7-maruza: Ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini o`rganish va kamaytirish Reja
Download 424.14 Kb.
|
маруза7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Jarohatlar va ularda shoshilinch tibbiy yordam.
Mexanik ta’sir natijasida organ va to’qimalarning teri va shilliq qavatlar butunligining buzilishi bilan bo’ladigan shikastlanishga jarohat deyiladi. Jarohat beruvchi jism ta’sirida to’qimalar orasida qon ivimalari, o’lgan to’qimalar bo’laklari, suyak parchalari va yot narsalar bilan to’lgan yoriq hosil bo’ladi. Bu yoriqni jarohat kanali deb ataladi. Jarohat beruvchi jismning kuchi, shakli, harakat yo’nalishiga qarab, jarohatlar quyidagi ko’rinishlarga ega bo’ladilar: yuzaki va chuqur teshib o’tgan va teshib o’tmaganyalab ketgan bo’shliqqa kirgan va kirmagan.(kalla suyagi, ko’krak, qorin, bo’g’im bo’shliqlariga) Jarohat sababiga ko’ra: jarrohlik (aseptik) tasodifiy o’q tekkan va o’q tegmagan mikrob bilan ifloslangan (infisirlangan) Jarohat beruvchi jismning turiga va jarohat kanalining xarakteriga ko’ra: Sanchilgan jarohat - o’tkir uchli qurollarni sanchilishi natijasida vujudga keladi. (nina, mix, o’tkir suyak, bigiz va b). Bunday jarohatni kirish teshigi to’qimalarning qisqarishi natijasida kichik bo’lib, undan chiqadigan ajralma (qon) deyarli bo’lmaydi. Sanchilgan jarohatlarning xavfli tomoni shundaki, hayot uchun zarur bo’lgan organlar zararlanishi mumkin (yurak, tomirlar, kovak organlar, miya) to’qima va organlar mikroblar bilan ifloslanishi mumkin. Kesilgan jarohatlar o’tkir tig’li jismlar ta’sirida vujudga keladi. (pichoq, lezviya, shisha, skalьpel). jarohatning chetlari tekis, atrofdagi to’qimalar kam zararlanadi. Jarohat chetlari bir-biriga tegmaydi, shuning uchun jarohatdan qon oqib turadi va u bilan ma’lum miqdordagi mikroblar chiqib ketadi. Bunday jarohatlar kamroq yiringlaydi, tezroq bitadi. Lat yegan jarohatlar – birorta tumtoq jism ta’sirida kelib chiqadi (tosh, yog’och). Bu turga yirtilgan va ezilib ketgan jarohatlar ham kiradi. Bunday jarohatlarda qon ketish unchalik ko’p bo’lmaydi, atrofdagi to’qimalar zararlanishi kengroq bo’ladi. SHu sabab jarohat chetlari notekis, to’qimalari o’lgan bo’lib infeksiya rivojlanishi uchun sharoit etarli darajada. Tishlangan jarohatlar - hayvon yoki odam tishlashidan vujudga keladi. Bunday jarohatlarga odam yoki hayvonning mikroflorasining tushishi oqibatida ko’proq yiringlaydi. Hatto tishlangan jarohat qutu- rish virusi bilan zararlangan bo’lishi mumkin. Zaharlangan jarohatlar – ilon yoki chayon chaqishi, o’q tekkan jarohatlar - o’q otuvchi qurollar qo’llanilishi natijasida sodir bo’ladi. O’q tekkan jarohatlarda kirish teshigi, jarohat kanali yoki jaro hat bo’shlig’i, o’q teshib o’tganda esa - chiqish teshigi farqlanadi. Kelib chiqishiga ko’ra jarohatlar - ataylab qilingan va tasodifiy jarohatlarga taqsimlanadi. Hamma tasodifiy jarohatlar bakteriyalar bilan ifloslangan bo’ladi. Infisirlangan jarohatlarda mahalliy yallig’lanish kuzatilib, ular infeksiyani to’qimalar orasiga, limfatik to’qimalar orasiga, limfatik va qon tomir yo’llariga tarqalishi bilan xarakterlanadi. Kovakli organlar jarohatlarda jarohat infeksiyasi tez vujudga kelib, tez tarqaladi. Jarohatni mahalliy belgilari: og’riq, shish, giperemiya, mahalliy gipertermiya. Og’riq ayniqsa jarohatlanish vaqtida kuchliroq seziladi va shu joyni sezuvchanlgiga bog’liq bo’ladi. Barmoqlar, tish, til, jinsiy organ- lar, orqa chiqaruv teshigi sohalarida og’riq kuchliroq seziladi. Jarohat bitaborgan sari og’riq kamaya boradi. Og’riqni kuchayishi jarohatni yiringlaganini bildiradi. Jarohatning asoratlari. Qon oqish – agar yirik qon tomirdagi qon oqayotgan bo’lsa, xavfli. Ba’zan kuchli og’riq natijasida travmatik shok bo’lishi mumkin. Qolgan hollarda asosiy xavf - jarohat infeksiyalanishi natijasida yiringlashi hisoblanadi. Ba’zan qoqshol, gazli gangrena va quturish kabi xavfli kasalliklarga sabab bo’ladi. Nazorat savollari: Ishlab chiqarishdagi qanday kasb kasalliklarini bilasiz? Shikastlanishlar, sabablari, klinik belgilari va ularda shoshilinch tibbiy yordamni ayting Shikastlanish toksikozi va ularda shoshilinch tibbiy yordamni ayting. Jarohatlar, sabablari, klinik belgilari va ularda qanday shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatiladi? Birinchi yordam ko’rsatish qaysi paytda mumkin emas Download 424.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling