Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Tarkibida tuzlar saqlovchi tish pastalari


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   261
Tarkibida tuzlar saqlovchi tish pastalari 
Mazkur guruxga kiruvchi tish pastalarining tarkibiga har xil tuzlar 
va mineral komplekslar qo`shilib tayyorlanadi. Bunday tarkibli tish 
pastalari parodont va shilliq parda to`qimalarida qon aylanishini 
yaxshilaydi, modda almashinuvi jarayonlarini faollashtiradi, shishlarni 
yo`qotadi va ma’lum darajada og`riqsizlantiradi. Tuzlar shilimshiqlarni 
suyultiradi, tish karashlarini hosil bo`lishiga to`sqinlik qiladi, 
mikroblarni adgezivlik-yopishqoqlik xususiyatini yo`qotadi va koloniya 
hosil bo`lishiga yo`l qo`ymaydi.
Shu gurux pastalaridan “Balzam” tish yuvish pastasi o`z tarkibida 
shifobaxsh mineral tuzlar kompleks mikroelementlar saqlashi tufayli 
parodont to`qimasiga shifobaxsh ta’sir ko`rsatadi va yaxsht tozalovchi 
xususiyatga ega. 
“Yubileynaya” tish pastasi o`z tarkibida shifobaxsh Morshinsk 
mineral suvidan ajratilgan yuqori kaliyli konsentrat va sulfat-magniyli 
komponent saqlashi tufayli milk va shilliq parda qon aylanishiga ijobiy 
ta’sir qilib to`qimalar oziqlanishini yaxshilaydi. Yallig`lanishga qarshi 
yuqori samarali ta’sir ko`rsatib, yaxshi tozalovchi xususiyatga egadir. 
Fermentlar tutuvchi tish pastalari 
O`z tarkibida fermentlar saqlovchi tish pastalari tish yumshoq 
karashlarini, ovqat qoldiqlarini, nikotinli karashlarni yaxshi eritib 
tozalash xususiyatga ega bo`lgan shaxsiy gigiyena vositalaridan 
hisoblanadi. 
Bunday 
guruxga 
“Belo-rozovaya”, 
“Osobaya”, 
“Charodeyka” kabi tish pastalari kiradi. Ular o`z tarkibida proteolitik 
fermentlar, polivinil pirolidon kabi aktiv tozalovchi vositalar saqlaydi. 
Aynan ana shu fermentlar saqlovchi tish pastalarini parodont 
kasalliklarini o`tkirlashgan davrida tavsiya qilish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. 
Biologik aktiv moddalar tutuvchi tish pastalari 
Mazkur guruhga kiruvchi tish pastalari o`z tarkibida biologik aktiv 
qo`shimchalar, xususan vitamin “V”, pantotenat kaltsiy, boroglitserin 
tutib, yuqori darajada yallig`lanishga qarshi samara berib, to`qimaning 


370 
tiklanish 
regeneratsiyasini 
ta’minlaydi. Bulardan tashqari ular 
bakteriostatik, antiseptik, bakteritsid, fungostatik, fungitsid ta’sirga ega 
bo`lganligi bois, ushbu pastalarni stomatitlarda, kandidozlarda, glossit, 
xeylitlarda, parodont yallig`lanishlarida tavsiya qilish maqsadga 
muvofiqdir. 
“Prima”, “Boroglitserinovaya”, “Yagodka” tish yuvish pastalari shular 
jumlasidandir. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling