Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Parodont kasalliklari
1.Tish atrofiin o`rab turuvchi to`qimalarning yallig`lanishiva distrofik o`zgarishlari fan tilida: a. stomatit b. gingivit v. periodontit g. parodontit d. parodontoz deb yuritiladi. 2.Parodontoz xastaligida: a. kataral gingivit b. parodontal tish milk cho`ntagi v. alveolyar suyak o`siklarining distrofik o`zgarishlari g. parodont to`qimasining yallig`lanishi va distrofik o`zgarishlari d. gipertrofik gingivit mavjudligi qayd qilinadi. 3.Kataral gingivit xastaligi uchun asosiy belgilaridan bo`lib: a. milkning o`sib ketishi b. patologik tish-milk cho`ntagining mavjudligi v. tish tozalashda milkning qonashi g. tishlarning liqillab qolishi d. milklarning qichishi mavjudligi hisoblanadi. 4.Kataral gingivit keltirib chiqaruvchi sabab bo`lib: a. tishlarda kariyes kovagining b. baland qilib qo`yilgan plomba v. tish karashlarining g. pulpa to`qimasining yallig`lanishi d. qattiq ovqatlarni chaynash hollari mavjudligi hisoblanadi. 5.Quyidagi bayon qilingan sabablardan qaysi biri mahalliy gingivit chaqirishda ishtirok etmaydi: a. tish karashlari va cho`kmalari b. ochiq tishlar munosabati (prikus) 428 v. lablar yuganchalarining kaltaligi g. kariyes tishning o`tkir qirrasi d. og`iz bo`shlig`i gigiyenasining pastligi. 6.Maktab o`quvchisida diffuz parodontit xastaligi mavjud ekanligi aniqlandi. So`roq paytida og`zining tez-tez qurishi, kuyishib og`rish hollari ma’lum bo`ldi. Bemor tish qatorlarining munosabatidan chuqur prikus holati borligi ma’lum bo`ldi. Parodontit xastaligini sodir qilingan asosiy sabab nimada?: a. chuqur prikus b. tish karashlari va toshlari v. kandli diabetning yashirin turi g. jinsiy bezlar faoliyatining buzilishi d. milklarning surunkali jarolatlanishi. 7. 14 yoshli bemor qizda chegaralangan parodontit xastaligining boshlanish davri qayd qilindi. Kassallik tarixidan xayz ko`rish sikli (menstruatsiya) buzilganligi ma’lum bo`ldi. Og`iz bo`shlig`i ko`zdan kechirilganda unda ochiq prikus borligi ma’lum bo`ldi: Parodontit xastaligining sababi: a. og`iz bo`shlig`i gigiyenasining yomonligi b. disminereya (xayz ko`rishning buzilishi) v. ochiq prikus mavjudligi g. kandli diabetning yashirin turi d. jinsiy yetilishi erta boshlanganligi deb topildi. 8.Kataral gingivit yengil shaklida davolash tadbiri asosan: a. umumiy quvvatni oshiradigan tadbirlardan b. og`iz bo`shlig`i gigiyenasining muntazamligini ta’minlashdan v. milklarni massaj qilishdan g. vitaminli elektroforez buyurishdan d. dorsenvalizatsiya buyurishdan iborat bo`ladi. 429 9.Gipertrofik ginivitning diffuz tarqalgan shishli turida quyidagi tadbirlardan biri qo`llanilmaydi: a. tishlarni karash va cho`kmalardan tozalash b. skleroz chaqiradigan davo tadbirlari v. jarroxlik yo`li bilan milklarni korreksiya qilish g. geporinli elektroforez buyurish d. uch xlorsirka kislata bilan milk so`rg`ichlarini kuydirish. 10.Atrofik gingivit davosida quyidagi tadbirlardan birini amalga oshirish shart emas: a. gidromassaj buyurish b. vitaminli elektrofarez v. jarroxlik usulida milkni korreksiya qilish g. mahalliy sabablarni yo`qotish d. simptomatik davo tadbirlarini qo`llash. 11.Skleroz chakiruvchi davo tadbirlari sifatida quyidagilardan qaysi biri qo`llanilmaydi?: a. 60% li glyukoza eritmasi b. 30% li uch xlorouksusli kislota v. 10% li kaltsiy xlorli eritmasi g. elektrokoagulyatsiya d. termooksogulyatsiya. 12.Kataral gingivitni davolashda quyidagi tadbirlardan qaysi bri qo`llanilmaydi?: a. og`iz gigiyenasini muntazamligini ta’minlash b. og`iz bo`shlig`ining malakali gigiyenasini amalga oshirish v. milk shilliq pardasini kyuretajit (qirib tozalash) g. gidromassaj buyurish d. mexanik massaj buyurish. 13.Bolalarda parodontit xastaligini kompleks davolashda birinchi navbatda mahalliy tadbirlar: 430 a. yallig`lanishga qarshi dori darmonlar ishlatishdan b. fizioterapiya tadbirlarini buyurishdan v. og`iz bo`shlig`ining malakali (professional) gigiyenasi g. parodontal cho`ntaklar kyuretajidan d. patologik cho`ntaklarga antibiotiklar kiritishdan boshlanadi. 14.Sut tishlari kariyesidan nihoyatda kam hollarda: a. kariyesning dog`li davri b. yuza kariyes v. o`rta kariyes g. chuqurlashgan o`rta kariyes d. chuqur kariyes deb tashxis ko`yiladi. 15.Gipertrofik gingivitning diffuz shishli turida quyidagi tadbirlardan biri qo`llanilmaydi: a. jarroxlik yo`li bilan milklarni korreksiya qilish b. skleroz chaqiradigan davo tadbirlari v. tishlarni karash va cho`kmalardan tozalash g. geporenli elektroforez buyurish d. loskutli gingivoektomiya qilish. 16.Atrofik gingivit davosida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish shart emas: a. jarroxlik usulida milkni korreksiya qilish b. vitaminli elektroforez v. gidromassaj buyurish g. mahalliy sabablarni yo`qotish d. tish-milk cho`ntaklarini kyuretaj qilish. 17.Skleroz chaqiruvchi davo tadbirlari sifatida quyidagilardan qaysi biri qo`llanilmaydi?: a. 40% li kaltsiy xlor eritmasi b. 30% li uch xloruksusli kislata v. 60% li glyukoza eritmasi 431 g. gingivotomiya d. termokoagulyatsiya. 18.Kataral gingivitni davolashda quyidagi tadbirlardan qaysi biri qo`llanmaydi?: a. milk shilliq pardasini kyuretaji b. og`iz bo`shlig`ining malakali gigiyenasini amalga oshirish v. og`iz gigiyenasining muntazamligini ta’minlash g. cho`ntaklar kyuretaji d. mexanik massaj byurish. 19.Bolalarda parodontit xastaligi kompleks davolashda birinchi navbatda mahalliy tadbirlar: a. og`iz bo`shlig`ining malakali (professional) gigiyenasidan b. fizioterapiya tadbirlarini buyurishdan v. yallig`lanishga qarshi dori-darmonlar ishlatishdan g. og`iz bo`shlig`i individual gigiyenasini yo`lga ko`yish d. patologik cho`ntaklarga antibiotiklar kiritishdan boshlanadi. 20.Surunkali kataral gingivitni sabablari qanday? a. surunkali shikastlanish b. og`iz bo`shlig`i gigiyenasiga rioya qilmaslik v. prikus patologiyasi g. zararli odatlar d. ichkii a’zolar va sistemalar kasalligi. 21.Gingivitni ob’ektiv baxolash uchun qanday usuldan foydalaniladi? a. Grin-Vermilon usuli b. milk RMA indeksi v. parodntal indeks g. formalin usuli d. Federov-Volodkina usuli. 432 22.Surunkali gipertrofik gingivit lokal formasining sababi bo`lib: a. chuqur prikus b. lab, til yuganchalari anomaliyasi v. og`iz bo`shlig`i gigiyenasi yomon bo`lsa g. oshkozon-ichakni surunkali kasalliklari d. pubertat (ulg`ayish) davr hisoblanadi. 23.Surunkali gipertrofik gingivitni tarqalgan turini sababi: a. prikus patologiyasi b. tishlarni zich joylashishi v. yuqori lab yuganchasining kaltaligi g. endokrinopatiya d. pubertat davr. 24.Surunkali gipertrofik gingivitni granulyatsion formasining klinik belgilari: a. patologik cho`ntak mavjud b. milk so`rg`ichlari kattalshmagan, och pushti rangda, qonamaydi, tish cho`ntaklari yo`q v. tishlararo so`rg`ich va milk qirg`og`i och-pushti rangda, kattalashgan, notekis, qattiq, qonamaydi, milk osti sohasida tish osti cho`kmalari qum sifatida bor g. milk so`rg`ichlari kattalashgan, tishni toj qismini koplaydi, to`k qizil rangda d. milk so`rg`ichi yumshoq, qonovchi, milk ostida toshlar bor. 25.Surunkali mahalliy gipertrofik gingivitni sababini ayting: a. endokrinopatiya b. surunkali shikastlanish v. yuqori lab va til yuganchalarini kaltaligi g. X-gistiotsitoz d. prikus anomaliyasi. 433 26.Quyidagi bayon qilingan sabablardan qaysi biri mahalliy gingivit chaqirishda ishtirok etmaydi: a. diffuz tish karashlari va cho`kmalari b. ochiq tishlar munosabati (prikus) v. lablar yuganchalarining kaltaligi g. kariyesli tishning o`tkir qirrasi d. og`iz bo`shlig`i gigiyenasining pastligi. 27.Bolalarda uchraydigan diffuz gipertrofik gingivit ko`pchilik hollarda: a. balog`at yoshidagi bolalar o`rtasida b. bog`cha bolalari o`rtasida v. maktab bolalari o`rtasida g. yosh bolalarda uchraydi d. pubertat oldi davri yoshida uchraydi. 28.Bolalar yoshida uchraydigan diffuz gipertrofik gingivitning kelib chiqishida quyidagi sabablardan qaysi biri asosiy o`rin tutadi: a. jinsiy bezlar faoliyatining buzilishi b. tish karashlarining mavjudligi v. endokrin bezlar faoliyatida o`zgarishlar g. tish qatorlarining bir-biriga nisbatan noto`gri munosabati d. til, lablar tizginchasining anomaliyasi. 29.Milk so`rg`ichlari va qirg`og`ining hajmi oshgan, qattiq, qonamaydi, shakli buzilgan, rangi odatdagidek. Bunday xol gingivitlarning qaysi bir turiga mansubdir ? a. fibroz gingivit b. granulyatsiyalanuvchi gipertrofik gingivit v. atrofik gingivit g. fibrozli-gipertrofik gingivit d. kataral gingivit. 30.Bemorning og`iz bo`shlig`i ko`zdan kechirilganda milklarning shishib qizargani, yumshab ko`pchigani, qonashi va chuqur tish-milk 434 cho`ntaklari hosil bo`lganligi aniqlandi. Cho`ntaklarga formalin eritmasi kiritilganda keskin achishib og`riq paydo bo`lishi kuzatildi. Tashxis: a. surunkali granulyatsiyalanuvchi gipertrofik gingivit b. parodontit v. kataral gingivit g. surunkali gipertrofik fibroz gingivit d. parodontoliz. 31.Tish atrofini o`rab turgan va u bilan fiziologik, anotomik xamjihat to`qimalar majmuasini: a. parodont b. parodontit v. amfodont g. periodontit d. periost termini bilan atash qabul qilingan. 32.Milk to`qimasining tish-milk cho`ntagining butunligi buzilmagan holda sodir bo`ladigan yallig`lanishi: a. gingivit b. parodontit v. periodontit g. gingivo-stomatit d. parodntoz. 33.Tish atrofini o`rab turuvichi to`qimalarning yallig`lanishi va distrofik o`zgarishlarining fan tilida, bugungi kundagi atamasi: a. parodontit b. gingivit v. periodontit g. amfodontit d. parodontoz. 34.Parodontoz xastaligida qayd qilinadigan klinik belgilar: a. alveolyar suyak o`siqlarining distrofik o`zgarishlari 435 b. parodontal tish-milk cho`ntagi v. atrofik gingivit g. parodont to`qimasining yallig`lanishi va distrofik o`zgarishlari d. gipertrofik gingivit mavjudligi. 35.Kataral gingivit xastaligi uchun asosiy belgilar: a. tish tozalashda milkning qonashi b. patologik tish-milk cho`ntagining mavjudligi v. fiziologik tish-milk cho`ntagi g. tishlarning liqillab qolishi d. milklarning qichishi. 36.Diffuz kataral gingivitning keltirib chiqaruvchi sababi: a. tish karashlari b. baland qilib qo`yilgan plomba v. tishlarda kariyes kovagining mavjudligi g. pulpa to`qimasining yallig`lanishi d. dismenorea holati. 37.Bolalarda diffuz gipertrofik gingivit asosan qaysi yoshdagi bolalarda uchraydi: a. yosh bolalarda b. bog`cha bolalari o`rtasida v. maktab bolalari o`rtasida g. balog`at yoshidagi bolalar o`rtasida d. pubertat oldi yoshida. 38.Bolalar yoshida uchraydigan diffuz gipertrofik gingivitning kelib chiqishida quyidagi sabablardan qaysi biri asosiy o`rin tutadi: a. tish qatorlarining bir-biriga nisbatan noto`gri munosabati b. tish karashlarining mavjudligi v. organizmda yangi paydo bo`lgan garmonlar ta’siri g. jinsiy bezlar faoliyatining buzilishi d. til, lablar tizginchasining anomaliyasi. 436 39.Milk so`rg`ichlari va qirg`og`ining hajmi oshgan, qattiq, qonamaydi, shakli buzilgan, rangi odatdagidek. Bunday xol gingivitlarning qaysi bir turiga mansubdir? a. atrofik gingivit b. granulyatsiyalanuvchi gipertrofik gingivit v. fibroz gingivit g. fibrozli shishli gingivit d. kataral gingivit. 40.Milk qizarib shishgan, osongina qonaydi, ko`plab milk osti toshlari mavjud. Rentgen tasvirida alveolyar suyak o`sig`ining siyraklashgani, cho`qqisi o`sig`ining sezilarli pasayganligini ko`ramiz. Tashxis: a. parodontoz b. surunkali gipertrofik gingivit v. parodontit g. kataral gingivit d. parodontoliz. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling