Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Bolalar yoshiga qarab tish cho`tkalarini tavsiya qilish jadvali


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   261
Bolalar yoshiga qarab tish cho`tkalarini tavsiya qilish jadvali. 
6- jadval 
Bolaning yoshi 
Cho`tka ishchi 
qismining o`lchami (sm) 
Cho`tka tuklarining 
qattiqlik darajasi 
5 yoshgacha 
2,0 
Yumshoq 
va 
juda 
yumshoq 
6-7 yoshgacha 
2,5 
Yumshoq 
va 
juda 
yumshoq 
8-10 yoshgacha 
2,5 – 3,0 
Yumshoqk va qattiqrok 
11 va katta yosh 
3,0 
Qattiqrok, qattiq va juda 
qattiq 
Mikrobiologik tekshirishlar shuni ko`rsatdiki har qanday tish 
cho`tkasining tuklarida ko`plab mikroorganizmlar mavjud bo`lar ekan. 
Shuni inobatga olib tish cho`tkalarini foydalanilgandan so`ng uzok vaqt 
mobaynida maxsus g`iloflarda saqlash maqsadga muvofiq emasdir. 
Yorug`lik va havo yetishmovchiligi bunday holda saqlangan tish 
cho`tkalarida mikroorganizmlarning tez ko`payishini ta’minlaydi. 
Bunday hol patogen mikrofloraning ko`payib faolligini oshiradi. 
Tish cho`tkalari o`z elastikligini yo`qotib, tozalash darajasi 
pasaygan taqdirda almashtirilishi lozim. Sun’iy tukli cho`tkalar uchun 
bu muddat 1-2 oyni tashkil etsa, tabiiy tukli tish cho`tkalari uchun bu 3-
4 oydir. 
Qattiq va juda qattiq tukli tish cho`tkalarini faqat parodont to`qimasi 
sog`lom
bo`lgan kishilargagina tavsiya etiladi. Shunda ham bordiyu tish 
cho`tkasidan noto`g`ri foydalanilsa, milklar shikastlanishi va tishlarning 
siyqalanish hollari vujudga kelishi mumkin. 
Yumshoq va o`rtacha qattiqlikdagi tish cho`tkalari tukchalarining 
egiluvchanligi hisobiga tishlar oralig`i, fissuralarga va milk osti 
sohalariga yaxshi kirib borishi natijasida yaxshi tozalash xususiyatiga 
ega bo`ladi 
Tish cho`tkasining ishchi qismi o`lchamlari tishlarni qay darajada 
tozalay olish samarasini belgilaydi. Qiyin tozalanuvchi sohalarga ham 
yetib borib, tishlarning barcha sathini tozalaydi. Bugungi kunda (bolalar 
va kattalar uchun) kichik o`lchamli bosh qismiga ega bo`lgan tish 
cho`tkalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday tish cho`tkalarni 


360 
og`iz
bo`shlig`ida har tomonlama harakatlantirish qulaydir. Tish 
cho`tkalarining o`lchamlari bolalar uchun 18-25 mm, katta yoshdagi 
kishilar uchun-30 mm gacha bo`lishi kerak. Bunday cho`tkalarda ishchi 
qismining tuklari 3-4 qator bo`lib, tutam-tutam bo`lib joylashgan. 
Zamonaviy tish cho`tkalarining ko`pchiligi ishchi qismidagi 
tukchalarning har xil o`lchamliligi bilan farq qiladi. Bunda uzun 
tukchalar ishchi qismning periferik - chetki sohasida, kalta tukchalar 
o`rta qismida joylashgan bo`ladi. Bu xildagi tish cho`tkalarning tuklari 
tozalash jarayonida tishlar oralig`idagi bo`shliqka yaxshi botib kiradi va 
kontakt sathlardagi yumshoq karashlarni yaxshi tozalaydi. Shu bilan 
birgalikda milklarni massaj qilib ulardagi qon aylanish jarayonini 
yaxshilaydi. 
Zamonaviy tish cho`tkalarining ayrim turlari 2 qator tukchalarning 
oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan bo`yoq moddasi bilan har xil rangga 
bo`yalgan holda chiqariladi. Vaqt o`tishi bilan bu bo`yalgan soha 
o`zining rangini yo`qota boshlaydi va tish cho`tkasini eskirayotganidan 
dalolat beradi. Agar tish cho`tkasining bo`yalgan qismi 1/2 sohasida 
rangini yo`qotsa, demak tish cho`tkasini almashtirish muddati yetgan, 
uni almashtirish zarur. Bunday hol har kuni 2 marta tish tozalanganda 2-
3 oydan so`ng sodir bo`ladi. 
Tish cho`tkalarining dastaklari ham har xil shaklda bo`ladi (to`g`ri, 
bukilgan, qoshiqsimon). Bugungi kunda shunday tish cho`tkalari 
mavjudki, tish tozalash paytida (2-3 minutdan so`ng) ularning rangi 
o`zgaradi. Bunday tish cho`tkalari bolalarga tavsiya qilinadi. Ular tish 
tozalash vaqtini shunga qarab aniqlashadi. Ovoz chiqaruvchi tish 
cho`tkalari ham tish tozalash vaqtidan darak beradi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling