Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   261
Vitamin- D
2
organizmda kalsiy, fosfor almashuvini nazorat qilib
boshqarib ichaklardan mazkur moddalarning so`rilishini
yaxshilaydi. 
Videxol vitamin D
2
ning 0,125% li moyli eritmasi, flakonlarda 
5,10,30 ml shaklida chiqariladi. 
Tavsiya dozasi:
1 yoshda - kuniga 1 tomchidan 
2-3 yoshda - kuniga 2 tomchidan 
3-5 yoshda - kuniga 3 tomchidan 
5-8 yoshda -kuniga 4-5 tomchidan ichish uchun buyuriladi. 
Vitamin D
2
ga boy mahsulotlar : tuxum sarig`i, sut, sariyog`, 
zamburug`lar, achitqilar (drojji). 
Vitamin V
1
—uglevod almashinuvi va markaziy nerv sistemasi 
faoliyatini mo`tadillaydi. Draje holida 0,112 g dan №50 tadan, 
tabletkalar shaklida 0,005-0,01 g dan №50 tadan chiqariladi. 
Tavsiya dozasi: 3-7 yoshda - 0,005 g dan kuniga 1 marta, 7 yoshdan 
yuqori - 0,01 g dan kuniga 1 marta. 
V
1
vitaminini kalsiy moddasiga boy oziq mahsulotlari bilan birgalikda 
buyurish samarali ta’sirini ko`rsatadi. V
1
vitaminiga boy mahsulotlar 
bo`lib: krupa, yirik tortilgan un, no`xat, achitqi (drojji) hisoblanadi. 
Vitamin S — qo`shuvchi to`qima tuzilishi va vazifasini to`g`ri 
ta’minlovchi darmondori bo`lib, organizmda ftor moddasini keragidan 
ortiqcha miqdorda yig`ilishiga barham beradi. Mazkur vitamin 
sabzavotlar (piyoz, pomidor, karam), mevalarda va rezavor mevalarda 
ko`proqq bo`ladi. 
Vitamin A tish follikulalarini, epiteliy to`qimasining to`g`ri
taraqqiyotini, o`sishini ta’minlaydi. A-vitamini saqlovchi oziq 
mahsulotlari: sut, jigar, sabzi ko`katlar bo`lib hisoblanadi. 


400 
1.19. Tish fissuralari va ularni muxrlashning kariyes 
profilaktikasidagi ahamiyati. 
Tish fissuralari - bu tish taraqqkiyoti, o`sishi va shakllanishi 
davrida uning emal qavatida yuzaga kelgan tabiiy burmalar oralig`ida 
hosil bo`lgan tirqish bo`lib, ovqat chaynash paytida maydalangan oziq 
mahsulotlari, mikroorganizmlar kirib qoladi. Buning natijasida ovqat 
qoldiqlari bijg`ib sut kislotasi hosil bo`lishi oqibatida, kariyes jarayoni 
vujudga kelishi mumkin. 
Yaxshi shakllangan fissuralar, chuqurchalar chaynov tishlarda 
yaxshi 
rivojlangan. Tishlar cho`tkalar yordamida tozalanganda bu sohalar 
yaxshi tozalanmaydi va natijada mikroorganizmlarning doimiy o`chog`i 
bo`lib qoladi. Shuning uchun ham statistik ma’lumotlar bo`yicha 
kariyes kasalligi ko`p uchraydigan sohalar, bular doimiy molyar 
tishlarning chaynov sohalaridir. Tish fissuralarining chuqurligiga qarab 
uning to`rt xili kuzatiladi (63-rasm). 
Kariyes profilaktikasi maqsadida ftor saqlovchi preparatlar bilan 
ishlovlar paytida ayniqsa yopiq fissuralar sathiga ta’sir ko`rsatish 
qiyinchilik tug`diradi. Egatsimon, yuza fissuralar karashlari mazkur 
preparatlarning emal qavatiga singib kirishiga to`sqinlik qiladi. 
Yuqorida keltirilgan shart sharoitlardan kelib chiqib kariyes ko`p 
uchraydigan tishlar chaynov yuzalari profilaktikasini amalga oshirish 
uchun izlanishlar olib borildi. Oqibatda tishlar chaynov yuzalari 
fissuralar mavjud bo`lgan sohasini kariyesdan saqlash va uning oldini 
olish maqsadida maxsus germetiklardan foydalanish foydadan holi 
emasligi aniqlandi. Bunday germetiklar (silantlar) maxsus ishlov 
berilgan fissurali tishlar sathiga, chaynov yuzalarga yotqizilib, fissura va 
chuqurchalarni tashqi sharoit ta’siridan himoya qiladi. 


401 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling