Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Tarkibida shifobaxsh o`simlik moddalari saqlovchi tish pastalari


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   261
Tarkibida shifobaxsh o`simlik moddalari saqlovchi tish pastalari 
Mazkur pastalar modda almashinuvini jonlantiradi, yaxshilaydi, 
to`qimalar regeneratsiyasini kuchaytiradi, milklardan qon ketishini 
kamaytiradi, og`izdagi noxush hidlarni bartaraf etadi. Quyidagi guruxga 
kiruvchi tish pastalari bilan tanishamiz. 
“Lesnaya” tish pastasi o`z tarkibida 5% xvoy-karotin massasini 
saqlaydi. Unda xlorofidd, karotin, askorbin kislotasi, tokoferol, balzamli 
smola mavjuddir. Tarkibida shunday kompleks moddalarning borligi 
mazkur pastani milk to`qimasiga yaxshi ta’sir etib yallig`lanish 
jarayonlariga barxam berishni, og`izda noxush hidlarni yo`qotish, 
xushbo`y qilishni, milklardan qon oqishini bartaraf etishni va shilliq 
parda regeneratsiyasini ta’minlaydi. 
“Romashka” tish pastasi romashka va zveroboy singari shifobaxsh 
o`simliklarning 
suvli-spirtli 
ekstrakti 
bilan 
boyitilgan 
bo`lib, 
yallig`lanishga qarshi, antiseptik, yaxshi tozalovchi xususiyatlarga va 
yaxshi maza ta’mga egadir. 
Shu guruhga kiruvchi, bolalar uchun mo`ljallangan “Buratino” 
xam 
tarkibida 
romashka, 
mingyillik 
va 
qalampirmunchoq
o`simliklarining
ekstraktini saqlab, yallig`lanishka qarshi kuchli vosita 
sifatida milklar yallig`lanishida juda yaxshi samara beradi. 
Bolalar tish pastasi “Щelkunchik” kalendula ekstrakti asosida 
tayyorlanib, tarkibida karotin, likonin, efir moylari, organik kislotalar 
saqlaydi. Fitonsidlarga boy bo`lib, yallig`lanish jarayonlarida yuqori 
samara beradi.
“Parodontax” nomli tish pastasi ham tabiiy o`simliklar asosida 
tayyorlangan. Ushbu tish yuvish pastasi milklardan qon oqishini oldini 
oladi, yallig`langan milklarga ijobiy ta’sir ko`rsatadi, bakteriyalarni 
ko`payishini to`xtatadi, uglevodlar parchalanishidan hosil bo`lgan 
organik 
kislotalarni 
neytrallash 
hususiyatiga 
ega. 
Milklarni 
mustahkamlaydi va yaxshi tozalash sifatiga egadir. Mazkur tish pastasi 
tarkibida yalpiz, mirt, shalfey, romashka, rataniya, bikarbonat natriy 
tutadi, bu esa parodont kasalliklarini profilaktikasi va davolash ishlarida 
samarali hisoblanadi. 


369 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling