Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
РMA ko`rsatkichini baxolash quyidagi kodlar mezoni bilan
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- РMA ko`rsatkichini baxolash mezoni
РMA ko`rsatkichini baxolash quyidagi kodlar mezoni bilan
baxolanadi (ballarda): O-yallig`lanish yo`q 1 -yallig`lanish faqat milk so`rg`ichida (R) 2-marginal milk yallig`lanishi mavjud (M) 3-alveolyar milk yallig`lanishi mavjud (A) RMA ko`rsatkichi quyidagi formula asosida hisoblanadi: Ballar yig`indisi РMA = ————————— X 100% 3 x tishlar soni Bunda tishlar soni tishlar qatori mavjud bo`lgan hollarda yoshga nisbatan quyidagicha bo`ladi: 6 - 11 yosh - 24 tish 12 - 14 yosh - 28 tish 15 va yuqori - 30 tish Mabodo tishlar qatorida ma’lum tishlar bo`lmasa unda ballar yig`inidisi og`izda bor tishlar soniga bo`linadi. Odatda sog`lom kishilarda RMA. ko`rsatkichi 0 ga tengdir. Tekshirish natijasida olingan ko`rsatkich raqami qancha katta bo`lsa, milk yallig`lanishi shuncha jadal suratda kechadi. РMA ko`rsatkichini baxolash mezoni: RMA ko`rsatkichi umuman olganda og`iz bo`shlig`ida milk shilliq pardasining necha foizi yallig`langanligini ifodalaydi: 30% va undan kam - gingivitning yengil darajasi 31 -60% - o`rtacha og`irlikdagi darajasi 61% va yuqori - gingivitning og`ir darajasi 342 Og`iz bo`shlig`i gigiyenasini baxolash. Bugungi kunda og`iz bo`shlig`ining tozalik darajasi tish va parodont tizimining salomatlik ko`rsatkichi ekanligi hech kimga sir emas. Shu bois og`iz bo`shlig`i a’zolari kasalliklari profilaktikasi nuqtai nazaridan og`iz bo`shlig`i gigenasini o`rganish va tozalik darajasini yaxshilash muhim ahamiyatga egadir. Og`iz bo`shlig`i gigiyenasini baxolash maqsadida qator tavsiyalar mavjud. Shulardan eng oddiy, qulay va ko`proq ma’lumot beradigan usullardan ba’zilarini ko`rib o`tamiz: Fedorov-Volodkina (1971) usulida gigiyenik ko`rsatkichni aniqlash. Mazkur ko`rsatkich 5-6 yoshdagi bolalar og`iz bo`shlig`igi gigiyenik holatini aniqlash uchun tavsiya qilinadi. Bu usulda gigiyenik ko`rsatkichni aniqlash uchun 43, 42, 41, 31, 32, 33 tishlarning vestibulyar yuzasi tekshiriladi. Tishlarning dahliz yuzasi maxsus eritmalar (Shiller-Pisarev, fuksin, eritrozin) yordamida bo`yaladi va mavjud bo`lgan tish yuzasi karashlari quyidagi kod va ballar yordamida baxolanadi. Bunda 5 ballik sistemadan foydalaniladi: 1 bal-tish karashi mavjud emas-tish bo`yalmagan. 2 bal-tish sathining 1/4 qismi bo`yalgan. 3 bal-tish sathining 1/2 qismi bo`yalgan. 4 bal-tish sathining 3/4 qismi bo`yalgan. 5 bal-tish sathi tulik bo`yalgan yoki karash bilan koplangan. Gigiyenik ko`rsatkich darajasini aniqlash uchun olingan ballar yig`indisi buyalgan tishlar soniga bo`linadi: Ballar yig`indisi OGI =———————————— 6 (bo`yalgan tishlar soni) Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling