7-maruza: Ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini o`rganish va kamaytirish Reja
Download 424.14 Kb.
|
маруза7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat sharoiti
Ish faoliyatidagi zararli va xavfli omillar quyidagi turlarga bo’linadi:
Zararli odatlar: spirtli ichimliklarni muntazam ravishda iste’mol qilish, sigaret, nos, nasha chekish. Buning oqibatida insonning sog’ligi zaiflashadi, xotira va ish qobiliyati pasayadi, psixologik o’zgarishlar paydo bo’ladi. Tabiiy ofatlar natijasida insonlar ruhiyatida sodir bo’ladigan asosiy o’zgarishlar – bu uyqusizlik, vaxima, kuchli hayajonlanish, kechalari qo’rqib uyg’onish, sarosimaga tushish va boshqalar. Fizikaviy: vibrasiya, elektr magnit to’lqinlari, shovqin, infraqizil nurlar, ulьtrabinafsha radiasiya, elektr toki, mashina, mehanizmlar, ish joyidagi mateial va jihozlarning issiq yoki sovuqligi. Kimyoviy: ish joyining gazlar bilan ifloslanganligi, kimyoviy birikmalarning changga, teriga zaxarli moddalarning tushishi, oshqozon- ichak yo’llariga zaxarli moddalarning tushishi, kislota, ishqorlarning ta’siri. Biologik: patogen mikroblar va ularning toksinlari. Hayvon, o’simliklarning o’rtasida yuqumli kasalliklarning tarqalishi. Psixofiziologik: asab-ruhiy – ilmiy xodimlar, o’qituvchilar, talabalar mehnati, ijod bilan shug’ullanuvchilar, operatorlar, aviadispetcherlar, noqulay vaziyatdagi ish, qo’l mehnati, og’ir yuk ko’tarish, og’ir mehnat. Mehnat sharoiti – mehnat jarayonida insonning sog’ligi va ish faoliyatiga ta’sir ko’rsatadigan ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni yig’indisidir. Mehnat sharoitlari 4 ta sinf bo’yicha baholanadi: sinf: optimal mehnat sharoitlari – ular ishlab chiqarishni oshiradi va diqqat-e’tiborni kam talab qiladi. sinf: mumkin bo’lgan mehnat sharoitlari – bu muhit va mehnat jarayonining omillari ish joyidagi gigienik me’yorlarni buzmaydi. Bu sharoitlar inson salomatligi va uning zurriyotiga xavf solmaydi. sinf: zararli mehnat sharoitlari – bunda ishlab chiqarish omillari gigienik normadan oshadi va inson sog’ligi, uning zurriyotiga zarar ko’rsatadi. Ular 4 darajali bo’ladi: Organizmda tiklanadigan funksional o’zgarishlar bo’ladi. Organizmda jiddiy funksional o’zgarishlar, kasalliklar keltirib chiqaradi. Kasb kasalliklariga olib keladi va surunkali kasalliklarni o’sishiga olib keladi. Yaqqol bo’lgan professional kasalliklarning rivojlanishiga va ish qobiliyatini vaqtinchalik yo’qotishga olib keladi. sinf: shikastlanishga (ekstremal) olib keladigan mehnat sharoitlari. Ish vaqtida hayotga xavf soladigan va o’tkir professional kasalliklarga olib keladigan mehnat sharoitlari: Mehnat sharoitlari Xavfsiz mehnat sharoitlari Mumkin bo’lgan mehnat sharoitlari Zararli mehnat sharoitlari Ekstremal mehnat sharoitlari Download 424.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling