Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sensodin- K(klassik)
“Colodent Herb-F” tish yuvish pastalarini ham ishlab chiqaradi. Bu
tish pastalari o`z tarkibida shalfey, romashka (moychechak) kabi shifobaxsh o`simliklar ekstraktini saqlashi tufayli bakterostatik va yallig`lanishga qarshi samarali ta’sir ko`rsatadi. Asrlar davomida foydalanib kelinayotgan bu o`simliklar ajratmasi parodontit simptomlarini bartaraf qilib, milklardan qon oqishini to`xtatadi. Pastalar tarkibidagi ftor elementi emal tashqi qavatini mustahkamlab, tish emalini kariyesga nisbatan turg`unligini oshiradi. Mazkur tish pastalaridan 4 yoshdan boshlab foydalanish tavsiya qilinadi. Sensodyne – maxsus ishlab chiqilgan davolovchi – profilaktik tish yuvish pastasi bo`lib, insonlarda tishlar sezgirligi oshishi natijasida sodir bo`ladigan og`riqlar, noxush xollarni bartaraf qilishda yuqori samaradorlikka ega. Sensodin tish pastasining ikki xili ishlab chiqariladi: Sensodin- K(klassik) tarkibida xlorid stronsiy tutishi ochiq dentin kanalchalarini tezda to`ldirishi oqibatida tishlar sezgirligini tezda pasaytiradi. Sensodin-F(ftor), o`z tarkibida kaltsiy xlor tutganligi uchun tashqi ta’sirotlarni ichkariga pulpa to`qimasiga o`tkazmaydigan to`siq parda hosil qiladi. Ftor elementi tish emalini kariyesdan himoya qiladi. Har ikkala tish yuvish pastalarida davolovchi komponentlar borligi, ularni parodont to`qimasini yallig`lanish jarayonlaridan himoya qiladi. Sensodin tish pastalrini samaradorligini 30 yil mobaynida o`rganib, nazorat qilib kelinishi haqiqatan ham mazkur tish pastalari giperesteziya – tishlar sezgirligini bartaraf qilishda tengsiz pasta ekanligini butun dunyo stomatologlari e’tirof etib kelishmoqda. 1.9.3. Tish tozalash poroshoklari Tish tozalash poroshoklari yaqin o`tmishgacha keng qo`llaniladigan gigiyena vositasi sifatida foydalanilgan. Tish poroshoklarining asosiy 381 tozalovchi vositasi bo`lib, kimyoviy tozalangan cho`ktirilgan bo`r hisoblanadi. Unga hid, ta’m beruvchi moddalar qo`shilib poroshok tayyorlangan. Tish poroshoklari pastalarga nisbatan abrazivlik hususiyati kuchli bo`lib, tishlarni karashlardan yaxshi tozalaydi. Og`izdan noxush hidlarni yo`qotishi kuchsizrok. Kamchiliklaridan eng asosiysi tezda mikroblar bilan ifloslanishidir. Tish poroshoklari qutichalarda saqlanishi va ular tez-tez ochilab turishi ana shu kamchiliklarga imkoniyat yaratadi. Tish cho`tkalari tashqi muhitdan mikrob va bakteriyalarni olib kiradi, qutichalar ochilganda esa tashqi muhitdan mikroblar tushadi. Ularning to`kilib, sochilishi, safarda olib yurishda noqulayliklar tug`diradi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling