Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar yoshi
Sutkalik tabletkalar miqdori Ftor miqdori (mg) 2-4 5-6 7-14 0,5 1 2 0,25 0,5 1,0 Kariyes profilaktikasi maqsadida ftorning vitaminlar bilan hosil qilingan aralashmalaridan ham foydalanish yaxshi samaralar beradi. Shulardan keng ishlatiladigani "Vitaftor" suyuqligidir. 1mg "Vitaftor" preparati tarkibida : 0,1 mg NaF, vitamin A 660 NE, D 2 - 80 NE, vitamin S -1,2 mg. "Vitaftor" preparati ovqatdan 10-15 minut keyin: 2-6 yoshgacha - 0,5 choy qoshiqda; 7-14 yoshda - 1 choy qoshig`idan beriladi. Preparat bir oy qabul qilinadi, so`ng ikki hafta tanaffus qilib yana davom ettiriladi. Yozning issiq oylarida "Vitaftor" preparati ichish uchun buyurilmaydi. "Vitaftor" preparatini bola 2 yoshga to`lishi bilan bera boshlansa samara ancha yuqori bo`ladi. 1.14. Ftorlangan sut. Tishlar kariyesining alternativ profilaktika usullaridan biri bolalarga ichish uchun ftorlangan sut tavsiya qilishdir. Ma’lumki sut va sut mahsulotlari stomatologiyada birlamchi profilaktika vositasi sifatida olimlarni anchadan buyon qiziqktirib keladi. Buning sababi sut va sut mahsulotlari tish emal qobig`ining kimyoviy tarkibini hosil qiluvchi mineral tuzlarga boydir. Shu bilan birgalikda bolalar sutni sevib iste’mol qilishadi. Sut yuqori kalloriyali oziq mahsuloti bo`lib yuqori darajada kalsiy va fosfor moddalarini tutadi va uglevodlarni parchalovchi laktoza fermentiga boydir. Sutning bu xil tarkibga ega bo`lishi emal remineralizatsiyasi va kariyes profilaktikasi jarayonlarida faol ishtirokini bildiradi. Sutning shu sifatlari yana ftor bilan boyitilishi nur- ustiga a’lo nur bo`lishi turgan gapdir. 392 Bugungi kunda sutni ftorlash usulidan foydalanish qator mamlakatlarda keng joriy qilingan (Angliya, Bolgariya, Chili, Xitoy, Rossiya va boshq.). Sutni ftorlash va undan kariyes kompleks profilaktikasi vositasi sifatida foydalanishni jaxon sog`likni saqlash tashkiloti (J.S.S.T.), Borrou fondi nazorat qiladi. Sutni ftorlash har xil shaklda amalga oshirilishi mumkin: suyuq (pasterizatsiyalangan, sterilizatsiyalangan sut) va sut kukuni. Sutni ftorlash uchun asosan NaF preparatidan, ba’zan esa -natriy monoftorfosfatdan foydalaniladi. Sut tarkibidagi ftor konsentratsiyasi ftorselektiv elektrod yordamida aniqlanadi. Sutni ftorlash texnologiyasi juda sodda bo`lib, qiyinchilik tug`dirmaydi. Sutni ftorlashda albatta bola organizmiga boshqa mahsulotlar bilan kam tushadigan ftor miqdori hisobga olinadi. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko`ra ftorning sutdagi miqdori maktab yoshigacha bo`lgan bolalar uchun 2,5 mg/l ga teng bo`lishi kerak, chunki shu yoshda bolalar organizmining ftorga nisbatan bo`lgan talabi bir sutkada 1,0-1,5 mg ga tengdir. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling