Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Ftor saqlovchi eritmalar va gellar
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
1.17. Ftor saqlovchi eritmalar va gellar. Mutaxassislar tomonidan malakali yordam ko`rsatish maqsadida yuqori konsentratsiyali ftor saqlovchi profilaktika preparatlari ham ishlatiladi. Bunday preparatlarga 2% li natriy ftor eritmasi, 1,23% li eritma yoki gel shaklidagi fosfat kislotasi qo`shilgan natriy ftor birikmasi va x.k. Bulardan tashqari ftorli olovo, aminoftoridli eritma va gellar ham ishlatiladi. Ftorid olovo tishlarni bo`yashi sababli ishlatilishi chegeralangan. Mazkur eritmalar va gellar og`iz chayish va tishlar yuziga chaplash (applikatsiya) tarzida ishlatiladi. Bunday muolajalardan oldin tishlar yaxshilab yuvib quritiladi, karashlardan tozalanadi. Bu muolajalar yilida 1-2 marta qo`llaniladi. Har gal muolaja o`tkazilgandan so`ng 2 soat mobaynida ovqat yeyish, suv ichish chegeralanadi. Bu usulda ish olib borilganda kariyes jadalligining o`sish ko`rsatkichi 30- 50% ga kamaygan. Kariyes profilaktikasida iatriy ftoridning past konsentratsiyali eritmalaridan keng foydalaniladi: har kun og`izni chayish uchun 0,05% li haftada bir marta chayish uchun 0,1% li, ikki haftada bir marta chayish uchun 0,2% li eritmalardan foydalaniladi. Profilaktika maqsadida og`izni, tishlarni ftorli eritmalar bilan chayish bolalarda birinchi doimiy tish chiqqandan so`ng tavsiya qkilinadi. Bu usul oddiy, sodda kam harajatli va yaxshi samara beradigan muolajadir. Izlanishlar shuni ko`rsatdiki 6 yashar bolalarda og`iz chayish boshlangandan so`ng 3 yil o`tgach kariyes jarayonining jadalligi 396 45%gacha pasayar ekan. Tishlarni ftor tutuvchi eritmalar bilan chayish tishlarning silliq va proksimal sathlariga juda yaxshi ta’sir ko`rsatadi, bunda tishlarni plombalatishga bo`lgan muhtojlik 70% ga kamayadi. Eritmalar bilan chayish samarasi 2-3 yil davom etadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling