Mavzu: xotirani eksperimental o’rganish maqsad: Mantiqiy va mexanik esda qoldirish o’rtasidagi tafovutni aniqlash. Jihoz


Download 26.27 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2024
Hajmi26.27 Kb.
#1819989
  1   2

4-MAVZU: XOTIRANI EKSPERIMENTAL O’RGANISH


Maqsad: Mantiqiy va mexanik esda qoldirish o’rtasidagi tafovutni aniqlash.
Jihoz: Ma’no jihatidan bog’langan va bog’lanmagan juft so’zlar to’plami.
Ishning borishi:
Tekshirish 2 bosqichda olib boriladi.
1-bosqich. Tekshiruvchi tekshiriluvchiga 1-qatordagi 15 juft so’zni (har bir juft so’z orasida 5 sekund tanaffus bilan) o’qib beradi. O’qib bo’lgandan so’ng 10 sekund 20 tanaffus qilib, tekshiriluvchi o’zi eshitgan so’zlarni qog’ozga yozadi.

Tavsiya etiladigan so’zlar to’plami:


Birinchi qator Ikkinchi qator
qo’g’irchoq – o’ynamoq qo’ng’iz – stul
tovuq – tuxum taroq – yer
qaychi – qirqmoq kompas – yelim
ot – arava qo’ng’iroq – o’q
kitob – o’qituvchi chittak – singil
kapalak – chivin gultuvak – tramvay
shcho’tka – tish dori – divan
baraban – o’quvchi tosh – shamol
qor – qish botinka – samovar
xo’roz – qichqirmoq grafin – olmoq
siyoh – daftar gugurt – yilqi
sigir – sut dengiz – qirg’ich
parovoz – haydamoq shlyapa – asalari
nok – kompot baliq – yong’in
chiroq – oqshom arra – tuxum


B A Y O N N O M A:
Tekshiriluvchi:
Tekshiruvchi:
Tekshiriluvchining ruhiy holati:
Sana:
Mantiqiy xotiraning hajmi.



Birinchi qatordagi so’zlarning soni (№)

Esda qoldirilgan so’zlar soni (m)

Mantiqiy xotira koeffitsiyenti (K)












Natijalarni tahlil qilish.


Tavsiya qilingan so’zlar bilan tekshiriluvchining esda qoldirib yozgan so’zlarini solishtiriladi va mantiqiy xotiraning koeffitsiyenti quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:

m
K=_____*100%


N

Bunda K – xotira koeffitsiyenti, m – to’g’ri esda qoldirilgan so’zlar soni, N – tavsiya etilgan so’zlar soni.


Ikkinchi bosqich.


Bunda ham xuddi birinchi bosqichdagidek ish ko’riladi. Faqat tekshiruvchi ikkinchi qatordagi 15 juft so’zlarni (har bir juft oralig’ida 10 sekundlik tanaffus bilan) o’qiydi. Oxirida yana 10 sekund tanaffusdan so’ng tekshiriluvchi esda olib qolgan so’zlarini yozadi va tavsiya qilingan so’zlar bilan esda qoldirilgan so’zlar taqqoslanib xotira koeffitsiyenti birinchi bosqichdagi kabi hisoblab chiqiladi, hamda jadvalda aks ettiriladi.
Mexanik xotiraning hajmi



Ikkinchi qatordagi so’zlarning soni (№)



Esda qoldirilgan so’zlar soni (m)



Mexanik xotira koeffitsiyenti (K)












Har ikki bosqich natijalari asosida mantiqiy va mexanik xotiraning samaradorligi haqida xulosa chiqariladi.





Download 26.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling