Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Tish tozalagichlar (kovlagichlar)
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
1.9.4. Tish tozalagichlar (kovlagichlar) Insonlar tish tozalagichlarni qadim zamonlardan buyon ishlatib kelishadi. Italiyaning shimoli, Alp tog`larining sharqiy qismlarida olib borilgan qazilma ishlari natijasida inson shaxsiy gigiyenasiga doir predmetlar, jumladan oltin, bronza, temirdan yasalgan tish tozalagichlarning topilishi eramizdan ikki-uch asr oldin ham ulardan gigiyenik vosita sifatida foydalanilganligidan dalolat beradi. Bugungi kunda tish tozalagichlar og`iz bo`shlig`i gigiyenasi vositasi doimo hamroximizdir. Tish tozalagichlar plastmassadan va xushbo`y, xushta’m daraxtlar yog`ochidan yasaladi. Shakliga ko`ra uchburchak, yassi, dumaloq bo`ladi. Ular asosan tishlar orasidagi ovqat qoldiqlari va kontakt yuzalardan karashlarni tozalash uchun ishlatiladi. Shu bilan birga tish tozalagichlar tishlar orasidagi milklarni mexanik massaj qilib ularda qon aylanishini kuchaytiradi, mavjud yengil yallig`lanish jarayenlaridan holi qilishda ishtirok etadi. 1.9.5. Flosslar Flosslar maxsus tayyorlangan tish tozalagich iplari tishlar oralig`i va kontakt yuzalarini tozalash uchun ishlatiladigan qo`shimcha gigiyena vositasidir. 382 Flosslar tayyorlanishiga qarab: mumlangan va mumlanmagan, shakliga ko`ra; uchburchak, yassi, dumaloq qilib tayyorlanadi. Floss iplari tish tozalash uchun qo`llarning ko`rsatkich barmoqlariga o`raladi va tishlar oralig`iga solinib mexanik harakat yordamida tishlarning oraliq yuzalari va yonbosh yuzalaridan karashlar tozalanadi, milklar o`z navbatida massaj qilinadi. 1.9.6. Chaynov rezinkalari (saqichlar) Saqichlar -so`lak ajralishini kuchaytirib, tishlar yuzasini tozalash va mikroblar hosil qilgan kislotalik muhitni neytrallash va mexanik ishlov natijasida og`iz bo`shlig`i gigiyenasini yaxshilashda ishtirok etuvchi vosita hisoblanadi. Chaynov rezinkalari og`iz bo`shlig`i to`qimalariga quyidagicha ta’sir ko`rsatadi: -so`lak ajralishini tezlashtiradi -so`lak ajralishida uning bufer sig`imini oshishini ta’minlaydi -og`iz bo`shlig`ining qiyin tozalanuvchi sohalarini yuvib tozalashni ta’minlaydi -so`lakdagi saxaroza klirensini yaxshilaydi -ovqat qoldiqlarini tozalashda faol ishtirok etadi Bugungi kun chaynov rezinkalari (saqichlari) tarkibini asosiy modda (barcha qo`shimchalarni biriktiradi), shirin ta’m beruvchi qo`shimchalar (shakar, jo`xori sharbati, shakar o`rnini bosadigan moddalar), yaxshi ta’m va maza beruvchi moddalar, yumshatgichlar (chaynov paytida ma’lum konsistensiya hosil qilish uchun) hosil qiladi. Chaynov rezinkalarining eng asosiy xususiyati-bu chaynash paytida tinch turganga nisbatan so`lak ajralib chiqishini 3 va undan ko`p martaga oshirish hisobidan tishlar sathini yuvilishini yaxshilash, ovqatdan so`ng oshqozonda hazm jarayonini faollashtirishdan iboratdir. Bugungi kunda tarkibida ksilit va boshqa shakarsimon moddalar saqlovchi, kariyesga qarshi ta’sir qiluvchi chaynov rezinkalari keng ko`lamda tayyorlanmoqda. Chaynov rezinasi tarkibidagi ksilit og`iz bo`shlig`ida , tishlar sathida uzoq vaqt saqlanib qolib o`zining ijobiy ta’sirini ko`rsatadi. 383 Chaynov rezinkalaridan to`g`ri foydalansak, uning salbiy asoratlari bo`lmaydi. Shu ma’noda ko`plab o`tkazilgan tekshirishlar natijasiga tayanib quyidagilar tavsiya qilinadi: 1. Chaynov rezinkalaridan bolalar ham katta yoshdagi kishilar ham bir xil foydalansa bo`ladi 2. Chaynov rezinkalarini faqat ovqatdan so`ng 20 min mobaynida chaynash tavsiya etiladi, aks holda har xil noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin 3. Shakar saqlamaydigan, uning o`rnini bosadigan moddalari bor chaynov rezinkalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir 4. Chaynov rezinkalarini iloji bo`lsa faqatgina ovqat va shirinlaklardan so`ng chaynash tavsiya etiladi 5. Shuni unutmaslik lozimki, tartibsiz ravishda xohlaganda saqich chaynash zararlidir Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling