Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   261
Ftor saqlamaydigan kariyesga qarshi ta’sir etuvchi qator tish 
pastalari mavjudki, ular tarkibida tishning emal qobig`ini to`yintiruvchi 


365 
mineral tuzlar bo`ladi. Bunday tish pastalari o`zida kaliy fosfat, natriy 
fosfat, kalsiy va natriy glitserofosfat, kalsiy glyukonat, rux oksidi kabi 
minerallar tutadi. Bulardan tashqari shularga o`xshagan o`z tarkibida 
xitin, xitozan hosilalari tutuvchi pastalar ham mavjud. Xitin, xitozan 
hosilalari oqsillarga yaqin tuzilishga ega bo`lib, streptocuccus mutans, 
aktinomitsetlar 
kabi 
mikroorganizmlarni 
emal 
yuzasiga 
adsorbsiyalanishiga yo`l qo`ymayda va natijada tishlar yuzasida tish 
blyashkalari hosil bo`lishi sust kechadi. 
G.N.Paxomov va mualliflar (1973, 1978 yil) tomonidan tabiiy 
manba’lardan remineralizatsiya qilish xususiyatiga ega bo`lgan 
"Remodent" preparati ishlab chiqilgan. Shu preparat asosida 
"Remodent" tish pastasi ham ishlab chiqarilmoqda. Bu tish pastasi o`z 
tarkibida qator makro- va mikroelementlar saqlagan holda kariyesga 
qarshi yaxshi ta’sir etuvchi vosita hisoblanadi. Makro- va 
mikroelementlar dentin kanalchalarining kirish qismini tez to`ldirib tish 
sezgirligini pasaytiradi. 
Faqat tarkibida ftor saqlovchi va mineral tuzlar saqlovchi 
remineralizatsiya hususiyatiga ega pastalargina kariyesga qarshi 
profilaktika tadbirida qo`llanilmasdan bugungi kunda tarkibida, 
fermentlar saqlovchi pastalar turi ham paydo bo`la boshlagan. 
Fermentlardan hayvonlar va zamburug`, mikroblardan olinadigan 
pankreatin, lizotsim, tripsin, proteaza, amilaza, X-va B-glyukozidaza, 
mutanazalar ko`proqq tanlanadi. Mazkur fermentlar tish karashlar hosil 
bo`lishini 
oldini 
oladi. 
Tishlar 
yuzasiga 
adsorbsiyalanuvchi 
mikroorganizmlarni gidrolizlab parchalaydi. Bulardan bakteriyalar 
ishlab chiqargan fermentlar kuchli gidrolizlash kuchiga egadir. 
Fermentlardan-lipaza, amilaza, proteaza, lizotsim, glikozidazalar 
pastalar tarkibida ovqat qoldiqlari va tish karashlarini suvda eruvchi 
mayda molekulalargacha parchalaydi. Bulardan tashqari fermentlar 
kariyesogen mikroblar hosil qilgan polisaxaridlar, dekstranlarni shilliq 
va karashlarni parchalab, kislotalar hosil bo`lishini oldini oladi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling