Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Ko`pirtiruvchi - sirt aktiv moddalar
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologik aktiv moddalar
Ko`pirtiruvchi - sirt aktiv moddalar. Tish pastalarini tayyorlashda
ko`pirtiruvchi-sirt aktiv moddalardan-alizarin moyi, lauril sulfat natriy, natriy lauril sarkozinat va yog` kislotalar tauridining natriyli tuzi kabilar keng ko`lamda ishlatiladi. Tish pastalari tarkibiga kiruvchi komponentlar zararsiz, og`iz shilliq pardasiga salbiy ta’sir ko`rsatmaydigan va juda yaxshi ko`piradigan bo`lishi lozim. Yaxshi ko`piruvchi tish pastalari tishlar yuzasidan ovqat qoldiqlarini, karashlarni tozalashda ancha qulayliklar tug`diradi. Bugungi kunda abraziv modda saqlamaydigan, gelsimon tish pastalar ham keng ko`lamda ishlanib chiqilmokda (pepsodent, blendomed va x.k.). Bunday tish pastalarining asosini faol ko`pirish hususiyatiga ega bo`lgan kremniy ikki oksidi tashkil qiladi. Gelsimon tish pastalarining ta’mi juda yaxshi, har xil rangga egadir. Lekin tishlarni tozalash darajasi bo`r saqlovchi abraziv moddalarga ega tish pastalaridan ancha past. Tish pastalari uzoq muddat turishini inobatga olib, ularning buzilmasligini, aynimasligini ta’minlash maqsadida ular tarkibiga antiseptik moddalar (timol, triklozan va boshqalar) ham ma’lum miqdorda qo`shiladi. Biologik aktiv moddalar (xlorofilli birikmalar, fermentlar, mikroelementlar, o`simlik ekstraktlari, vitaminlar-V Z , V 6 , RR, S, K va boshqalar) tish pastalarining kariyes va parodont kasalliklarini oldini olishda qo`llash uchun imkoniyat yaratadi. Kariyes profilaktikasi maqsadida tish pastalari tarkibiga tish emali tarkibiga kiruvchi mineral tuzlar va kimyoviy elementlar qo`shiladi. Shulardan tarkibiga ftor qo`shilgan tish pastalari kariyes profilaktikasida bugungi kunda muhim o`rin egallaydi. Bunday tish tozalash pastalari barcha yoshdagi kishilarga tavsiya qilinadi. 364 Tish pastalari tarkibiga shu maqsadda natriy ftorid, olovo ftoridi, monoftorfosfat, aminoftorid va fosfatlar bilan ishlov berilgan natriy ftor birikmalari qo`shiladi. Ftorli birikmalar tishlar emal qobig`ini karashlar tarkibidagi mikroorganizmlar hosil qilgan kislotalarga nisbatan turg`unligini oshiradi, ularda modda almashinuvi jarayonini susaytiradi va remineralizatsiya jarayonini kuchaytiradi. Shu narsa izlanishlar natijasida aniqlanganki kariyes profilaktikasini amalga, oshirilishida erkin, bog`lanmagan ftor ioni muhim ahamiyat kasb etadi. Jaxon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST-VOZ) tavsiyasiga ko`ra tish pastalari tarkibida ftor ionlarining miqdori 0,1%dan oshmasligi kerak. Samarali ta’sir qiluvchi tish pastalarining har bir grammida 1-3 mg ftorid mavjud bo`ladi. Katta yoshdagi kishilarga tavsiya qilinadigan tish pastalari o`z tarkibida 0,11% dan 0,16% gacha natriy ftor yoki 0,38% dan 1,14% gacha monoftorfosfat natriy tutadi. Bolalar uchun tish pastalaridagi ftor birikmalari miqdori 0,023% dan oshmasligi zarur. Tarkibida natriy ftor, kalsiy ftor va kremniy tutuvchi abrazivli tish tozalash pastalari kariyesga qarshi yuqori samarali xususiy fluoristat sistemasini tashkil qiluvchi vositalar hisoblanadi "Blendamed" va "Kolgeyt" tish pastalari shular qatoriga kiradi. Tish karashlarini hosil bo`lishiga qarshilik ko`rsatish, tish toshlari kristallarining o`sishini susaytirish maqsadida tish pastalari tarkibiga triklozan moddasi qo`shiladi. Triklozan bakteriyalarga qarshi (ayniqsa grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga) kuchli ta’sir ko`rsatib, ularning ko`payishini keskin susaytiradi. Bu ta’sirot tish tozalangandan so`ng 12 soatgacha davom etishi mumkin. Tish pastalari tarkibidagi ftor birikmasi so`lakda erishi natijasida erkin ftor moddasi ion shaklida tish emali tarkibiga singib kirib, emalni kislotali demineralizatsiya jarayoniga to`sqinlik qiladi. Ftor ioni emal tarkibida kislotalarda erimaydigan birikmalar hosil qilishda ishtirok etadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling