Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


MUSTAQIL O`RGANISH UCHUN TEST SAVOLLARI


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   261
MUSTAQIL O`RGANISH UCHUN TEST SAVOLLARI 
STOMATOLOGIK KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI VA 
KARIYES KASALLIKLARI 
1. Kariyes kasalligini oldini olishda: 
a. birlamchi 
b. ikkilamchi 
v. uchlamchi 
g.qko`shimcha profilaktika tadbirlarini amalga oshirmoq muhim 
hisoblanadi. 
2. Quyidagilardan kaysi biri o`z tarkibida ko`proq mikroorganizmlar 
tutadi? 
a. tish blyashklari 
b. tish toshlari 
v. tish pellikulasi 
g. oq karashlar 
d. Ovqat qoldiqlari 
3. Eng ko`p ovqat qoldiqlari yopishib, tiqilib qoluvchi joy bo`lib sut 
tishlarining: 
a. aproksimal-kontakt yuzasi 
b. chaynov yuzasi 
v. tish bo`yni sohasi 
g. kesuvchi yuzalar 
d. tanglay yuzasi hisoblanadi. 
4. G. S. Chuchmay taklifiga binoan kariyes profilaktikasi maqsadida 
xomilador ayollarga 0,2% li ftorid natriy eritmasi homiladorlikning 
qaysi haftasida beriladi? 
a. 32 chi haftasidan boshlab 
b. 16 chi haftasidan boshlab 
v. 1 chi haftasidan boshlab 
g. 25 chi haftasidan boshlab 
d. 35 chi haftasidan boshlab beriladi. 


408 
5. Quyidagi moddalardan qaysi biri tish pastalarining asosini tashkil 
qiladi? 
a. abraziv mahsulotlari 
b. detergentlar 
v. suyultiruvchilar 
g. bog`lovchilar (qovushtiruvchilar) 
d. bo`yoqlar 
6. Quyidagi moddalardan qaysi biri abrazivlik (emirilish) xususiyatiga 
ega ekanligini ko`rsating. 
a. dikaltsiy fosfat 
b. kraxmal 
v. sovun 
g. antiseptiklar 
d. glitserin 
7. Tish pastalarini tayyorlashda ko`pik hosil qiluvchi modda sifatida 
quyidagilardan qaysi biri ishlatiladi? 
a. laurisulfat natriy 
b. quyuq sharbatlar 
v. bo`yoqlar 
g. glitserin 
d. kraxmal 
8. Pastalar tayyorlashda glitserindan: 
a. qovushtiruvchi modda sifatida 
b. detergent sifatida 
v. suyultiruvchi sifatida 
g. abraziv modda sifatida 
d. yaxshi hid taratuvchi sifatida foydalaniladi. 
9. Tish emalida demineralizatsiya jarayonini chuqurlantiruvchi 
sabablardan biri bo`lib: 
a. mikroblarning ko`p miqdorda mavjudligi 


409 
b. lab, til tizginchalarining kaltaligi 
v. og`iz daxlizining kichikligi 
g. so`lakning ko`p ajralishi 
d. so`lakning rN ko`rsatkichining oshishi hisoblanadi. 
10. Sut tishlarida kariyes jarayonining tez kechishi quyidagi 
sababalarning qaysi biri bilan ko`proq bog`liqdir? 
a. tish qattiq to`qimalarining ohaklanish darajasi 
b. tishlarning anatomik tuzilishiga 
v. tish pulpasining o`ziga xos tuzilishiga 
g. tish qattiq to`qimalarining qalinligiga 
d. sut tishlarining rangiga 
11. Kariyes jarayoning boshlanish davrini aniqlash uchun quyidagi 
usullardan biri qo`llaniladi: 
a. vital usulda emalni bo`yash 
b. RMA indeksini aniqlash 
v. GI an6iklash 
g. KPO ko`rsatkichini aniqlash 
d. Shiller-Pisarev usulidan foydalanish. 
12.O`choqli demineralizatsiya jarayonini aniqlashda quyidagi usullardan 
biri ko`llanmaydi: 
a. Shiller-Pisarev usuli 
b. vital bo`yash usuli 
v. ko`rik usuli 
g. lyuminestent diagnostika usuli 
d. Memadov bo`yicha impregnatsiya usuli 
13. Kariyes jarayonidak xastalangan yuza kariyesli tishni klinik tish 
formulasida quyidagi harflardan biri orqali ifodalaymiz: 
a. S 
b. K 
v. R 


410 
g. RT 
d. O. 
14. Kariyes jadalligining o`rtacha ko`rsatkichi formulalardan biri bilan 
aniqlanadi: 
a. KPO+kp ko`rsatkichlarning umumiy yig`indisi/tekshirilganlar soni; 
b. tekshirilgan kishilardan kariyesi borlar soni/tekshirilganlar soni; 
v. YE har bir tish uchun bolalar yig`indisi/tishlar soni; 
g. bolalar yig`indisi/6; 
15. Bolalar og`iz bo`shlig`i gigiyenasi qoidalariga o`rgatish: 
a. 2 yoshdan 
b. 3,5 yoshdan 
v. 5 yoshdan 
g. 6 yoshdan 
d. 10 yoshdan boshlanadi. 
16. Maktab shifokor-stomatologi quyida bayon qilingan qaysi bir ishni 
amalga oshira olmaydi? 
a. ichimlik suvini ftorlash 
b. sanitariya oqartuv ishlarini 
v. og`iz bo`shlig`i gigiyenasi 
g. malakali gigiyena 
d. rem.terapiya 
17. Stomatologiya sohasida asosiy tekshiruv usuli bo`lib: 
a. bemorlardan so`rab bilish 
b. RMA indeksini aniqlash 
v. tishlarni rentgen holatini aniqlash 
g. GI aniqlash 
d. KPO indeksini aniqlash. 
18. Quyidagilardan qaysi biri ko`shimcha stomatologik klinik tekshiruv 
usuli hisoblanmaydi: 


411 
a. og`iz bo`shlig`ini ko`rikdan o`tkazish 
b. so`lak tarkibida mineral tuzlar miqdorini aniqlash 
v. kariyesning lyuminetsent tashxisi 
g. emalning kislotaga turg`unligini aniqlash 
d. so`lakning rN darajasini aniqlash 
19. Organizmning allergik holatini tekshirib ko`rish uchun quyidagi: 
a. Gistamin reaksiyasi 
b. Mantu reaksiyasi 
v. Voldir reaksiyasi 
g. Pirke reaksiyasi 
d. Shiller-Pisarev reaksiyasini amalga oshiriladi. 
20. Sut tishlari bolalarda: 
a. 2,5 yoshda 
b. 1,5 yoshda 
v. 2 yoshda 
g. 1 yoshda 
d. 5 yoshda to`liq chiqib bo`ladi. 
21. 1 yashar bolaning og`zida: 
a. 8 ta 
b. 6 ta 
v. 2 ta 
g. 10 ta 
d. 12 ta tish chiqqan bo`ladi 
22. Bolalar og`iz bo`shlig`ida birinchi doimiy tish: 
a. 6 yoshda 
b. 7 yoshda 
v. 9 yoshda 
g. 8 yoshda 
d. 4 yoshda chiqadi 


412 
23. Sut tishlarini emal qobig`i o`z taraqqiyoti paytida: 
a. epiteliy to`qimasidan 
b. mezenximadan 
v. mushak to`qimasidan 
g. qo`shuvchi to`qimadan 
d. suyak to`qimasidan rivoj topadi. 
24. Sut tishlari JSST bo`yicha quyidagi tish formulasi bilan ifodalanadi: 
a. 55 54 53 52 51 
b. 15 14 13 12 11 
v. V IV III II I 
g. 5 4 3 2 1 
d. 3 2 1 2 
25. Kariyes kasalligi sut tishlarida: 
a. emalni, dentinni, sementni jarohatlaydi 
b. faqat dentinni jarohatlaydi 
v. faqat sementni jarohatlaydi 
g. faqat emalni jarohatlaydi 
d. faqat pulpani jarohatlaydi 
26. Kariyes jarayonining rivojlanishida boshlanish davri bo`lib emal 
to`qimasida: 
a. o`choqli demineralizatsiya yuzaga kelishi 
b. gipermineralizatsiya sodir bo`lishi 
v. shtrixli dog`lar paydo bo`lishi 
g. jigarrang dog` hosil bo`lishi 
d. yuza kariyes paydo bo`lishi hisoblanadi. 
27. Sut tishlarining kariyesda o`ziga xos xususiyatlari bo`lib 
jarayonning: 
a. tishning yuza sathi bo`ylab keng tarqalishi 
b. ko`proq tish daxliz sathidan rivojlanishi 
v. emal, dentin qavatlarga chuqur kirib borishi 


413 
g. faqatgina tish fissuralarida uchrashi 
d. faqatgina tish bo`yin qismida uchrashi hisoblanadi. 
28. Sut tishlari kariyesda doimiy tishlardan farqli o`larok kariyes kavagi 
ko`pchilik hollarda tishlarning: 
a. aproksimal-kontakt sathida 
b. daxliz yuzasida 
v. lab yuzasida 
g. chaynov yuzasida 
d. tanglay sathida uchraydi. 
29. O`rta kariyesda kariyes kovagi tishning kontakt sathida joylashsa 
og`riqka shikoyat asosan: 
a. shirinlikdan 
b. sovuq ta’sirotdan 
v. issiq ta’sirotdan 
g. so`lak ta’siridan 
d. mexanik ta’sirotdan paydo bo`ladi. 
30. O`rta kariyes kovagi sut tishlarida ajratuvchi tagliksiz: 
a. fosfat sement bilan 
b. silitsin sement bilan 
v. silidont sement bilan 
g. kompozit materiallar bilan 
d. vitakril sementi bilan plombalansa bo`ladi. 
31. Sut tishlarining o`rta kariyesi quyidagi xastaliklardan qaysi biri bilan 
qiyosiy tashxis qilinadi? 
a. surunkali periodontit 
b. yuza kariyes 
v. gipoplaziya 
g. flyuoroz 
d. surunkali gipertrofik pulpit 


414 
32. Yuza sath bo`ylab keng tarqalgan sut tishlarining yuza kariyesini 
davolashda quyidagi qaysi bir usul maqsadga muvofiqroq hisoblanadi? 
a. kumush nitrat tuzi eritmasi bilan qoplash 
b. charxlab plombalash 
v. silliqlab tekislash 
g. ftorlak surtish 
d. applikatsiya usulida remineralizatsiyalash, charxlab kumush bilan 
impregnaziyalash 
33. Kariyes jarayonining boshlang`ich davrida emalini quyidagi 
keltirilgan qaysi bir eritma bilan ishlov berish (applikatsiya) foyda 
keltiradi? 
a. natriy ftor eritmasining 2% li eritmasi 
b. furatsillin eritmasi 
v. natriy bikorbonatning 2% li eritmasi 
g. 3% li vodorod peroksidi 
d. Shiller-Pisarev eritmasi 
34. Davolovchi asosga ega bo`lgan malxam pastalar uchun quyidagi 
xususiyat mavjuddir: 
a. odontoblast hujayralarning faoliyatini oshiruvchi 
b. odontoblast hujayralarning faoliyatini susaytiruvchi 
v. adgezivli xususiyati 
g. og`riqsizlantiruvchi xususiyati 
d. erituvchilik xususiyati. 
35. Tish-jag` a’zolarining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko`rsatuvchi 
sabablardan biri: 
a. suyak to`qimasining mineral tuzlarga to`yinmasligi 
b. muvofiqlashgan parxezli ovqatlanish 
v. oqsilli mahsulotlarni ko`plab qabul qilish 
g. sog`lom turmush tarzi 
d. og`iz bo`shlig`i gigiyenasi 


415 
36. Homiladorlik davrida tishlar emal qavatining kariyesga nisbatan 
turg`unligini pasaytiruvchi umumiy sabab: 
a. homiladorlikning ikkinchi yarmida sodir bo`ladigan toksikozlar 
b. homiladorlikning birinchi davrini me’yordan o`tishi 
v. og`iz bo`shlig`i gigiyenasining muntazamligi 
g. onaning muvofiqlashgan ovqatlanishi 
d. bola tug`ilayotgan paytidagi qiyinchiliklar 
37. Quyidagi hollardan qaysi birida kariyesga qarshi endogen 
profilaktika tadbiri qo`llaniladi? 
a. o`choqli demineralizatsiya 
b. flyuoroz 
v. gipoplaziya 
g. yuza kariyes 
d. tishlarning siyqalanishi 
38. Quyidagi bayon qilingan qaysi bir tadbir kariyesga qarshi endogen 
profilaktika usuli bo`lib hisoblanadi? 
a. ichimlik suvini ftorlash 
b. tishlarni «ftorlak» bilan koplash 
v. tishlarni cho`kma va karashlardan tozalash 
g. og`iz bo`shlig`i gigiyenasi 
d.emal remineralizatsiyasi (applikatsiya usulida) 
39. Sut tishlarida kariyes jarayonining o`tkir tarzda kechishi ko`pchilik 
hollarda kariyesning quyidagi shakllaridan biriga mos keladi: 
a. dekompensatsiya shakli 
b. subkompensatsiya shakli 
v. kompensatsiya shakli 
g. asoratsiz shakli 
d. dog`li shakli 
40. O`rta kariyesda sut tishlarida og`riqqa shikoyat ko`pchilik hollarda: 
a. nordondan 


416 
b. issiqdan 
v. sovuqdan 
g. sababsiz 
d. mexanik chaynovdan sodir bo`ladi. 
41. O`rta kariyes bilan jarohatlangan tishni mahalliy ko`rikdan 
o`tkazishda quyidagi xolning shoxidi bo`lamiz: 
a. emal va dentin qavatlari bo`ylab kovak mavjudligini 
b. emal sathining notekisligi 
v. emal qavatida shikastlanish borligini 
g. emal sathida oq dog`lar mavjudligini 
d. chuqur kariyes kavagi, kovak tubida yupka dentin qatlami borligini 
ko`ramiz. 
42. Kariyesning dog`li davrida umumiy davo profilaktika maqsadida 
bemorga ichish uchun: 
a. kaltsiy, ftor, fosfat saqlovchi 
b. vitaminlardan iborat 
v. antibiotiklar tutuvchi 
g. sulfanilamindlar tutuvchi 
d. uglevodli va oqsilli preparatlar tavsiya etiladi. 
43. Chuqur kariyesning davolashda malxam qatlam sifatida: 
a. kaltsiy gidrooksid saqlovchi pasta 
b. rezorsin-formalinli pasta 
v. paraform saqlovchi pasta 
g. kamfora-fenolli pasta 
d. dentin saqlovchi pasta ishlatish maqsadga muvofiqdir. 
Pulpit 
1. Tish yumshoq to`qimasining yallig`lanishi: 
a. pulpit 
b. gingivit 


417 
v. stomatit 
g. periodontit 
d. parodontit deb ataladi. 
2. O`tkir umumiy-diffuz pulpitda: 
a. butun tish pulpasi 
b. toj pulpasi 
v. ildiz pulpasi 
g. tish periodontiti 
d. tish pulpasining shox qismi yallig`lanadi. 
3. O`tkir o`choqli pulpitda og`riq harakteriga ko`ra quyidagicha kechishi 
mumkin: 
a. xurujli, o`zoq muddatli og`riqsiz davrlar bilan 
b. pastki va yuqori jag`lar bo`yicha, quloqqa berib tarqaluvchi 
v. uzuk-yuluq, qisqka muddatli og`riqsiz davrlar bilan 
g. muttasil ravishda to`xtovisiz 
d. faqat ovqat chaynagan paytda xuruj qilishi mumkin. 
4. O`tkir o`choqli pulpit quyidagi bayon qilingan qaysi bir kasallik bilan 
kiyosiy tashxis qilinadi? 
a. chuqur kariyes 
b. o`rta kariyes 
v. gangrenoz pulpit 
g. o`tkir cho`qqi periodontiti 
d. surunkali pklpitning qaytalanib o`tkirlashuvi. 
5. Sut tishlarida kechadigan o`tkir o`choqli pulpitda bolalarda quyidagi 
qaysi bir holatni qayd etish mumkin: 
a. umumiy ahvolni o`zgarmaganligi 
b. tana harorati ko`tarilishi 
v. so`lak oqishining kuchayishi 
g. umumiy ahvol keskin o`zgaradi 
d. kuchli bosh og`rig`i 


418 
6. O`tkir o`choqli pulpitda quyida bayon qilingan qaysi bir kasallik bilan 
qiyosiy tashxis qilinadi: 
a. chuqur kariyes 
b. o`rta kariyes 
v. gangrenoz pulpit 
g. o`tkir cho`qqi periodontiti 
d. surunkali pulpitning kaytalanib o`tkirlashuvi. 
7. Sut tishlarining umumiy o`tkir diffuz pulpiti uchun: 
a. perkussiyada og`riq sodir bo`lishi 
b. zond yuritilganda kariyes kavagining tubida bir nuktada og`riq 
v. tishning rangini o`zgarishi 
g. kariyes kavagida konab turgan nukta 
d. kariyes kavagida konab turuvchi pulpa to`qimasining borligi o`ziga 
xosxususiyat bo`lib hisoblanadi. 
8. Sut tishlarida kechadigan umumiy o`tkir diffuz pulpitda og`riq: 
a. sababsiz paydo bo`ladi 
b. nordon mahsulotlar ta’sirida 
v. shirinliklar ta’sirida 
g. mexanik ta’sirotdan 
d. temperatura ta’siridan sodir bo`ladi. 
9. Sut tishlarining umumiy o`tkir diffuz pulpitida bolaning umumiy 
ahvolini yomonlashuviga: 
a. og`riq sidromi 
b. ishtaxasining yomnlashuvi 
v. haroratining ko`tarilishi 
g. ko`rkuv xissi 
d. umumiy zaharlanish sabab bo`ladi. 
10. Sut tishlarida odatda ko`proq hollarda: 
a. surunkali gangrenoz pulpit 


419 
b. surunkali gipertrofik pulpit 
v. surunkali fibroz pulpit 
g. o`tkirlashgan surunkali pulpit 
d. o`tkir o`choqli pulpit aniqlanadi. 
11. Ildizi shakllangan bir ildizli sut tishlarini davolash uchun quyidagi 
usullardan qaysi birini tanlash to`g`riroq bo`ladi: 
a. vital amputatsiya usuli 
b. biologik usul 
v. chuqur amputatsiya usuli 
g. ekstirpatsiya usuli 
d. devital amputatsiya usuli 
12. Toj pulpasining vital amputatsiyasidan keyin ildiz kanallariga kirish 
sohasida: 
a. rezorsin formalinli tompon 
b. paroformli pasta 
v. kaltsinli pasta 
g. rezorsin formalinli pasta 
d. suvli dentin pasta qoldiriladi. 
13. Devital amputatsiyadan keyin doimiy plomba sifatida sut tishlari 
uchun quyidagi to`ldirgichlardan qaysi birini tanlash maqsadga 
muvofiqdir: 
a. amalgamli plomba 
b. kumush saqlovchi fosfat sement 
v. karboksilatli sement 
g. fosfat sement 
d. archil sement. 
14.Sut tishlarini pulpitini ekstirpatsiya usulida davolash paytida ildiz 
kanallari: 
a. intradent 
b. endodont 


420 
v. evgenolli pasta 
g. fosfat sement 
d. korboksilat sement bilan to`ldiriladi. 
15.Yosh 
bolalarda 
umumiy 
o`tkir 
diffuz 
pulpitni 
qaytalanib 
o`tkirlashgan surunkali periodontitidan qiyoslab farqlashda asosiy belgi 
bo`lib: 
a. ovqat chaynashda og`riq paydo bo`lishi 
b. tish atrofi to`qimasining qizarib shishishi 
v. limfa tugunlarining kattalashuvi 
g. zond yuritilganda tishda kuchli og`riq paydo bo`lishi 
d. tana haroratining ko`tarilishi hisoblanadi. 
16.O`tkir umumiy (diffuz) pulpitda o`z-o`zidan paydo bo`ladigan og`riq 
quyidagi sababga ko`ra vujudga keladi: 
a. mikroblan va ularning toksinini nerv tolasiga ta’siridan 
b. mexanik ta’sirotlar ta’siridan 
v. issiq-sovuq ta’siridan 
g. ovqat chaynash natijasida 
d. nordon mahsulotlar ta’siridan. 
17.O`tkir umumiy (diffuz) pulpit uchun: 
a. og`riq irradiatsiyasi 
b. kuchayib boruvchi og`riq 
v. sababli og`riq 
g. uzluksiz simmillovchi og`riq
d. mahalliy og`riq xususiy xol bo`lib hisoblanadi. 
18.O`tkir umumiy (diffuz) pulpitni o`tkir o`choqli pulpitdan farqlashda 
asosiy belgi bo`lib quyidagilardan qaysi biri hisoblanadi? 
a. tishda kariyes kovagining mavjudligi 
b. kariyes kavagining chuqurligi 
v. kovak tubida zond yuritilganda og`riq paydo bo`lishi 
g. perkussiyada tishda og`riq paydo bo`lishi 
d. tish rangining o`zgarishi. 


421 
19.Sut tishlarining surunkali fibroz pulpitida: 
a. sababsiz paydo bo`luvchi 
b. uzluksiz simillovchi 
v. tarqaluvchi 
g. ovqat chaynash paytida sodir bo`ladigan 
d. og`riqning bo`lmasligi xususiy holdir. 
20.Surunkali fibroz pulpitni chuqur kariyesdan farqlaydigan asosiy xol 
bo`lib: 
a. ovqat chaynash vaqtida og`riq 
b. zond yuritilganda og`riq 
v. kariyes kavagi tubida dentinning yumshoqligi 
g. rentgen tasvirdagi o`zgarish 
d. issiq-sovuqdan og`riq paydo bo`lishi hisoblanadi. 
21.Surunkali gipertrofik pulpitni surunkali granulyatsiyalanuvchi 
periodontitdan farq qilishda quyidagi tekshirish usullaridan qaysi biri 
ko`l keladi? 
a. perkussiya 
b. zond yuritilib 
v. termodiagnostika usuli 
g. rentgenografiya usuli 
d. tishni ko`zdan kechirish 
22.Surunkali gipertrofik pulpitda: 
a. o`z-o`zidan paydo bo`luvchi og`riqka 
b. issiq-sovuq ta’sirotidan 
v. mexanik ta’sirotlardan 
g. shirin, nordon ta’sirotlaridan 
d. ovqat chaynashda tish qonashiga shikoyat qilishmaydi. 
23.Kariyes kovagida qizarib, qonab turuvchi pulpani biz: 
a. surunkali proliferativ pulpitda 
b. surunkali gangrenoz pulpitda 


422 
v. o`tkir umumiy (diffuz) pulpitda 
g. o`tkir o`choqli pulpitda 
d. surunkali granulyatsiyalanuvchi periodontitda ko`rishimiz mumkin. 
24.Surunkali gangrenoz pulpitda og`riq odatda: 
a. shirinlik ta’siridan 
b. mexanik ta’sirdan 
v. sovuqdan 
g. issiq ta’siridan 
d. ovqat chaynash paytida yuzaga keladi. 
25.Sut tishlarining o`tkir o`choqli pulpitida og`riq: 
a. qiska muddatli 
b. uzluksiz davom etuvchi 
v. kuchayib boruvchi 
g. ma’lum sabab asosida paydo bo`luvchi 
d. lo`qillovchi bo`ladi. 
26.O`tkir o`choqli pulpitda: 
a. toj pulpasining shox qismi 
b. ildiz pulpasi 
v. butun toj pulpasi 
g. butun tish pulpasi 
d. periodont yallig`lanadi. 
27.O`tkir umumiy (diffuz) pulpitda: 
a. tish pulpasining shox qismi 
b. toj pulpasi 
v. ildiz pulpasi 
g. tish periodonti 
d. butun tish pulpasi yallig`lanadi. 
28.O`tkir o`choqli pulpitda og`riq og`riq harakteriga ko`ra quyidagicha 
kechishi mumkin: 


423 
a. mutassil ravishda-to`xtovsiz 
b. pastki va yuqori jag`lar bo`yicha, quloqqa berilib tarqaluvchi 
v. uzuk-yuluq, qisqa muddatli og`riqsiz davrlar bilan 
g. xurujli, uzoq muddatli og`riqsiz davrlar bilan 
d. og`riq bo`lmaydi. 
29.Keltirib chiqaruvchi sabablarga ko`ra quyida qayd etilgan qaysi bir 
pulpit tabiatan uchramaydi ? 
a. limfogen pulpit 
b. gemotogen pulpit 
v. travmatik pulpit 
g. mikrobli (infeksion) pulpit 
d. toksik pulpit 
30.Surunkali gipertrofik pulpitni: 
a. surunkali granulyatsiyalanuvchi periodontit bilan 
b. o`tkir diffuz pulpit bilan 
v. o`rta kariyes bilan 
g. surunkali fibroz pulpit bilan 
d. chuqur kariyes bilan qiyosiy tashxis qilinadi. 
31.Quyidagi tish kasalliklarning o`ziga mos keladigan klinik belgilarini 
aniqlang: 
a. o`tkir umumiy (diffuz) pulpit 
b. o`rta kariyes 
v. gangrenoz pulpit 
g. gipertrofik pulpit 
d. surunkali fibroz periodontit 
a. ko`lansa sassiq hid 
b. shirinlik ta’sirida og`riq 
v. qizargan, qonab turgan pulpa 
g. tish atrof to`qimasining qizarib shishinqirashi 


424 
32.Quyidagi sut tishi kasalliklariga mos keladigan davo choralarini 
toping: 
a. kariyesning dog`li davri 
b. o`tkir o`choqli pulpit 
v. surunkali fibroz pulpit 
g. o`tkir yiringli diffuz pulpit 
d. chuqur kariyes 
e. Travmatik pulpit 
a. davolovchi malham pastalar qo`yish 
b. toj pulpasini amputatsiya qilish 
v. pulpa ekstirpatsiyasi 
g. remineralizatsiya muolajasi 
d. konservativ davo 
33.Tish pulpasining devital amputatsiyasi quyidagi yo`l orqali amalga 
oshiriladi: 
a. o`tkazuvchi og`riqsizlantirish yordamida 
b. applikatsion og`riqsizlantirish bilan 
v. infiltratsion og`riqsizlantirish bilan 
g. pulpa bo`shlig`iga anestetik eritma yuborib 
d. margimushli pastadan foydalanib 
34.Bir ildizli sut tishlar periodontitining qaysi bir turi bemorning 
birinchi qatnovida to`liq davolanishi mumkin: 
a. surunkali yiring yo`li mavjud granulyatsiyalanuvchi periodontit 
b. surunkali fibroz periodontit 
v. o`tkir serrozli periodontit 
g. surunkali granulematoz periodontit 
d. o`tkir marginal periodontt 
35.Sut tishlarida periodontit xastaligining quyidagi turlaridane qaysi biri 
ko`proq uchraydi: 
a. o`tkir periodontit 
b. surunkali granulematoz periodontit 


425 
v. surunkali granulyatsiyalanuvchi periodontit 
g. surunkali fibroz peridontit 
d. o`tkir marginal periodontit. 
36.Ko`p ildizli tishlarda uchraydigan yallig`lanishning qaysi bir turida 
tish bo`shlig`ining tub devori yemirilib teshiladi: 
a. o`tkir yiringli periodontitda 
b. surunkali fibroz periodontitda 
v. surunkali granulyatsiyalanuvchi periodontitda 
g. surunkali proliferativ pulpitda 
d. surunkali gangrenoz pulpitda. 
37.Quyidagi kasalliklarning har biriga mos keladigan klinik belgilarini 
aniqlang: 
a. I Surunkali granulematoz periodontit 
b. surunkali granulyatsiyalanuvchi periodontit 
v. surunkali gangrenoz pulpit 
g. surunkali gipertrofik pulpit 
d. o`tkirlashgan surunkali periodontit 
a. o`tkir kuchayuvchi og`riq 
b. yiring yo`li mavjudligi 
v. o`tuvchi burmada kam og`riqli kattaroq shish 
g. qizarib qonab turuvchi pulpa to`qimasi 
38.Periodontit kasalligi bevosita: 
a. pulpitning 
b. chuqur kariyesning 
v. o`rta kariyesning 
g. yuza kariyesning
d. gingivitning asorati bo`lib hisoblanadi. 
39.Tish pulpitining bevosita asorati bo`lib: 
a. infeksion periodontit 
b. toksik (medikamentoz) periodontit 


426 
v. travmatik periodontit 
g. gematogen periodontit 
d. marginal periodontit hisoblanadi. 
40.O`tkir cho`qqi periodontit uchun 
a. sababli, xurujli og`riq 
b. sababsiz, muntazam (uzluksiz) og`riq 
v. sababli-simillovchi og`riq 
g. sababli- kechki og`riqlar harakterlidir. 
41.O`tkir cho`qqi periodontitda sodir bo`ladigan, kuchayib boruvchi 
og`riqni yuzaga keltirishda: 
a. ekssudat ajralishining kuchayishi 
b. toksinlar miqdorining oshishi 
v. mikroblarning ko`payishi 
g. periodont to`qimasining nekrozi (o`lishi) bosh omil hisoblanadi. 
42.O`tkir medikamentoz (mishyakli) periodontitda antidot sifatida: 
a. 5% li yod eritmasi 
b. rezorsin suyuqligi 
v. 2% li xloramin 
g. 10% li formalin 
d. 0,1% li xlorgeksidin eritmasi ishlatiladi. 
43.O`tkir cho`qqi periodontitda rentgen tasvirida quyidagi hollardan 
birini ko`ramiz. 
a. cho`qqi teshigi atrofida suyak to`qimasining notekis so`rilishi 
b. periodont tirqishini kuchsiz, deformatsiyasiz kengayishi 
v. deformatsiyalangan, kuchli kengayish 
g. cho`qqi cheshigi atrofida suyak to`qimasining tekkis chegarali 
yumaloq siyraklashuvi 
d. retgen tasvirida o`zgarish yo`q. 


427 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling