qator nurda qotuvchi germetiklar mavjud. 
Ba’zi birlarini sanab o`tamiz: Nuva-sil, A1rha-se1, YEsre-717, Tr2206, 
Bariton-L3, "Folakor". Ftor saqlovchi germetiklardan Fluro sheld 
(AKSH), YEroxulite-9075 (AKSH).

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling