Mehnatni me’yorlashtirish asoslari


Download 20 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi20 Kb.
#1524401
  1   2   3   4   5
Bog'liq
MEHNATNI ME’YORLASHTIRISH ASOSLARI

MEHNATNI ME’YORLASHTIRISH ASOSLARI


REJA:
Mehnat unumdorligini o‘sishida mehnat me’yorlarini belgilashning ahamiyati.
Mehnatni texnik me’yorlash mohiyati.
Mehnat me’yorlari shakllari:


Mehnat unumdorligini o‘sishida mehnat me’yorlarini belgilashning ahamiyati.


Hozirgi sharoitda mehnatni ilmiy asosida tashkil qilish, fan-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribaga asoslanib texnika va odamlarning yagona ishlab chiqarish jarayonida birlashtirish moddiy va mehnat resurslarida eng samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirib borish, mehnat jarayonida inson salomatligiga g‘amxo‘rlik qilish demakdir.
Mehnatni ilmiy tashkil qilishda mehnatni me’yorlash ga aloxida e’tibor beriladi. Shu bilan bir qatorda fan va texnikani zamonoviy yutuqlari asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida qayta qurollashtirishni amalga oshirishda mehnatni me’yorlash muhim ahamiyatga ega.
Mehnatni me’yorlashtirish – bu ma’lum tashkiliy texnik sharoitda mahsulot birligini tayyorlash yoki vaqt birligi ichida mahsulot ishlab chiqarishni yoki
belgilangan ish xajmini bajarish, ishlab chiqarish vositalariga xizmat qilish uchun mehnat sarfi o‘lchovini belgilashdir.
Mehnatni me’yorlash har bir ish o‘rnida uchastka va sexda mehnatni to‘g‘ri va ilmiy asosda tashkil qilish, ish jarayonining bir tekis, bir me’yorda borishini ta’minlash, ish vaqtida tejab foydalanish, mehnatning ilg‘or usul va uslublarini aniqlash va joriy qilish, mehnatni yuksak samaradorligini ta’minlash, korxona faoliyatning rejalashtirish asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Mehnat unumdorligini o‘sishida texnikaviy asoslangan mehnat me’yorlari ning belgilanishni ahamiyati kattadir. Texnikaviy asosilangan Me’yorlarni joriy qilish iqtisodiy vazifalarni belgilashda ham aloxida e’tiborni talab qiladi.
    1. Mehnatni texnik me’yorlash mohiyati.


Mehnatni texnik normalash deganda ma’lum texnik sharoitlarda biror-bir mahsulot turini yoki bir ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan mehnat me’yorlari ni (Vaqt me’yori, mahsulot ishlab chiqarish me’yori, xizmat ko‘rsatish me’yori va x.k.) ilmiy ishlab chiqarish tushuniladi.
Mehnatni texnik normalash - ishlab chiqarishda mehnatni to‘g‘ri tashkil etishning negizidir, chunki har bir ish o‘rnida uchastkada sexda mehnatni tashkil etish, avvalo har bir konkret ish operatsiyasini bajarish uchun qancha mehnat sarf qilinishi va ishning qanday sifati zarurligini aniqlab olishdan boshlanadi. Mehnatning miqdori va sifati aniqlab olingandan keyin ma’lum xajmidagi ishni bajarish uchun talab qilinadigan ishchilar soni, ularning kasb va malakasi tarkibini belgilash mumkin. Demak, mehnatni tashkil etish uchun barcha qilinadigan ishlar oldindan hisoblab chiqilgan va ilmiy asoslangan mehnat sarfi me’yorlari mavjud bo‘lishi kerak. Bu vazifalarni amalga oshirishda texnik me’yorlar asosiy vosita rolini o‘ynaydi.
Mehnatni texnik normalash mehnatni tashkil etishning eng ratsional forma, uslub va usullarini tanlab olib joriy qilinga imkoniyat tug‘dirishi bilan birga texnika jixatdan asoslangan va progressiv Me’yorlarni joriy qilishni ta’minlaydi.
Mehnatni yengillashtirish, sog‘lomlashtirish va mehnat sharoitini yaxshilash, mehnatni ilmiy asosida tashkil etish bo‘yicha injener texnika va iqtisodchilar bir qatorda fiziologlar va psixologlarning tavsiyanomalari hisobga olinadi.
Texnik me’yorlar faqat ishbay ish bajaruvchi ishchilarning mehnatini tashkil qilish uchungina emas, balki vaqtbay ishlovchi ishchilarning mehnatini ham, shuningdek, injener-texnik xodimlarning va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ham mehnatini to‘g‘ri tashkil qilishda katta ahamiyatga ega.
Texnik me’yorlarning ilg‘or ish usularini va uslublarini o‘rganish va umumlashtirishda, shuningdek shu asosda ratsional mehnat protseslarini ishlab chiqishdagi ahamiyati ayniqsa kattadir. Bunda ortiqcha mehnat harakatlari bartaraf etiladi, kam unumli mehnat xarakatlari samarali mehnat xarakatlari bilan almashtiriladi.
Mehnat me’yori muayyan bir ish operatsiyasini bajarish uchun sarflanadigan ish vaqti bilan belgilanadi. Ish vaqti mehnatning birdan-bir o‘lchovi hisoblanadi yoki boshqacha qilib aytganda u Vaqt me’yoridan kelib chiqadi.Mehnat me’yorlari turlari
Shunga ko‘ra ish vaqti ham normalashtiriladi va Vaqt me’yori deb yuritiladi.

Download 20 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling