7-maruza: Ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini o`rganish va kamaytirish Reja
Download 424.14 Kb.
|
маруза7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shikastlanishlar va ularda 1-tibbiy yordam ko’rsatish.
Sanoat korxonalarida kasb kasalliklarini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar: ishchilarga zararli ta’sir ko’rsatuvchi moddalardan muhofaza qiluvchi qurilmalar tayyorlash yoki sotib olish, yaxshi shamollatish va havoni ventilyasion tizimlarini o’rnatish, eskilarini takomillashtirish, havo xolatini kuzatadigan asboblar o’rnatish va b.
Sanoat korxonalarining bosh rejasida mazkur korxona joylashgan maydonlarni obodonlashtirish, ishchilar yashaydigan zonalar holatini yaxshilash, korxona tashqi ko’rinishi va unga tutashuvchi yo’l va yo’lkalar holatini yaxshilash, barcha ishlab chiqarish zonalarini ko’kalamzorlashtirish masalalari kiradi, unga ma’lum mablag’ ajratiladi. Shikastlanishlar va ularda 1-tibbiy yordam ko’rsatish. Turli favqulodda vaziyatlarda shikastlanganlarning ko’pchiligini yopiq shikastlanishlar tashkil qiladi. YOpiq shikastlanishlarda teri va shilliq qavatlarning butunligi buzilmaydi. Lekin zararlanish turli organ va to’qimalarga, yumshoq to’qimalarga, ko’krak va qorin bo’shlig’i organlariga, bosh miyaga, bo’g’imlarga, siydik tanosil organlariga tarqalishi va ularda lat eyish, paylarning cho’zilishi va uzilishi, bo’g’imlarning chiqishi, yumshoq to’qimalarni tuproq, buzilgan binolar va inshootlarning bo’laklari bilan ezilishini vujudga keltiradi. Lat eyish - yopiq shikastlanish bo’lib, qattiq jismlar bilan urish yoki qattiq jismga urilish natijasida vujudga keladi va yumshoq to’qima- larni qorin va ko’krak bo’shliqdagi turli organlarni zararlanishi bilan xarakterlanadi. Lat eyish natijasida vujudga keladigan o’zgarishlar xarakteri va og’ir engilligi urilish kuchiga jismning kattaligiga, og’irligiga, shakliga, shikast beruvchi jismning yo’nalishi va davomiyligiga, tananing zararlangan joyini kattaligiga va ahamiyatliligiga va shikast berish vaqtidagi anatomo – fiziologik xususiyatlariga bog’liq. Lat eyish vaqtida teri osti yog’ qavatidagi limfatik va qon tomirlar u yoki bu darajada zararlanib, lat yeyish belgilarini kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Lat eyishning belgilari unchalik ko’p emas, lekin ular shunday aniq va ravshan yuzaga keladiki, tashxis qo’yish juda oson bo’lib qoladi: og’riq, shish, ko’karish ( qon quyilishi, gemotoma) funksiyaning buzilishi. Og’riq - har xil intensivlikda bo’lib, zararlanish zonasi va nerv va qon tomirlari bilan ta’minlanganligiga bog’liq. Ba’zan kuchli og’riqlar travmatik shokka olib kelishi mumkin (oyoq yoki qo’lning yumshoq to’qimalarini ezilishi, qorinni lat eyishi, yirik nerv tolalarining yopiq shikastlanishi) Og’riqning xarakteri organizmning og’riqqa shaxsiy moyilligiga ham bog’liq. SHish - yumshoq to’qimalarga qonning shimilishi va aseptik yallig’lanish natijasida ro’y beradi. SHishning kattaligi yog’ qavatini kattaligiga bog’liq: yog’ qavati qancha katta bo’lsa shish ham katta bo’ladi. Qon quyilish va ko’karish (gematoma) - qon tomirlarining urilish zahoti yoki bir necha soat keyin uzilishi natijasida ro’y beradi. Uning kattaligi uzilgan tomirning kalibiriga, qonning ivishiga, teri osti yog’ qavatiga bog’liq. Teri qavatlari dastlab to’q ko’kimtir rangga, keyinchalik gemoglabinni parchalanishi natijasida yashil va sariq rangga kiradi. Funksiyaning buzilishi dastlab organizmning shikastlanishga qarshi himoya reaksiyasi bo’lib hisoblanadi va uni lat eyish joyiga, shikastlangan odamni og’riqqa bo’lgan reaksiyasiga va shikastlanish natijasida ro’y bergan o’zgarishlar xarakteriga bog’liq. Organning funksiyasini buzilishi uning to’qimala-rida qon va limfaning shimilishi natijasida ro’y beradi. Mahalliy va umumiy haroratning ko’tarilishi katta gematomaning so’rilishi yoki uning yiringlashi natijasida ro’y beradi. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish – lat eyish ro’y bergan zahoti o’sha joyga siqib turuvchi bog’lam qo’yish, iloji bo’lsa, lat egan joyga dam – badam sovuq jismlar bosish, muz xaltasini qo’yish 40-50 minutdan keyin 10-15 minut dam beriladi. YAna qaytariladi. Sovuqning qo’llanilishi qon quyilishini kamaytiradi, to’xtatadi, og’riqni kamaytiradi. Siqib bog’lash natijasida zararlangan teri osti qon tomirlari bosilib, shishni kamaytiradi. Katta miqdordagi lat eyishlarda bemorni harakatlari chegaralanib, (immobilizasiya) og’riqni qoldiruvchi vositalar beriladi. Davolash – lat egan vaqtdan 2-3 kun o’tgach issiq muolajalar qo’llaniladi (iliq isitgich qo’llash, isituvchikompress, suvvannalari) massaj (uqalash), davolash gimnastikasi qo’llaniladi. Katta o’lchamli lat eyishlarda, rentgen orqali tekshirib, suyaklar sinishi bor yo’qligini aniqlash kerak. O’zicha so’rilib ketmaydigan katta gematomalarni punksiya qilinib, ketidan antibiotiklar yuboriladi, ba’zan jarrohlik yo’li bilan ivigan qon olib tashlanadi. Download 424.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling