Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Ftorlakni qoplash usuli. Ftorli lakni tishlar yuzasiga surishdan
oldin tishlar qatori tish cho`tkasi va pastasi yordamida yaxshilab tozalanadi, paxta tamponlar yordamida quritiladi va tish yuzasiga maxsus cho`tkachalar yordamida yupka qilib lak yotqiziladi. Lak tez qotishi uchun iliq havo oqimidan foydalanish mumkin. Ftorlak 4-5 minut ichida qotadi. Bemorga 12-24 soat ichida suyuq ovqat ichish, qattiq narsalarni iste’mol qilmaslik, tishlarni tozalamaslik buyuriladi. Ftorli laklar kariyes jadalligini o`sishini 50% ga pasaytiradi. Bugungi kunda shunga o`xshash laklarni VOKO firmasi ishlab chiqaradi. Mazkur firma preparatlaridan Fluoridin Gel-N5 (Fluoridin Gel N5) tarkibida 5% natriy ftor tutadi. VOKO firmasi sintetik smolalar asosida hosil qilingan, tarkibida 5% ftorid natriy, 6% ftorid kalsiy saklaydigan "Bifluorid-12" lakini tavsiya etadi. "Bifluorid-12" tishlarga qoplanganda uning smolali asosi tish sathida bir necha kun turadigan plyonka hosil qiladi. So`lak ta’sirida erigan ftor ionlari plyonkadan ajralib emal qavatga, singib boradi. Mazkur lak tishlarning ildiz qismi ochilib kolganda yoki travma oqibatida emal ko`chib tushgan joylarga surtilganda tish sezgirligi keskin pasayganligi aniqlangan. Bunda ftoridlar dentin kanalchalarini to`ldirib mineralizatsiyani kuchaytiradi. VOKO firmasida "Bifluorid-12" asosida bolalarda kariyes profilaktikasida ishlatiladigan rangli indikatorli - "Fluoridin" (Fluoridin) laki ishlab chiqilgan. "Fluoridin" va "Bifluorid-12" laklari maxsus texnologiya asosida tayyorlangan bo`lib, tarkibidagi ftoridlar zarrachalarini bir tekisda tarqalishini ta’minlaydi. Tishga surilganda hosil bo`lgan lakli plyonka uzoq muddat kalsiy ftoridning deposi sifatida o`zidan ftor va kalsiy ionlarini ajratib turadi. Bu esa gidroksilapatitni ftorapatitga aylanib turishini ta’minlaydi. O`tkazilgan tajribalar, tekshirishlar natijasi "Fluoridin" va "Bifluorid-12" laklarining xususiyatlari to`g`risida quyidagi xulosani berdi: - Tishlar kariyesi profilaktikasi maqsadida va sezgirligi oshganda samarali ta’sir ko`rsatadi. 395 - Ftoridlar tish qattiq to`qimalariga chuqur singib kirib, kalsiy ftorid deposini hosil qiladi. - Foydalanish uchun qulay. Ma’lumki tishlar chiqqanidan so`ng ularning ohaklanib yetilishi, dentin, emal mineralizatsiyasi uzoq muddat (18-19 yoshgacha) davom etadi. Shuning uchun bog`cha yoshidan tortib kariyes profilaktikasi- maqsadida ftor tutuvchi vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling