Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Tarkibida shifobaxsh o`simlik moddalari saqlovchi tish pastalari
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarkibida shifobaxsh o`simlik moddalari saqlovchi tish pastalari
Mazkur pastalar modda almashinuvini jonlantiradi, yaxshilaydi, to`qimalar regeneratsiyasini kuchaytiradi, milklardan qon ketishini kamaytiradi, og`izdagi noxush hidlarni bartaraf etadi. Quyidagi guruxga kiruvchi tish pastalari bilan tanishamiz. “Lesnaya” tish pastasi o`z tarkibida 5% xvoy-karotin massasini saqlaydi. Unda xlorofidd, karotin, askorbin kislotasi, tokoferol, balzamli smola mavjuddir. Tarkibida shunday kompleks moddalarning borligi mazkur pastani milk to`qimasiga yaxshi ta’sir etib yallig`lanish jarayonlariga barxam berishni, og`izda noxush hidlarni yo`qotish, xushbo`y qilishni, milklardan qon oqishini bartaraf etishni va shilliq parda regeneratsiyasini ta’minlaydi. “Romashka” tish pastasi romashka va zveroboy singari shifobaxsh o`simliklarning suvli-spirtli ekstrakti bilan boyitilgan bo`lib, yallig`lanishga qarshi, antiseptik, yaxshi tozalovchi xususiyatlarga va yaxshi maza ta’mga egadir. Shu guruhga kiruvchi, bolalar uchun mo`ljallangan “Buratino” xam tarkibida romashka, mingyillik va qalampirmunchoq o`simliklarining ekstraktini saqlab, yallig`lanishka qarshi kuchli vosita sifatida milklar yallig`lanishida juda yaxshi samara beradi. Bolalar tish pastasi “Щelkunchik” kalendula ekstrakti asosida tayyorlanib, tarkibida karotin, likonin, efir moylari, organik kislotalar saqlaydi. Fitonsidlarga boy bo`lib, yallig`lanish jarayonlarida yuqori samara beradi. “Parodontax” nomli tish pastasi ham tabiiy o`simliklar asosida tayyorlangan. Ushbu tish yuvish pastasi milklardan qon oqishini oldini oladi, yallig`langan milklarga ijobiy ta’sir ko`rsatadi, bakteriyalarni ko`payishini to`xtatadi, uglevodlar parchalanishidan hosil bo`lgan organik kislotalarni neytrallash hususiyatiga ega. Milklarni mustahkamlaydi va yaxshi tozalash sifatiga egadir. Mazkur tish pastasi tarkibida yalpiz, mirt, shalfey, romashka, rataniya, bikarbonat natriy tutadi, bu esa parodont kasalliklarini profilaktikasi va davolash ishlarida samarali hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling