Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Bolalar yoshiga qarab tish cho`tkalarini tavsiya qilish jadvali
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar yoshiga qarab tish cho`tkalarini tavsiya qilish jadvali.
6- jadval Bolaning yoshi Cho`tka ishchi qismining o`lchami (sm) Cho`tka tuklarining qattiqlik darajasi 5 yoshgacha 2,0 Yumshoq va juda yumshoq 6-7 yoshgacha 2,5 Yumshoq va juda yumshoq 8-10 yoshgacha 2,5 – 3,0 Yumshoqk va qattiqrok 11 va katta yosh 3,0 Qattiqrok, qattiq va juda qattiq Mikrobiologik tekshirishlar shuni ko`rsatdiki har qanday tish cho`tkasining tuklarida ko`plab mikroorganizmlar mavjud bo`lar ekan. Shuni inobatga olib tish cho`tkalarini foydalanilgandan so`ng uzok vaqt mobaynida maxsus g`iloflarda saqlash maqsadga muvofiq emasdir. Yorug`lik va havo yetishmovchiligi bunday holda saqlangan tish cho`tkalarida mikroorganizmlarning tez ko`payishini ta’minlaydi. Bunday hol patogen mikrofloraning ko`payib faolligini oshiradi. Tish cho`tkalari o`z elastikligini yo`qotib, tozalash darajasi pasaygan taqdirda almashtirilishi lozim. Sun’iy tukli cho`tkalar uchun bu muddat 1-2 oyni tashkil etsa, tabiiy tukli tish cho`tkalari uchun bu 3- 4 oydir. Qattiq va juda qattiq tukli tish cho`tkalarini faqat parodont to`qimasi sog`lom bo`lgan kishilargagina tavsiya etiladi. Shunda ham bordiyu tish cho`tkasidan noto`g`ri foydalanilsa, milklar shikastlanishi va tishlarning siyqalanish hollari vujudga kelishi mumkin. Yumshoq va o`rtacha qattiqlikdagi tish cho`tkalari tukchalarining egiluvchanligi hisobiga tishlar oralig`i, fissuralarga va milk osti sohalariga yaxshi kirib borishi natijasida yaxshi tozalash xususiyatiga ega bo`ladi Tish cho`tkasining ishchi qismi o`lchamlari tishlarni qay darajada tozalay olish samarasini belgilaydi. Qiyin tozalanuvchi sohalarga ham yetib borib, tishlarning barcha sathini tozalaydi. Bugungi kunda (bolalar va kattalar uchun) kichik o`lchamli bosh qismiga ega bo`lgan tish cho`tkalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday tish cho`tkalarni 360 og`iz bo`shlig`ida har tomonlama harakatlantirish qulaydir. Tish cho`tkalarining o`lchamlari bolalar uchun 18-25 mm, katta yoshdagi kishilar uchun-30 mm gacha bo`lishi kerak. Bunday cho`tkalarda ishchi qismining tuklari 3-4 qator bo`lib, tutam-tutam bo`lib joylashgan. Zamonaviy tish cho`tkalarining ko`pchiligi ishchi qismidagi tukchalarning har xil o`lchamliligi bilan farq qiladi. Bunda uzun tukchalar ishchi qismning periferik - chetki sohasida, kalta tukchalar o`rta qismida joylashgan bo`ladi. Bu xildagi tish cho`tkalarning tuklari tozalash jarayonida tishlar oralig`idagi bo`shliqka yaxshi botib kiradi va kontakt sathlardagi yumshoq karashlarni yaxshi tozalaydi. Shu bilan birgalikda milklarni massaj qilib ulardagi qon aylanish jarayonini yaxshilaydi. Zamonaviy tish cho`tkalarining ayrim turlari 2 qator tukchalarning oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan bo`yoq moddasi bilan har xil rangga bo`yalgan holda chiqariladi. Vaqt o`tishi bilan bu bo`yalgan soha o`zining rangini yo`qota boshlaydi va tish cho`tkasini eskirayotganidan dalolat beradi. Agar tish cho`tkasining bo`yalgan qismi 1/2 sohasida rangini yo`qotsa, demak tish cho`tkasini almashtirish muddati yetgan, uni almashtirish zarur. Bunday hol har kuni 2 marta tish tozalanganda 2- 3 oydan so`ng sodir bo`ladi. Tish cho`tkalarining dastaklari ham har xil shaklda bo`ladi (to`g`ri, bukilgan, qoshiqsimon). Bugungi kunda shunday tish cho`tkalari mavjudki, tish tozalash paytida (2-3 minutdan so`ng) ularning rangi o`zgaradi. Bunday tish cho`tkalari bolalarga tavsiya qilinadi. Ular tish tozalash vaqtini shunga qarab aniqlashadi. Ovoz chiqaruvchi tish cho`tkalari ham tish tozalash vaqtidan darak beradi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling