Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Ichimlik suvini ftorlash
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
1.12. Ichimlik suvini ftorlash.
Ichimlik suvini sun’iy ravishda qo`shimcha ftor elementiga boyitish maqsadida unga yaxshi eriydigan ftorli birikmalar qo`shiladi. Ftoridlarning suvda erishi natijasida suvdagi ftor konsentratsiyasi 1 rrm (1mg/l) bo`lishi me’yoriy daraja hisoblanadi. Mazkur jarayon suv tarmoqlari stansiyalarida amalga oshiriladi. Issiq iqlimli hududlarda suv iste’molini hisobga olib suv tarkibidagi ftor miqdori 0,7 rrm (0,7 mg/l) atrofida, sovuq iqlimli hududlarda bu ko`rsatkich 1,2 rrm gacha oshirilmog`i lozim. Bunday hollarda flyuoroz paydo bo`lish xavfi bo`lmaydi. Ftoridlar inson organizmiga, jumladan tish emaliga ta’siri butun umr bo`yi davom etadi. Yuqori profilaktik samara olish uchun ftorlangan suvni bolalar tug`ilgandan so`ng iste’mol qilishi kerakligi izlanishlarda ko`rsatilgan. Lekin bu samaradorlik tishlar shakllanib bo`lgandan so`ng ftorlangan suv iste’mol qilinganda ham pasaymaganligi adabiyotlardan ma’lum. Ichimlik suvini ftorlash tishlar chiqib bo`lgandan so`ng amalga oshirilganda kariyes intensivlik darajasining sezilarli darajada pasayganligini suvni ftorlashdan 2-3 yil oldin chiqqan tishlardagina aniqlangan. Tekshirishlar yana shuni ko`rsatdiki, ichimlik suvini ftorlash tishlarning sillik yuzalariga ta’siri kontakt va proksimal sathlarga nisbatan ancha yuqori, chaynov yuzalarga nisbatan ko`rsatiladigan samarasi frontal sathlarga nisbatan yaxshidir. Ichimlik suvini ftorlash natijasida sut tishlarida kariyes o`sishining pasayishi 50% ni tashkil qilgan bo`lsa, 5-15 yoshli bolalar o`rtasida 390 doimiy tishlar uchun bu ko`rsatkich 50% dan - 75% ni tashkil etganligi tekshirishlar natijasida aniqlangan. Ichimlik suvini ftorlash yo`li bilan olingan samaradorlik juda arzon, qulay va eng asosiysi ommaviydir. Mazkur usul eng kam sarf harajat qilib yuqori natija olish mumkin bo`lgan bugungi kunda yagona profilaktik usul bo`lib hisoblanadi. Bugungi kunda yer shari aholisining 5%i ftorlangan ichimlik suvini iste’mol qiladi. Bu 260 mln aholi demakdir. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling