Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   261
Ftorlakni qoplash usuli. Ftorli lakni tishlar yuzasiga surishdan 
oldin tishlar qatori tish cho`tkasi va pastasi yordamida yaxshilab 
tozalanadi, paxta tamponlar yordamida quritiladi va tish yuzasiga 
maxsus cho`tkachalar yordamida yupka qilib lak yotqiziladi. Lak tez 
qotishi uchun iliq havo oqimidan foydalanish mumkin. Ftorlak 4-5 
minut ichida qotadi. Bemorga 12-24 soat ichida suyuq ovqat ichish, 
qattiq narsalarni iste’mol qilmaslik, tishlarni tozalamaslik buyuriladi. 
Ftorli laklar kariyes jadalligini o`sishini 50% ga pasaytiradi. 
Bugungi kunda shunga o`xshash laklarni VOKO firmasi ishlab 
chiqaradi. Mazkur firma preparatlaridan Fluoridin Gel-N5 (Fluoridin 
Gel N5) tarkibida 5% natriy ftor tutadi. VOKO firmasi sintetik smolalar 
asosida hosil qilingan, tarkibida 5% ftorid natriy, 6% ftorid kalsiy 
saklaydigan "Bifluorid-12" lakini tavsiya etadi. 
"Bifluorid-12" tishlarga qoplanganda uning smolali asosi tish sathida 
bir necha kun turadigan plyonka hosil qiladi. So`lak ta’sirida erigan ftor 
ionlari plyonkadan ajralib emal qavatga, singib boradi. Mazkur lak 
tishlarning ildiz qismi ochilib kolganda yoki travma oqibatida emal 
ko`chib tushgan joylarga surtilganda tish sezgirligi keskin pasayganligi 
aniqlangan. 
Bunda ftoridlar dentin kanalchalarini to`ldirib mineralizatsiyani 
kuchaytiradi. 
VOKO firmasida "Bifluorid-12" asosida bolalarda kariyes 
profilaktikasida ishlatiladigan rangli indikatorli - "Fluoridin" (Fluoridin) 
laki ishlab chiqilgan. "Fluoridin" va "Bifluorid-12" laklari maxsus 
texnologiya 
asosida 
tayyorlangan 
bo`lib, 
tarkibidagi 
ftoridlar 
zarrachalarini bir tekisda tarqalishini ta’minlaydi. Tishga surilganda 
hosil bo`lgan lakli plyonka uzoq muddat kalsiy ftoridning deposi sifatida 
o`zidan ftor va kalsiy ionlarini ajratib turadi. Bu esa gidroksilapatitni 
ftorapatitga aylanib turishini ta’minlaydi. 
O`tkazilgan tajribalar, tekshirishlar natijasi "Fluoridin" va 
"Bifluorid-12" laklarining xususiyatlari to`g`risida quyidagi xulosani 
berdi: 
- Tishlar kariyesi profilaktikasi maqsadida va sezgirligi oshganda 
samarali ta’sir ko`rsatadi. 


395 
- Ftoridlar tish qattiq to`qimalariga chuqur singib kirib, kalsiy ftorid 
deposini hosil qiladi. 
- Foydalanish uchun qulay. 
Ma’lumki tishlar chiqqanidan so`ng ularning ohaklanib yetilishi, 
dentin, emal mineralizatsiyasi uzoq muddat (18-19 yoshgacha) davom 
etadi. Shuning uchun bog`cha yoshidan tortib kariyes profilaktikasi-
maqsadida ftor tutuvchi vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling