Tish qattiq to‘qimalarida qayd etiladigan bunday xastalik organizmga tashqi muhitdan ichimlik suvi orqali meʼyordan ko‘proq ftor elementining (suvda erigan holda) kirishi oqibatida yuzaga keladi


Download 455.39 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi455.39 Kb.
#1132398
Bog'liq
gigiyena must ish


Tish qattiq to‘qimalarida qayd etiladigan bunday xastalik organizmga tashqi muhitdan ichimlik suvi orqali meʼyordan ko‘proq ftor elementining (suvda erigan holda) kirishi oqibatida yuzaga keladi. Flyuoroz bu ftor elementi chaqirishi mumkin bo‘lgan gipoplaziyadir, desak ham xato qilmaymiz. Kishi organizmining ftorga bo‘lgan bir sutkalik talabi 3,5 mg atrofidadir. Bu talab asosan ichimlik suvi tarkibida bo‘ladigan ftor orqali qondiriladi. Organizmning ana shunday talabini qondirish uchun ichimlik suvining 1 litrida 0,8-1,2 mg ftor bo‘lishi kifoyadir. Ichimlik suvi tarkibidagi ftor miqdori ko‘rsatilgandan oshib ketgan hollarda flyuoroz xastaligi kuzatiladi. Flyuoroz xastaligi 5 xil shaklda namoyon bo‘ladi.Bunda tish emali sathida ko‘pincha vertikal yo‘nalishdagi bo‘rsimon chiziqlar paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda bu chiziqlar faqat lupa oynasi orqali qaralganda aniqlanishi mumkin bo‘lgan darajada nozik bo‘lishi tabiiy. Emal qavatining bu xil jarohatlanishi ko‘pincha yuqori jagʻ markaziy va yon kurak tishlari sathidagina, baʼzan esa pastki kurak tishlarda namoyon bo‘ladi. Bu xastalikda tish emal qavatining faqat dahliz (vestibulyar) sathigina o‘zgarishga uchraydi.Tish emal qavati sathida katta-kichik, yaqqol namoyon bo‘luvchi bo‘rsimon rangli dog‘lar paydo bo‘ladi. Bu dog‘lar yalpi bo‘lib, unda chiziqlar bo‘lmaydi va ular butun emal qavati sathi bo‘ylab joylashgan bo‘ladi. Ayniqsa bunday dog‘lar kurak tishlarining kesuvchi qirralari atrofida ko‘plab hosil bo‘ladi. Emaldagi bu xil dog‘lar keskin sog‘lom to‘qimaga o‘tib ketadi. Dog‘li emal sathi silliq va yaltiroqdir. Dog‘lar aksariyat hollarda oldingi kurak tishlarda uchrasada, boshqa tishlar ham ulardan xoli bo‘lmaydi.Flyuoroz xastaligining bu xil shakli har xil klinik belgilar bilan kechadi. Odatda tish emal qavati bo‘r rangida bo‘ladi. Baʼzan esa u yaltiroqligini saqlashi yoki tiniqligini yo‘qotishi mumkin. Emal sathida jarohatli nuqta (chuqurcha)lar paydo bo‘lishi xususiy hol hisoblanadi. Bunday chuqurchalar atrofi (devorlari) notekis, qoramtir tusda bo‘lib, o‘lchamlari 1-1,5 mm diametrli, chuqurligi esa 0,1-0,3 mm bo‘ladi. Bu xil nuqtasimon chuqurchalar, aksariyat hollarda tish emalining dahliz sathida joylashgan bo‘ladi. Bunday sathlarda emalning jarohati natijasida ochilib qolgan dentin to‘qimasining yuzasi och sarg‘ish rangdan tortib, qo‘ng‘ir-to‘q jigarranggacha bo‘yalgandir.


Flyuoroz xastaligi baʼzan emalning eroziyasi(tibbiyot) shaklida ham namoyon bo‘ladi. Bo‘rsimon rangli emal sathida birmuncha keng va chuqur jarohatlar paydo bo‘lib, tish yuzasining katta qismini egallashi mumkin. Hosil bo‘lgan jarohatlar har xil notekis shakllarga ega bo‘ladi. Emalning bu xil jarohatlanishi natijasida tishlar kuchli yemiriladi.
Emalning bu xil jarohatlanishi, aksariyat hollarda suv tarkibida ftorning meʼyordan bir necha marotaba ko‘p bo‘lishi natijasida, shu suv ichiladigan hudud va tumanlardagina qayd qilinadi. Bunday hollarda tishning nafaqat emal qavati jarohatlanib qolmay, balki dentin to‘qimasining jarohatlanishi ham kuzatiladi. Natijada tish koronkasining shakli o‘zgarishi, uning kuchli yemirilishi hollari namoyon bo‘ladi. Tish emal qavatining tusi keskin o‘zgaradi.

Flyuoroz xastaligida bemorlar tishlarining rangi o‘zgarishidan, baʼzan ularning yemirilayotganidan shikoyat qilishadi. Flyuoroz xastaligidagi emal rangining o‘zgarishini kariyes va gipoplaziya natijasida sodir bo‘ladigan aynan shu xildagi o‘zgarishlardan farqlay bilish muhim ahamiyat


kasb etadi.
Flyuorozni aniqlashda kariyes kasalligi bilan solishtirma tashxis o‘tkaziladi. Kariyesda nuqson bitta va boʻyin qismida joylashgan, flyuorozda esa bir nechta va tishning vestibulyar yuzasida joylashadi.Davo tadbirlari tish qattiq to‘qimalaridagi o‘zgarishlarning chuqurligiga bog‘liqdir. Jarohatlarning chuqurligi natijasida tishlarda yemirilishlar, toj qismi shaklining o‘zgarishi sodir bo‘lgan taqdirda davo tadbirlari ortopedik usulda olib boriladi. Yengil klinik belgilar bilan kechuvchi flyuoroz xastaligida terapevtik davo chora- tadbirlari qo‘llaniladi. Tishlar sathida hosil bo‘lgan dog‘larga kuchsiz kislotalar eritmasi bilan ishlov berilib, undan keyin minerallashtiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan eritmalar yordamida dog‘lar yo‘qotiladi. Pigmentli dog‘larni yo‘qotishda 10% li xlorid, fosfat kislotasini ishlatish maqsadga muvofiqdir. Fosfat kislotasi kompozit plomba to‘ldirgichlar tarkibida alohida shisha idishda bo‘ladi. Flyuorozni davolash va profilaktika qilish uchun suvdagi ftor miqdorini meʼyorga olib kelish kerak. Hozirgi kunda flyuorozni f
otopolimerlar bilan davolanadi.
Download 455.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling