7-maruza: Ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini o`rganish va kamaytirish Reja


Download 424.14 Kb.
bet1/6
Sana31.01.2024
Hajmi424.14 Kb.
#1817550
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
маруза7


7-maruza: Ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini o`rganish va kamaytirish
Reja:

    1. Ishlab chiqarishdagi kasb kasalliklari va shikastlanishlarning sabablari.

    2. Sanoat korxonalarida kasb kasalliklarini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar .

    3. Jarohatlar, sabablari, klinik belgilari va ularda shoshilinch tibbiy yordam

Tayanch so’zlar: kasb kasalliklari, sanitariya-gigenik, vibrasiya, shovqin, elektr magnit to’lqinlari, patogen mikroblar, toksinlar, zararli odatlar.
Sanoat korxonalarida xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong’in xavfsizligi qoidalariga, me’yor va tavsiyanomalarga rioya qilmaslik ishchilarni jarohatlanishiga, zaxarlanishga va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin. SHuning uchun ham ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan har qanday baxtsiz hodisa har tomonlama tekshiriladi va hisobga olinadi. Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasallanishning sabablarini shartli ravishda quyidagilarga ajratish mumkin:

  1. Texnik 4. Ruhiy-fiziologik

  2. Tashkiliy 5. Iqtisodiy

  3. Sanitariya-gigenik 6. Xodimlarni aybi b-n yuz beradigan kasalliklar

Texnik sabablar. Texnik vositalarning nosozligi, konstruktiv kamchiliklar, mashina va mehanizmlarning ishga yaroqsizligi, texnologik jarayonlarning nomukammalligi va b.
Tashkiliy sabablar. Sanoat korxonasini loyihalash jarayonida yo’l qo’yilgan xatolar, ishchi va xizmatchilarning xavfsiz ishlash usullariga o’rgatilmaganligi, yo’riqnomalarni noto’g’ri o’tkazilganligi, nomutaxassis kadrlarni ishlatish, texnik nazoratning yo’qligi, ish joylarini noto’g’ri tashkil qilish, xavfli holatlar haqida ogohlantiruvchi plakatlarning bo’lmasligi va b.
Ruhiy-fiziologik sabablar. Ishning bir xilligi, qattiq jismoniy mehnat tufayli zo’riqish, kishi organizmiga ish joyining ruhiy, anatomik, fiziologik jihatdan mos kelmasligi, charchash, jamoatchilik orasidagi nosog’lom muhit, oilaviy notinchlik kabilar misol bo’la oladi.

Download 424.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling