Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi kasalliklarining profilaktikasi


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   261
 
1.20. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi kasalliklarining profilaktikasi. 
O
G
`
IZ 
bo`shlig`i shilliq pardasi doimo endogen va ekzogen (ichki, 
tashqi muhit) faktorlar ta’siri ostida bo`lib, turli xil kasalliklarning 
namoyon bo`ladigan joyidir. 
OG
`
IZ 
bo`shlig`i shilliq pardasi kasalliklarini sodir qiluvchi sabablar 
majmuasi asosan quyidagilardir: 


404 
-tashqi muhit omillari (turli-tuman mikroorganizmlar, mexanik, fizik, 
kimeviy ta’sirotlar) 
-ichki muhit omillari (yoshga bog`liq bo`lgan organizm reaktivligi, irsiy 
moyillik, immunitet holati, organizm a’zo va sistemalaridagi mavjud 
kasalliklar). 
Og`iz bo`shlig`i shiliq pardasi kasalliklarining profilaktikasi ana shu 
muhit omillari ta’sirini batamom bartaraf qilish yoki susaytirishga 
qaratilgan bo`ladi. 
Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi kasalliklari individual profilaktikasi 
stomatologik poliklinikalarida qabul vaqtida amalga oshirilmog`i zarur. 
Mazkur kasalliklarning ommaviy profilaktika usullari afsuski hali 
to`laqonli darajada ishlab chiqilmagan. 
Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi kasalliklari aksariyat qismining 
epidemiologiyasi to`liq o`rganilmagan. Ba’zi bir kasalliklar ma’lum 
gurux aholi o`rtasida o`rganilganligi va kasallik strukturasi to`g`risidagi 
ayrim to`liq bo`lmagan ma’lumotlargina mavjuddir. Bu ma’lumotlar 
ham murojaat qilib kelgan bemorlarda kuzatilib olingan xolos. 
Kasalliklar etiologiyasini, patogenezining mexanizmlarini bilish, 
aniq tasavur qilish kasalliklarni kelib chiqishining oldini olish 
yo`nalishida, kasallik keltirib chiqaruvchi sabablar va ularga zamin 
yaratuvchi faktorlarni yo`qotish choralarini ishlab chiqishda muhim 
o`rin tutadi. 
Shuning uchun og`iz bo`shlig`i shilliq pardasining aksariyat 
kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, epidemiologiyasi kerakli 
darajada yaxshi o`rganilmaganligi, profilaktika tadbir choralarining 
samarali, ommaviy usullarini ishlab chiqishga imkoniyat bermaydi. 
Bolalar 
OG
`
IZ 
bo`shlig`i shilliq pardasi va mexanik ta’sirotlar natijasida 
sodir bo`ladigan yara-chaqalar amaliyotda tez-tez uchrab turadi. Buning 
profilaktik tadbir choralari bo`lib, kariyes oqibatida yemirilgan, buzilgan 
tishlarni oldirib tashlash, kariyes kovaklarini plombalash, tishlarning 
o`tkir qirralarini silliqlash, noxush qiliqlarga (lab, lunj shilliq pardasini 
tishlar orasiga olib so`rish, tishlash, tilni tishlar oralig`iga tiqish, 
chaynash va boshq.) barxam berish, eski protezlar bo`lsa ularni 
korreksiya qilishdan iboratdir. 


405 
Bolalar o`rtasida 
OG
`
IZ 
bo`shlig`i shilliq pardasida uchrab turadigan 
qator yuqumli kasalliklarni (o`tkir yuqumli kasalliklar, sil, zahm, virusli, 
zamburug`li va boshq.) profilaktika qilish maqsadida olib boriladigan 
ishlar infeksiyani bola organizmiga tushishiga imkon bermasligi kerak. 
Bolalar jamoasida shifokor-stomatolog bolalarga qarovchi tarbiyachilar, 
bog`cha opalarga har kuni bolalarni albatta ko`rikdan o`tkazishni 
o`rgatishi kerak. O`tkir gerpetik stomatit profilaktikasida bemor bilan 
kontaktda bo`lgan bolalarning burun shilliq pardasiga virusga qarshi 
malhamlar surish (kuniga 2 mahal), profilaktika sifatida gammaglobulin 
kiritish, bemorlarni izolyatsiya qilish, idish tovoqlarga maxsus ishlov 
berish va x.k. ishlarni amalga oshirmoq darkor. 
Qaytalanuvchi 
gerpetik 
stomatitning 
patogenezi 
yaxshi 
o`rganilmaganligi sababli profilaktika tadbirlari doimo samarali 
bo`lmasligi mumkin. Bu tadbir choralar asosan, organizmning 
nospetsifik reaktivligini oshirish (immunomodulyatorlar, umumiy davo 
choralari, allergiyaga qarshi dori-darmonlar bilan)ga qaratilgandir. 
Bunda organizmdagi (burun, tomok, quloq, tishlardagi) surunkali 
infeksiya o`choqlarini bartaraf qilish, organizm sanatsiyasi yaxshi 
yordam beradi. 
Kandidamikoz (molochnitsa, 
OG
`
IZ 
oqarishi) xastaligi barcha 
yoshdagi bolalar o`rtasida uchrashi mumkin. 
Chaqaloklar 
va 
ko`krak 
yoshidagi 
bolalar 
kandidamikozi 
zamonaviy profilaktikasi tadbirlari bo`lib homilador ona organizmini 
kasalliklardan holi qilish, tug`ish yo`llarini sanatsiya qilishdan iboratdir. 
Undan 
tashqari 
tug`ruqxonalarda, 
uylarda 
sanitariya-gigiyena 
tadbirlarini o`tkazish (idish tovoqlarni, kiyim-kechaklarni, parvarish 
vositalarini qaynatish) lozim. 
Kandidamikoz kelib chiqishiga sabab bo`luvchi mahalliy faktorlar 
bo`lib og`iz gigiyenasining yomonligi, davolanmagan tishlar, parodont 
kasalliklari mavjudligi hisoblanadi. Shuning uchun og`iz bo`shlig`ining 
ratsional gigiyenasini tashkil qilish, muntazam ravishda unga rioya 
qilish, tishlarni, milklarni o`z vaqtida davolash, og`iz-bo`shlig`i 
sanatsiyasini amalga oshirish ham kandidamikozlar profilaktikasida 
muhim o`rin egallaydi. 


406 
Dori-darmon qabul qilish oqibatida sodir bo`ladigan allergik 
xastaliklarning profilaktik tadbirlari asosan, antibiotiklar va boshqa dori-
darmonlarni faqat vrach ko`rsatmalariga to`liq amal qilgan holda, bir 
vaqtning o`zida organizm sezgirligini pasaytiruvchi vositalar bilan birga 
qabul qilishga qaratilgan bo`ladi. Ba’zan bemordan yaxshilab so`rab-
surishtirishlar ularda allergik tabiatga mos xususiyatlar borligini 
aniqlashga imkon beradi va noxush hollarning oldini olishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Avtoimmun kasalliklar bo`lib hisoblanadigan ko`p belgili ekssudatli 
eritema, surunkali aftoz stomatit kabi xastaliklarning etiologiyasi va 
patogenezi to`liq aniqlanmaganligi ularning profilaktikasida ancha 
qiyinchilik tug`diradi. Mazkur xastaliklarning kelib chiqishida 
oshqozon-ichak sistemasi kasalliklari, har xil zaharli toksinlar ta’siri -
intoksikatsiyalar katta ahamiyat kasb etadi. Bu bemorlar tekshirilib 
ko`rilganda ularda bakterial sensibilizatsiya va T-limfotsitlar tizimida 
o`zgarishlar-buzilishlarni aniqlash mumkin. Ba’zi bir mualliflar 
kasalliklar irsiy xususiyatga ega degan fikrlarni ham oldinga 
surishmoqda. Zikr qilinganlardan kelib chiqib, profilaktika maqsadida 
yo`ldosh xastaliklarni erta aniqlab, davolash, surunkali infeksiya 
o`choqlarini yo`qotish, 
OG
`
IZ 
bo`shlig`ini mukammal sanatsiya qilish 
lozim. Kasallikning qaytalanishlari oralig`ida organizmning spetsifik va 
nospetsifik reaktivligini oshiradigan dori-darmonlar buyurish maqsadli 
hisoblanadi. 


407 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling