Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Fones (Fones) usulida tishlarni tozalash


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   261
Fones (Fones) usulida tishlarni tozalash. Bu usulda tish cho`tkasining 
tukli sathi bir-biriga tegib turgan tishlar qatorining o`ng burchiga pasta 
bilan birga qo`yiladi (bunda tish cho`tkasi tuklari tishlarning dahliz 
sathiga perpendikulyar joylashadi) va yopiq tishlar qatori bo`yicha tish 
cho`tkasini aylanma harakati bilan chap tomonga qarab tishlar 
tozalanadi. Keyin og`iz ochilib tishlarning ichki sathi ham shu yo`sinda 
kichik aylanma harakatlar bilan tozalanadi. Tishlarni chaynov yuzalari 


356 
alohida yana aylanma harakat ostida tozalanib, oxirida gorizontal 
yo`nalishda cho`tkalar harakati bilan tish tozalash tugatiladi. Bunday 
usulda tishlarni tozalash bolalar va katta yoshdagi kishilarga tavsiya 
qilinadi. 
Leonard (Leonard) usuli. Bunda tish cho`tkasining tukli yuzasi tish 
sathiga perpendikulyar qo`yilib, cho`tka harakati vertikal ravishda faqat 
milklardan tishlarning kesuvchi kirrasi tomonga harakatlantiraladi. 
Yuqori jag`da yuqoridan pastga, pastki jag`larda pastdan yuqoriga qarab 
tish cho`tkasi harakatlantiriladi, tishlarning vestibulyar yuzasi tishlar 
qatorining yopiq holatida tozalanadi. Chaynov yuzalari ochiq holatda 
cho`tkani oldinga-orqaga yo`naltirish yo`li bilan tozalanadi. Bu usul " 
qizildan-oqqa"-"milkdan-tishga" deb ataladi. 
Charter (Charters) usuli. Tish cho`tkasining tuklari tish yuzasiga 
qaratilgan holda 45
o
burchak ostiga qo`yiladi va ohistalik bilan cho`tka 
tuklari tishlar oralig`iga kiritilib vibratsiya harakati bilan tishlar 
tozalanadi. Bunda tish cho`tkasi tukchalaridan bir qismi milkning 
qirg`oq qismi ustida yotib milkni mexanik massaj qiladi. 
G.N.Paxomov usuli (standart tozalash usuli). Yuqori va pastki tish 
qatorlarining har biri 6 segmentga shartli ravishda bo`linadi. Molyar 
tishlar segmenti, premolyarlar segmenti va frontal tishlar segmenti. 
Tishlarni tozalash o`ng yuqori jag`ning chaynov guruxi tishlaridan 
boshlanadi va ketma-ket segmentlarga o`tib tozalanadi. Shu yo`sinda 
pastki jag` tishlari ham tozalanadi. 
Molyar va premolyar tishlar segmenti tozalanayotganda tish 
cho`tkasining ishchi qismining tukchalari tishlar sathiga nisbatan 45
o
burchak ostida qo`yilidi, bunda tuklar yarmi milkni, yarmi esa tish 
bo`yin qismini qoplab turadi. Tish cho`tkasining harakati milkdan 
tishlarning kesuvchi qirrasiga tomon harakatlantiriladi. Cho`tka harakati 
supurgi harakatiga monand bo`lishi kerak. Shunda cho`tka milkdan 
harakatini tish chaynov qirrasi tomon davom ettirib yumshoq 
karashlarni tozalash bilan birgalikda milklar massajini ham amalga 
oshiradi. Tishlarning chaynov yuzasi tish cho`tkasini gorizontal 


357 
(oldinga-orqaga) harakati bilan tozalanadi. Bunday holda tish cho`tkasi 
tukchalari fissuralar va tishlar oralig`iga yaxshi botib kiradi. Frontal 
gurux tishlar segmenti qoziq va kurak tishlarning vestibulyar yuzasi 
ham yuqorida ko`rsatilgan chaynov tishlar sathi kabi tozalanadi. Mazkur 
tishlarning oral sathini tozalash uchun tish cho`tkasi vertikal holda 
tishlar sathiga perpendikulyar qilib qo`yiladi, bunda tish cho`tkasining 
tuklari tish sathi va milklar sathiga o`tkir burchak ostida yo`naladi. 
Barcha segmentlarda tishlar yuzasi aylanma harakat qilib tozalanadi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling