Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Og`iz bo`shligi shaxsiy gigiyenasi vositalari


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   261
 
1.9. Og`iz bo`shligi shaxsiy gigiyenasi vositalari. 
Bugungi kun talablaridan kelib chiqib og`iz bo`shlig`i gigiyenasiga 
rioya qilmoqlik, uning muntazamligini ta’minlamoqlik, stomatologik 
kasalliklar nuqtai nazaridan shaxsiy profilaktik, odatiy tadbirlarni 
amalga oshirish uchun qator gigiyenik vositalardan foydalanishga to`g`ri 
keladi. Mazkur vositalar asosiy va yordamchi vositalarga bo`linadi: 
Asosiy vositalar: 
1.Tish cho`tkalari 
2. Tish pastalari 
Z.Tish poroshoklari 
Yordamchi vositalar: 
1.Tish kovlagichlar (tozaligichlar) 
2.Flosslar (maxsus iplar) 
Z.Chaynov rezinalari (saqichlar) 
4.Tish eleksirlari 
 
1.9.1. Tish cho`tkalari 
Tish cho`tkalari tishlar va milklar yuzasidan yumshoq karashlarni 
tozalab tashlovchi asosiy qurol bo`lib xizmat qiladi. Cho`tkalar 
o`zlarining shakllari, bosh qismining o`lchamlari, tuklarning joylashuvi, 
qalinligi, uzunligi va sifati bilan bir-biridan farq qiladi. Tish 
cho`tkalarida ishlovchi qismi (boshi) va ushlash uchun dastagi 
mavjuddir. 
Tish cho`tkalari tuklarining sifatiga qarab: 


358 
1.sun’iy 
2.tabiiy bo`ladi. 
Sun’iy tish cho`tkalarining tuklari neylon, setron, perlon, dederlon, 
poliuretan va boshqalardan ishlangan . Tabii cho`tkalarning tuklari ot 
yoli, cho`chka tukidan iborat bo`ladi. 
Sun’iy tolali cho`tkalarning tabiiy tolali tish cho`tkalaridan 
anchagina afzalliklari bor. Tabiiy cho`tkalar tuklari o`rtasida naysimon 
kanali bo`lib, doimo mikroorganizmlar bilan to`lib turadi va ularni toza 
tutishning iloji bo`lmaydi. Vaqt o`tishi bilan ular mo`rtlashib sinish 
ehtimoli borligi va ularga xohlagancha qattiqlik berib bo`lmasligi kabi 
kamchiliklari mavjuddir. Sun’iy tolali tish cho`tkalarining tuklari silliq, 
kovaksiz, 
oxiri 
yumaloqlashgan, 
emal 
va 
shilliq 
qavatni 
shikastlantirmaydi. Tozalash va qirtishlash borasida aytib o`tilgan ikki 
xil tish cho`tkalarining samaradorligi bir xildir. 
Foydalaniladigan tish cho`tkalarining samaradorligi ularning 
individual tanloviga, qattiqligining mosligiga, tuklar sathiga, tuklarni 
o`tkazilish shakliga va tuklarni kanchalik darajada zichligiga bog`liqdir. 
Sun’iy tolali tish cho`tkalari tuklarining qattiqlik darajasi bo`yicha 
beshga bo`linadi: 
-juda qattiq 
-qattiq 
-o`rtacha qattiqlikda 
-yumshoq 
-juda yumshoq 
Bemorlarga tish cho`tkalarini tavsiya qilishdan oldin ularning og`iz
bo`shlig`i shilliq pardasi va parodont to`qimasi ko`rikdan o`tkazilishi 
zarur. Aholi o`rtasida ko`proqq o`rtacha qattiqlikdagi tish cho`tkalari 
ishlatiladi. 
Tish cho`tkasi individual foydalanish asbobi bo`lib, uni har bir 
shaxs o`zi asrab tutish yo`lini bilmogi zarur. Yangi tish cho`tkasini 
ishlatishdan oldin yaxshilab yuvib, ishchi qismi (tuklari)ga sovun surtib 
stakanga bosh qismini yuqoriga qilgan holda bir kechaga qoldirish 
lozim. Foydalanish oldidan sovunlangan tish cho`tkasini oqar suvda 
yaxshilab yuvib, tish pastasi surtib ishlatiladi. 


359 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling