Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tavsiya dozasi
- 1.19. Tish fissuralari va ularni muxrlashning kariyes profilaktikasidagi ahamiyati. Tish fissuralari
Vitamin- D
2 organizmda kalsiy, fosfor almashuvini nazorat qilib, boshqarib ichaklardan mazkur moddalarning so`rilishini yaxshilaydi. Videxol vitamin D 2 ning 0,125% li moyli eritmasi, flakonlarda 5,10,30 ml shaklida chiqariladi. Tavsiya dozasi: 1 yoshda - kuniga 1 tomchidan 2-3 yoshda - kuniga 2 tomchidan 3-5 yoshda - kuniga 3 tomchidan 5-8 yoshda -kuniga 4-5 tomchidan ichish uchun buyuriladi. Vitamin D 2 ga boy mahsulotlar : tuxum sarig`i, sut, sariyog`, zamburug`lar, achitqilar (drojji). Vitamin V 1 —uglevod almashinuvi va markaziy nerv sistemasi faoliyatini mo`tadillaydi. Draje holida 0,112 g dan №50 tadan, tabletkalar shaklida 0,005-0,01 g dan №50 tadan chiqariladi. Tavsiya dozasi: 3-7 yoshda - 0,005 g dan kuniga 1 marta, 7 yoshdan yuqori - 0,01 g dan kuniga 1 marta. V 1 vitaminini kalsiy moddasiga boy oziq mahsulotlari bilan birgalikda buyurish samarali ta’sirini ko`rsatadi. V 1 vitaminiga boy mahsulotlar bo`lib: krupa, yirik tortilgan un, no`xat, achitqi (drojji) hisoblanadi. Vitamin S — qo`shuvchi to`qima tuzilishi va vazifasini to`g`ri ta’minlovchi darmondori bo`lib, organizmda ftor moddasini keragidan ortiqcha miqdorda yig`ilishiga barham beradi. Mazkur vitamin sabzavotlar (piyoz, pomidor, karam), mevalarda va rezavor mevalarda ko`proqq bo`ladi. Vitamin A tish follikulalarini, epiteliy to`qimasining to`g`ri taraqqiyotini, o`sishini ta’minlaydi. A-vitamini saqlovchi oziq mahsulotlari: sut, jigar, sabzi ko`katlar bo`lib hisoblanadi. 400 1.19. Tish fissuralari va ularni muxrlashning kariyes profilaktikasidagi ahamiyati. Tish fissuralari - bu tish taraqqkiyoti, o`sishi va shakllanishi davrida uning emal qavatida yuzaga kelgan tabiiy burmalar oralig`ida hosil bo`lgan tirqish bo`lib, ovqat chaynash paytida maydalangan oziq mahsulotlari, mikroorganizmlar kirib qoladi. Buning natijasida ovqat qoldiqlari bijg`ib sut kislotasi hosil bo`lishi oqibatida, kariyes jarayoni vujudga kelishi mumkin. Yaxshi shakllangan fissuralar, chuqurchalar chaynov tishlarda yaxshi rivojlangan. Tishlar cho`tkalar yordamida tozalanganda bu sohalar yaxshi tozalanmaydi va natijada mikroorganizmlarning doimiy o`chog`i bo`lib qoladi. Shuning uchun ham statistik ma’lumotlar bo`yicha kariyes kasalligi ko`p uchraydigan sohalar, bular doimiy molyar tishlarning chaynov sohalaridir. Tish fissuralarining chuqurligiga qarab uning to`rt xili kuzatiladi (63-rasm). Kariyes profilaktikasi maqsadida ftor saqlovchi preparatlar bilan ishlovlar paytida ayniqsa yopiq fissuralar sathiga ta’sir ko`rsatish qiyinchilik tug`diradi. Egatsimon, yuza fissuralar karashlari mazkur preparatlarning emal qavatiga singib kirishiga to`sqinlik qiladi. Yuqorida keltirilgan shart sharoitlardan kelib chiqib kariyes ko`p uchraydigan tishlar chaynov yuzalari profilaktikasini amalga oshirish uchun izlanishlar olib borildi. Oqibatda tishlar chaynov yuzalari fissuralar mavjud bo`lgan sohasini kariyesdan saqlash va uning oldini olish maqsadida maxsus germetiklardan foydalanish foydadan holi emasligi aniqlandi. Bunday germetiklar (silantlar) maxsus ishlov berilgan fissurali tishlar sathiga, chaynov yuzalarga yotqizilib, fissura va chuqurchalarni tashqi sharoit ta’siridan himoya qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling