Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


II. Kimyoviy polimerizatsiya jarayonida qotuvchi germetiklar


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   261
II. Kimyoviy polimerizatsiya jarayonida qotuvchi germetiklar: 
Germetiklar sifatida ko`pchilik hollarda o`zi qotuvchi kompozitsion 
materiallardan ham foydalanish qulaylik tug`dirishi bilan birgalikda
samarali bo`lib hisoblanadi. Bulardan bizga tanish bo`lgan evikrol, 
fissxim, konsayz, lyumikon va boshqalar. Oddiy sementlardan: Silidont-
Beladont, Silitsin-Belatsin va 5% li natriy ftorid saqlovchi fosfat sement 
va boshqalar. 
III. Glassionomer(Shishaionomer) germetiklar: 
Tarkibida ftor saqlovchi shishaionomer germetiklar (akvion, 
argatsem, semion, Fuji va x.k) stomatologiya amaliyotida keng 
qo`llanilmoqda. Ularning boshqa tur germetiklardan afzal tomoni 
o`zidan uzoq muddat ftor ajratib turishi va profilaktik ta’sir 
ko`rsatishidir.
Fissuralarni muhrlab yuqori natijalar olish uchun iloji boricha
chaynov tishlar chiqib bo`lgan zahoti germetiklar bilan fissuralarni 
yopish maqsadli hisoblanadi. 


403 
Germetik preparatlar doimo yaxshilab tozalanib, quritilgan 
yuzalarga yotqizilishi lozim. Ana shunday sharoitni hosil qilish uchun 
quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim: 
1. Tishlarni cho`tka-yordamida ftor saqlamaydigan pastalar bilan 
tozalab yuvish lozim. Ftor saqlovchi pastalar bilan tishlar yuvilganda 
emal tekshikchalari yopilib, ularni kislotalar bilan ishlovini samarasi 
pasayadi, bu esa germetik qobiqni tez tushib ketishiga olib keladi. 
2. Chaynov yuzasini qo`shimcha ravishda aylanma cho`tka, rezina 
g`altakcha yordamida abraziv moddalardan foydalanib tozalash. 
3. Qolgan-qutgan karashlarni suv-havo oqimi bilan tozalash. 
4. Tishlarni so`lakdan paxta bolishlar yordamida ajratish yoki so`lak 
so`rish asbobida so`lakni quritish. 
5. 30 sekund mobaynida tishlar yoki tish yuzasini obdon quritish. 
Muxrlash bosqichlari. 
1. 35-37% li ortofosfor kislotasi bilan 15-20 sekund mobaynida tish 
yuzasiga ishlov berish. 
2. Suv havo oqimi bilan tish sathidan kislotani yuvib tozalash. Yuvish 
vaqti kislota bilan ishlov berish vaqtiga teng bo`lishi kerak. 
3. Tishlarni tamponlar yordamida izolyatsiya qilish 
4. Germetik yotqiziladigan sathni quritish 
5. Germetikni quritilgan tish yuzasiga tekis yotqizish (bunda havo 
pufakchalari hosil bo`lmasligini, tishlar munosabatida o`zgarish 
bo`lmasligini ta’minlash lozim). 
Natijasini bir haftadan, oydan, yarim yil, bir yildan so`ng nazorat 
qilib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling