366
olish uchun qo`llaniladi. Shuning uchun bunday
tish pastalari tarkibiga
biologik aktiv
moddalar- xlorofill tutuvchi, shifobaxsh o`simliklarning,
suvli yoki spirtli eritmalari, damlamalari yoki ekstraktlari, fermentlar va
boshqalar qo`shiladi.
Mazkur tish pastalari parodont va shilliq qavat to`qimalariga
shifobaxsh ta’sir ko`rsatib,
milklardan qon oqishini,
patologik
cho`ntaklardan yiring oqishini to`xtatadi, milklar yallig`lanishini
to`xtatadi, parodont va shilliq qavatlarda
qon va modda almashinuvi
jarayonini faollashtiradi.
Milk va shilliq parda jarohatlarida
regeneratsiya jarayonini
kuchaytirish maqsadida davolovchi pastalar tarkibiga - fermentlar, A va
YE vitaminining moyli eritmasi, karotolin kiritiladi.
Tish pastalariga qo`yilgan talablar. Tish yuvish pastalari neytral
bo`lishi, tozalovchi va silliqlovchi xususiyatga ega bo`lishi, yaxshi
ko`rinishga, mazaga va hidga ega bo`lishi kerak. Ular tozalovchi,
dezinfeksiyalovchi, zararsiz bo`lishi, davolovchi va profilaktik
xususiyatga ega bo`lishi zarur.
Bugungi kunda mamalakatimiz savdo tarmoqlarida, bozorlarida
turli mamlakatlar firmalari, kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan
rang-barang tish yuvish pastalarini xarid qilish mumkin. Shunga
qaramasdan ularning ko`pchiligini Rossiyada ishlab chiqarilgan tish
pastalari tashkil qiladi.
Rossiyada ishlab chiqarilayotgan tish yuvish pastalarining turlari va
xususiyatlari
Gigiyenik tish yuvish pastalari – Og`iz holatini yangilab,
tozalovchi xususiyatga ega bo`lib, maxsus davolovchi va profilaktik
qo`shimchalar qo`shilmagan bo`ladi. Rossiyada ishlab chiqarilgan
gigiyenik pastalar asosini odatda kimyoviy cho`ktirilgan bo`r (23-43%),
glitserin (10-33%), karboksimetilsellyulozaning natriyli tuzi (1-1,8%),
parfyumeriya moyi (1-1,5%), laurilsulfat natriy, hid beruvchi
qo`shimcha, suv, konservantlar hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: