Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Ftorlangan sutdan foydalanish qoidasi


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   261
Ftorlangan sutdan foydalanish qoidasi. 
1. har kuni 200 ml sut ichish; 
2. bolalar yoshi 3-12; 
3. bir yilda 250 kun iste’mol qilish shart . 
Ftorlangan sutni 3 yoshidan boshlab ichgan bolalarda bir yildan 
so`ng sut tishlarida kariyes jadalligining o`sishini pasayishi 40-50% ni , 
2 yildan so`ng esa 58-65% ni tashkil qilgan. Doimiy tishlarda bu 
ko`rsatkich bir yildan so`ng o`rtacha 30-50% ni tashkil qilgan. 
Bugungi kunda olingan ijobiy natijalarga qaramasdan qator 
muammolar o`z yechimini topishini kutmoqda. Xali anchagina 
izlanishlar, tajriba va tekshirishlar o`tkazib, ftorlangan sutni qaysi 
yoshdan boshlab ichish samaraliligini, ichish muddatini aniqlab berish
hududiy sharoitdan kelib chiqib ftorning sutdagi konsentratsiyasini 
aniqlash yo`llarini, bir kunda necha bor bola sut ichishini ilmiy asosda 
tasdiqlash kerak bo`ladi. 
 


393 
1.15. Osh tuzini ftorlash. 
Ma’lumki kishilar tomonidan osh tuzini qabul qilish miqdori bir xil 
emas. Diyetologlar tavsiyasiga ko`ra osh tuzini iloji boricha ozroq 
iste’mol qilish kerak bo`ladi. Shuning uchun osh tuzini ftorlashdan 
oladigan samara 40-50% ni tashkil qilarkan. 
1 kg osh tuzini 250 mg natriy ftorid bilan boyitish va undan 
profilaktika maqsadida foydalanish usuli ishlab chiqilgan va qator 
mamlakatlarda (Vengriya, SHveytsariya, Kolumbiya va boshq.) kariyes 
profilaktikasi elementi sifatida qo`llanilmoqda. Mazkur usul arzon, 
qulay, ommaviy va samarali bo`lib, insondan hech qanaqa qo`shimcha 
harakat talab qilmaydi. 
Vengriyada 
shu 
usuldan 
foydalanishning 
8-yilida 
kariyes 
jadalligining o`sish ko`rsatkichi 40% ga, Kolumbiyada - 61% ga 
pasayganligi qayd qilingan. 
 
1.16. Ftoridlarni mahaliiy qo`llash. 
Ftorli laklar - mahalliy profilaktika vositalari o`rtasida keng 
tarqalib, ko`p qo`llaniladigan va yaxshi samara beradigan, emal, 
qobig`iga uzoq muddat ta’sir ko`rsatuvchi vosita hisoblanadi. Ftor 
saqlovchi laklar emal qavat ustida yupqa plyonka qavatini hosil qiladi va 
24 soat mobaynida o`zidan erkin ftor ionini ajratib turadi. Fissuralar, 
tirqishlar, mikrobo`shliqlarda esa u haftalab saqlanib qolishi mumkin. 
Ftor 
saqlovchi 
laklardan 
bugungi 
kunda 
keng 
ko`lamda 
qo`llanilayotganlari - bu "Duraphat" tarkibida 2,26% ftorid saqlovchi
"Fluor Protector" - 0.1% ftorid saqlovchi, "Composeal" ftorid natriy va 
ftorid kalsiy saqlovchi, "Ftorlak" 5% natriy ftor saklaydi. "Ftorlak" 
tabiiy smolalar majmui bo`lib tarkibi quyidagicha: 
Natriy ftor - 5,0 gramm 
Pixta balzami - 40,0 gramm 
Shellak- 19,0 gramm 
Etil spirti - 24,0 (95%li) gramm 
Xloroform - 12,0 gramm (Xarkov.farm.zavod). Ftorli laklar juda 
yuqori adgeziv xususiyatiga ega bo`lib tishlar yuzasida uzoq muddat 
yaxshi saqlanadi. 


394 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling