Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi kasalliklarining profilaktikasi
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
1.20. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi kasalliklarining profilaktikasi. O G ` IZ bo`shlig`i shilliq pardasi doimo endogen va ekzogen (ichki, tashqi muhit) faktorlar ta’siri ostida bo`lib, turli xil kasalliklarning namoyon bo`ladigan joyidir. OG ` IZ bo`shlig`i shilliq pardasi kasalliklarini sodir qiluvchi sabablar majmuasi asosan quyidagilardir: 404 -tashqi muhit omillari (turli-tuman mikroorganizmlar, mexanik, fizik, kimeviy ta’sirotlar) -ichki muhit omillari (yoshga bog`liq bo`lgan organizm reaktivligi, irsiy moyillik, immunitet holati, organizm a’zo va sistemalaridagi mavjud kasalliklar). Og`iz bo`shlig`i shiliq pardasi kasalliklarining profilaktikasi ana shu muhit omillari ta’sirini batamom bartaraf qilish yoki susaytirishga qaratilgan bo`ladi. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi kasalliklari individual profilaktikasi stomatologik poliklinikalarida qabul vaqtida amalga oshirilmog`i zarur. Mazkur kasalliklarning ommaviy profilaktika usullari afsuski hali to`laqonli darajada ishlab chiqilmagan. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi kasalliklari aksariyat qismining epidemiologiyasi to`liq o`rganilmagan. Ba’zi bir kasalliklar ma’lum gurux aholi o`rtasida o`rganilganligi va kasallik strukturasi to`g`risidagi ayrim to`liq bo`lmagan ma’lumotlargina mavjuddir. Bu ma’lumotlar ham murojaat qilib kelgan bemorlarda kuzatilib olingan xolos. Kasalliklar etiologiyasini, patogenezining mexanizmlarini bilish, aniq tasavur qilish kasalliklarni kelib chiqishining oldini olish yo`nalishida, kasallik keltirib chiqaruvchi sabablar va ularga zamin yaratuvchi faktorlarni yo`qotish choralarini ishlab chiqishda muhim o`rin tutadi. Shuning uchun og`iz bo`shlig`i shilliq pardasining aksariyat kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, epidemiologiyasi kerakli darajada yaxshi o`rganilmaganligi, profilaktika tadbir choralarining samarali, ommaviy usullarini ishlab chiqishga imkoniyat bermaydi. Bolalar OG ` IZ bo`shlig`i shilliq pardasi va mexanik ta’sirotlar natijasida sodir bo`ladigan yara-chaqalar amaliyotda tez-tez uchrab turadi. Buning profilaktik tadbir choralari bo`lib, kariyes oqibatida yemirilgan, buzilgan tishlarni oldirib tashlash, kariyes kovaklarini plombalash, tishlarning o`tkir qirralarini silliqlash, noxush qiliqlarga (lab, lunj shilliq pardasini tishlar orasiga olib so`rish, tishlash, tilni tishlar oralig`iga tiqish, chaynash va boshq.) barxam berish, eski protezlar bo`lsa ularni korreksiya qilishdan iboratdir. 405 Bolalar o`rtasida OG ` IZ bo`shlig`i shilliq pardasida uchrab turadigan qator yuqumli kasalliklarni (o`tkir yuqumli kasalliklar, sil, zahm, virusli, zamburug`li va boshq.) profilaktika qilish maqsadida olib boriladigan ishlar infeksiyani bola organizmiga tushishiga imkon bermasligi kerak. Bolalar jamoasida shifokor-stomatolog bolalarga qarovchi tarbiyachilar, bog`cha opalarga har kuni bolalarni albatta ko`rikdan o`tkazishni o`rgatishi kerak. O`tkir gerpetik stomatit profilaktikasida bemor bilan kontaktda bo`lgan bolalarning burun shilliq pardasiga virusga qarshi malhamlar surish (kuniga 2 mahal), profilaktika sifatida gammaglobulin kiritish, bemorlarni izolyatsiya qilish, idish tovoqlarga maxsus ishlov berish va x.k. ishlarni amalga oshirmoq darkor. Qaytalanuvchi gerpetik stomatitning patogenezi yaxshi o`rganilmaganligi sababli profilaktika tadbirlari doimo samarali bo`lmasligi mumkin. Bu tadbir choralar asosan, organizmning nospetsifik reaktivligini oshirish (immunomodulyatorlar, umumiy davo choralari, allergiyaga qarshi dori-darmonlar bilan)ga qaratilgandir. Bunda organizmdagi (burun, tomok, quloq, tishlardagi) surunkali infeksiya o`choqlarini bartaraf qilish, organizm sanatsiyasi yaxshi yordam beradi. Kandidamikoz (molochnitsa, OG ` IZ oqarishi) xastaligi barcha yoshdagi bolalar o`rtasida uchrashi mumkin. Chaqaloklar va ko`krak yoshidagi bolalar kandidamikozi zamonaviy profilaktikasi tadbirlari bo`lib homilador ona organizmini kasalliklardan holi qilish, tug`ish yo`llarini sanatsiya qilishdan iboratdir. Undan tashqari tug`ruqxonalarda, uylarda sanitariya-gigiyena tadbirlarini o`tkazish (idish tovoqlarni, kiyim-kechaklarni, parvarish vositalarini qaynatish) lozim. Kandidamikoz kelib chiqishiga sabab bo`luvchi mahalliy faktorlar bo`lib og`iz gigiyenasining yomonligi, davolanmagan tishlar, parodont kasalliklari mavjudligi hisoblanadi. Shuning uchun og`iz bo`shlig`ining ratsional gigiyenasini tashkil qilish, muntazam ravishda unga rioya qilish, tishlarni, milklarni o`z vaqtida davolash, og`iz-bo`shlig`i sanatsiyasini amalga oshirish ham kandidamikozlar profilaktikasida muhim o`rin egallaydi. 406 Dori-darmon qabul qilish oqibatida sodir bo`ladigan allergik xastaliklarning profilaktik tadbirlari asosan, antibiotiklar va boshqa dori- darmonlarni faqat vrach ko`rsatmalariga to`liq amal qilgan holda, bir vaqtning o`zida organizm sezgirligini pasaytiruvchi vositalar bilan birga qabul qilishga qaratilgan bo`ladi. Ba’zan bemordan yaxshilab so`rab- surishtirishlar ularda allergik tabiatga mos xususiyatlar borligini aniqlashga imkon beradi va noxush hollarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Avtoimmun kasalliklar bo`lib hisoblanadigan ko`p belgili ekssudatli eritema, surunkali aftoz stomatit kabi xastaliklarning etiologiyasi va patogenezi to`liq aniqlanmaganligi ularning profilaktikasida ancha qiyinchilik tug`diradi. Mazkur xastaliklarning kelib chiqishida oshqozon-ichak sistemasi kasalliklari, har xil zaharli toksinlar ta’siri - intoksikatsiyalar katta ahamiyat kasb etadi. Bu bemorlar tekshirilib ko`rilganda ularda bakterial sensibilizatsiya va T-limfotsitlar tizimida o`zgarishlar-buzilishlarni aniqlash mumkin. Ba’zi bir mualliflar kasalliklar irsiy xususiyatga ega degan fikrlarni ham oldinga surishmoqda. Zikr qilinganlardan kelib chiqib, profilaktika maqsadida yo`ldosh xastaliklarni erta aniqlab, davolash, surunkali infeksiya o`choqlarini yo`qotish, OG ` IZ bo`shlig`ini mukammal sanatsiya qilish lozim. Kasallikning qaytalanishlari oralig`ida organizmning spetsifik va nospetsifik reaktivligini oshiradigan dori-darmonlar buyurish maqsadli hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling