Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   261
Akvafresh tish tozalash pastasi Amerika va inglizlarning “Smith 
Kline Bucham” kompaniyasi mahsuloti bo`lib, bolalar va kattalar uchun 
oilaviy tish pastasi sifatida tavsiya qilinadi. 
Bu ko`p komponentli tish pastasi bo`lib, ajoyib tarkibga egadir. 
Mazkur pasta o`z tarkibida monoftorfosfat natriy, glitserofosfat kaltsiy, 
karbonat kaltsiy tutadi va faol farmakologik samaraga ega. U 
antibakterial, kariyesga qarshi, yaxshi ta’m va hidga ega. Bundan 
tashqari u o`zida ftor moddasini saqlaydi, bu esa tish emali sathida 
kislotalarda erimaydigan ftorapatitlarni hosil qiladi. Natriy karbonati Ph 
ko`rsatkichni ishqoriy muhitga burib turadi. 
Akvafresh tish yuvish pastasi og`izdagi noxush hidlarni 
mikroblarni o`ldirish orqali amalga oshiradi, bundan tashqari tish 
karashlarini hosil bo`lishini oldini oladi. Bunda glitserofosfat kaltsiy 
monoftorfosfat va laurilsulfat natriyni faollashtirib uning detergentlik 
xususiyatini oshiradi, yaxshi ko`pirishiga sabab bo`ladi. Akvafresh 
komponentlari tish emalining kristal hosil qiluvchi chambaraklarini 
mustahkamlaydi, emalning kariyesga nisbatan turg`unligini oshiradi. 
Akvafresh pastasi uch xil rangli pastalardan tashkil topadi va bu 
xususiyat tyubiklarda ham aralashib ketmaydi. Tyubik siqilganda tish 
cho`tkasiga oq, qizil va ko`k rangli pasta ajralib chiqadi va estetik zavq 
bag`ishlaydi. Mazkur kompaniyaning ikki xil tish pastasi bilan 
tanishamiz. 
Akvafresh Whitening – U o`zida noyob triklin komponentini 
saqlaydi, tishlarni har xil dog`lardan tozalab oqartirish xususiyatiga ega. 
Boshqa oqartiruvchi vositalardan farqli o`laroq bu tish pastasidan har 
kuni foydalansa bo`ladi. 
Whitening tish pastasi uch xil (oq, qizil, ko`k) ingrediyentdan 
tashkil topgan va ulardan har biri maxsus vazifani bajaradi: 
- oq qismi – tishlarni kariyesdan himoya qiladi 
- qizil massa – tishlarni karashlardan tozalaydi 


376 
- ko`k yoki yashil massa – og`izga xushbo`y hid va yaxshi 
ta’m beradi. 
Mazkur tish tozalash pastasi muntazam ravishda foydalanilganda 
tish toshlarini ham eritib yo`qotish xususiyatiga ega. 
“Maklinz” tish pastasi ham “Stmith Kline Beecham” 
kompaniyasining yangi mahsuloti bo`lib kariyes profilaktikasi va 
davolash ishlarida yuqori samaraga egadir. Kariyes profilaktikasini pasta 
tarkibiga kiruvchi to`rt komponent – natriy monoftorfosfat, glitserofosfat 
va karbonat kaltsiy, hamda mikroblarga qarshi ta’sir etuvchi triklezanlar 
ta’minlashadi. Pasta tarkibiga 0,25% triklozan kiritilishi uni mikroblarga 
qarshi xususiyatini oshirib, tish karashlarini keskin kamaytirishga olib 
keladi.
Ikkinchi komponenti – karbonat kaltsiy bo`lib u ikki xil vazifani 
bajaradi: birinchidan ishqoriy muhit hosil qilib bakteriyalar hosil qilgan 
va 
ovqat 
tarkibidagi 
kislotalarni 
neytrallaydi; 
ikkinchidan 
demineralizatsiya sohalarida chiqib ketgan, yuvilib ketgan kaltsiyning 
o`rnini to`ldiradi. 
“Maklinz” tish pastasi har kun ikki marta ishlatilganda: 
- tishlarni karashlaridan tozalaydi – bu bilan gingivit va 
kariyesni oldini oladi 
- og`izni tozalab yaxshi ta’m va hid beradi. 
Tish pastalarini ishlab chiqaruvchi keksa avlod kompaniyalaridan 
biri, bugungi kunda og`iz bo`shlig`i gigiyenasi vositalarini ishlab 
chiqishda dunyoda salmoqli o`rin tutuvchi kompaniya “Colgate 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling