Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Ftor saqlamaydigan kariyesga qarshi ta’sir etuvchi qator tish
pastalari mavjudki, ular tarkibida tishning emal qobig`ini to`yintiruvchi 365 mineral tuzlar bo`ladi. Bunday tish pastalari o`zida kaliy fosfat, natriy fosfat, kalsiy va natriy glitserofosfat, kalsiy glyukonat, rux oksidi kabi minerallar tutadi. Bulardan tashqari shularga o`xshagan o`z tarkibida xitin, xitozan hosilalari tutuvchi pastalar ham mavjud. Xitin, xitozan hosilalari oqsillarga yaqin tuzilishga ega bo`lib, streptocuccus mutans, aktinomitsetlar kabi mikroorganizmlarni emal yuzasiga adsorbsiyalanishiga yo`l qo`ymayda va natijada tishlar yuzasida tish blyashkalari hosil bo`lishi sust kechadi. G.N.Paxomov va mualliflar (1973, 1978 yil) tomonidan tabiiy manba’lardan remineralizatsiya qilish xususiyatiga ega bo`lgan "Remodent" preparati ishlab chiqilgan. Shu preparat asosida "Remodent" tish pastasi ham ishlab chiqarilmoqda. Bu tish pastasi o`z tarkibida qator makro- va mikroelementlar saqlagan holda kariyesga qarshi yaxshi ta’sir etuvchi vosita hisoblanadi. Makro- va mikroelementlar dentin kanalchalarining kirish qismini tez to`ldirib tish sezgirligini pasaytiradi. Faqat tarkibida ftor saqlovchi va mineral tuzlar saqlovchi remineralizatsiya hususiyatiga ega pastalargina kariyesga qarshi profilaktika tadbirida qo`llanilmasdan bugungi kunda tarkibida, fermentlar saqlovchi pastalar turi ham paydo bo`la boshlagan. Fermentlardan hayvonlar va zamburug`, mikroblardan olinadigan pankreatin, lizotsim, tripsin, proteaza, amilaza, X-va B-glyukozidaza, mutanazalar ko`proqq tanlanadi. Mazkur fermentlar tish karashlar hosil bo`lishini oldini oladi. Tishlar yuzasiga adsorbsiyalanuvchi mikroorganizmlarni gidrolizlab parchalaydi. Bulardan bakteriyalar ishlab chiqargan fermentlar kuchli gidrolizlash kuchiga egadir. Fermentlardan-lipaza, amilaza, proteaza, lizotsim, glikozidazalar pastalar tarkibida ovqat qoldiqlari va tish karashlarini suvda eruvchi mayda molekulalargacha parchalaydi. Bulardan tashqari fermentlar kariyesogen mikroblar hosil qilgan polisaxaridlar, dekstranlarni shilliq va karashlarni parchalab, kislotalar hosil bo`lishini oldini oladi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling