Bolalar folklori materiallari asosida mazkur folklor namunalarining o‘ziga xos belgilarini aniqlash
Download 0.79 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalar folklori
Bolalar folklori materiallari asosida mazkur folklor namunalarining o‘ziga xos belgilarini aniqlash.Bolalar folklori — ogʻzaki ijod namunalari. Odatda bolalar yoki ular uchun kattalar tomonidan yaratiladi. Folklor janrining tarkibiy kismi. Oʻzbek Bolalar folklori alla, ertak, ermaklar, tez aytish, topishmoq, bolalar oʻyin qoʻshiqlari, erkalama, masharalama va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Bolalar folklori bolaning tinglashiga, aytib yurishiga, oʻiiniga, qoʻshigʻiga moslangan boʻladi.
Xalq og`zaki badiiy ijodiyoti xilma-xil adabiy tur va janrlarda namoyon bo`lgan hodisa sifatida kishilik jamiyati tarixida ko`p vazifali ijtimoiy-estetik mohiyatga ega so`z san`ati hisoblanadi. U hamma zamonlarda ham o`z ijodkori bo`lgan xalqning orzu-armonlarini ifodalab keldi, qolaversa, xalqning o`z-o`zinigina emas, balki bolalarning ham ma`naviy-axloqiy jihatdan shakllanishlarida muhim tarbiyaviy vosita vazifasini bajarmoqda.
Oʻzbekistonda Bolalar folklori namunalari toʻplam holida 1932-yildan nashr etila boshladi. Kattalar tomonidan yaratiladigan alla, ovutmachoq va erkalamalar onalar mehrmuhabbati bilan yoʻgʻrilgan boʻlib, ularda goʻdakning istiqboliga oid orzuumidlar, bola yashayotgan muhit oʻz ifodasini topadi. Bolani belash, oʻtqazish, atakchechak yurgizish, sakratish, oʻynatish va ovutishlarda "Toytoy", "Bordibordi" va boshqa ovutmachoklar aytiladi. Bolalar qoʻshiqlarining koʻplari yil fasllari bilan boglik. "Boychechak", "Oftob chiqsi olamga", "Chittigul", "Laylak keldi, yoz boʻldi", "Qurbaqa", "Qaldirgʻoch" kabi qoʻshiqlarni bolalar tom boshida, dalalarda, qishloq koʻchalarida aytishadi. Ular bahor kelishi, yomgʻir yogʻishi, quyoshning olamni isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan bogʻliq
"Bu bogʻchada olicha", "Zuvzuv boragʻon", "Chamandagul", "Oq sholi, koʻk sholi" va boshqa qoʻshiklar turli davrda aytilaveradi. Ularda ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik, hunar va sanʼat bilan bogʻliq mehnat jarayonlari, kattalar xattiharakatlariga taqlid aks etadi. Oʻyinlar ham, qoʻshiqlar ham bolalarning akliy va jismoniy kamolatga yetishiga yordam beradi, ularda zavq uygʻotadi. Oʻyinlar Bolalar folklori ning murakkab turi boʻlib, ularda drama va musiqa unsurlari chatishib ketadi. Oʻyinlarni kichik yoshdagi bolalar "Choriy chambar", "Hakkalakam" kabi sanama oʻyinidan, katta bolalar "Qushim boshi" degan topishmoqdan boshlaydi.
Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling