Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Ftorlangan sutdan foydalanish qoidasi
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Ftorlangan sutdan foydalanish qoidasi.
1. har kuni 200 ml sut ichish; 2. bolalar yoshi 3-12; 3. bir yilda 250 kun iste’mol qilish shart . Ftorlangan sutni 3 yoshidan boshlab ichgan bolalarda bir yildan so`ng sut tishlarida kariyes jadalligining o`sishini pasayishi 40-50% ni , 2 yildan so`ng esa 58-65% ni tashkil qilgan. Doimiy tishlarda bu ko`rsatkich bir yildan so`ng o`rtacha 30-50% ni tashkil qilgan. Bugungi kunda olingan ijobiy natijalarga qaramasdan qator muammolar o`z yechimini topishini kutmoqda. Xali anchagina izlanishlar, tajriba va tekshirishlar o`tkazib, ftorlangan sutni qaysi yoshdan boshlab ichish samaraliligini, ichish muddatini aniqlab berish, hududiy sharoitdan kelib chiqib ftorning sutdagi konsentratsiyasini aniqlash yo`llarini, bir kunda necha bor bola sut ichishini ilmiy asosda tasdiqlash kerak bo`ladi. 393 1.15. Osh tuzini ftorlash. Ma’lumki kishilar tomonidan osh tuzini qabul qilish miqdori bir xil emas. Diyetologlar tavsiyasiga ko`ra osh tuzini iloji boricha ozroq iste’mol qilish kerak bo`ladi. Shuning uchun osh tuzini ftorlashdan oladigan samara 40-50% ni tashkil qilarkan. 1 kg osh tuzini 250 mg natriy ftorid bilan boyitish va undan profilaktika maqsadida foydalanish usuli ishlab chiqilgan va qator mamlakatlarda (Vengriya, SHveytsariya, Kolumbiya va boshq.) kariyes profilaktikasi elementi sifatida qo`llanilmoqda. Mazkur usul arzon, qulay, ommaviy va samarali bo`lib, insondan hech qanaqa qo`shimcha harakat talab qilmaydi. Vengriyada shu usuldan foydalanishning 8-yilida kariyes jadalligining o`sish ko`rsatkichi 40% ga, Kolumbiyada - 61% ga pasayganligi qayd qilingan. 1.16. Ftoridlarni mahaliiy qo`llash. Ftorli laklar - mahalliy profilaktika vositalari o`rtasida keng tarqalib, ko`p qo`llaniladigan va yaxshi samara beradigan, emal, qobig`iga uzoq muddat ta’sir ko`rsatuvchi vosita hisoblanadi. Ftor saqlovchi laklar emal qavat ustida yupqa plyonka qavatini hosil qiladi va 24 soat mobaynida o`zidan erkin ftor ionini ajratib turadi. Fissuralar, tirqishlar, mikrobo`shliqlarda esa u haftalab saqlanib qolishi mumkin. Ftor saqlovchi laklardan bugungi kunda keng ko`lamda qo`llanilayotganlari - bu "Duraphat" tarkibida 2,26% ftorid saqlovchi, "Fluor Protector" - 0.1% ftorid saqlovchi, "Composeal" ftorid natriy va ftorid kalsiy saqlovchi, "Ftorlak" 5% natriy ftor saklaydi. "Ftorlak" tabiiy smolalar majmui bo`lib tarkibi quyidagicha: Natriy ftor - 5,0 gramm Pixta balzami - 40,0 gramm Shellak- 19,0 gramm Etil spirti - 24,0 (95%li) gramm Xloroform - 12,0 gramm (Xarkov.farm.zavod). Ftorli laklar juda yuqori adgeziv xususiyatiga ega bo`lib tishlar yuzasida uzoq muddat yaxshi saqlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling