Reja: Xalq og’zaki ijodi haqida tushuncha 2


Download 236.21 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi236.21 Kb.
#1594726
  1   2
Bog'liq
bolalar folklori


Reja:
1.Xalq og’zaki ijodi haqida tushuncha
2.Bolalar folklori qanday vujudga kelgan
3. Alla, ertak, ermaklar, tez aytish, topishmoq, bolalar oʻyin qoʻshiqlari, erkalama, masharalama haqida tushuncha

Xalq ijodi — xalq ommasining badiiy, ijodiy-amaliy va havaskorlik faoliyati; anʼanaviy moddiy va nomoddiy madaniyatning xalq ogʻzaki badiiy ijodi (folklor), xalq musiqasi (musiqa folklori), xalq teatri (tomosha sanʼati), xalq oʻyinlari (raqs), qoʻgʻirchoqbozlik, dor va yogʻoch oyoq oʻyinlari (xalq sirki), xalq tasviriy va amaliy bezak sanʼati hamda texnikaviy va badiiy havaskorlik kabi ijodiyot turlari. Yaratilishi va ijodiy jarayonida koʻpchilikning ishtiroki boʻlgan Xalq ijodi ning turlari xalq turmush tarzi, yashash sharoitlari, ijtimoiy mehnat darajasiga moye ravishda shakllanib, avloddanavlodga, ustozdan shogirdga oʻtib, doimiy ravishda mukammallashib, sayqallashib, tobora anʼanaviylashib borgan va nihoyat, kasbiylik (professionallik) xususiyatiga ega boʻlgan, jonli ijro sharoitlari va kundalik amaliyotda bizgacha yetib kelgan. Shuningdek, Xalq ijodining bir qator qad. namunalari yozma manbalarda, tarixchi va yozuvchilarning asarlarida, qoyatoshlarda (Sarmishsoy, Zarautsoy rasmlari kabi), arxeologiya va arxitektura yodgorliklarida, uyroʻzgʻor buyumlarida saklanib kelgan.
Bolalar folklori — ogʻzaki ijod namunalari. Odatda bolalar yoki ular uchun kattalar tomonidan yaratiladi. Folklor janrining tarkibiy qismi. Oʻzbek Bolalar folklori alla, ertak, ermaklar, tez aytish, topishmoq, bolalar oʻyin qoʻshiqlari, erkalama, masharalama va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Bolalar folklori bolaning tinglashiga, aytib yurishiga, oʻiiniga, qoʻshigʻiga moslangan boʻladi. Oʻzbekistonda Bolalar folklori namunalari toʻplam holida 1932-yildan nashr etila boshladi. Kattalar tomonidan yaratiladigan alla, ovutmachoq va erkalamalar onalar mehrmuhabbati bilan yoʻgʻrilgan boʻlib, ularda goʻdakning istiqboliga oid orzuumidlar, bola yashayotgan muhit oʻz ifodasini topadi. Bolani belash, oʻtqazish, atakchechak yurgizish, sakratish, oʻynatish va ovutishlarda "Toytoy", "Bordibordi" va boshqa ovutmachoklar aytiladi. Bolalar qoʻshiqlarining koʻplari yil fasllari bilan boglik. "Boychechak", "Oftob chiqsi olamga", "Chittigul", "Laylak keldi, yoz boʻldi", "Qurbaqa", "Qaldirgʻoch" kabi qoʻshiqlarni bolalar tom boshida, dalalarda, qishloq koʻchalarida aytishadi. Ular bahor kelishi, yomgʻir yogʻishi, quyoshning olamni isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan bogʻliq. "Bu bogʻchada olicha", "Zuvzuv boragʻon", "Chamandagul", "Oq sholi, koʻk sholi" va boshqa qoʻshiklar turli davrda aytilaveradi. Ularda ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik, hunar va sanʼat bilan bogʻliq mehnat jarayonlari, kattalar xattiharakatlariga taqlid aks etadi. Oʻyinlar ham, qoʻshiqlar ham bolalarning akliy va jismoniy kamolatga yetishiga yordam beradi, ularda zavq uygʻotadi. Oʻyinlar Bolalar folklori ning murakkab turi boʻlib, ularda drama va musiqa unsurlari chatishib ketadi. Oʻyinlarni kichik yoshdagi bolalar "Choriy chambar", "Hakkalakam" kabi sanama oʻyinidan, katta bolalar "Qushim boshi" degan topishmoqdan boshlaydi.
Bolalar bogʻchalari, maktablarda oʻyinlardan keng foydalaniladi. Bolalar folklori yosh avlodni intizomli, jasur, qatʼiyatli, qiyinchiliklarni yengishga, oʻrtoqlariga yordam berishga tayyor boʻlish singari yaxshi sifatlarga ega boʻlib oʻsishlariga yordam beradi. Uning ayrim namunalari maktab darsliklari va oʻqish kitoblariga kiritilgan
Bolalar folklori – kichkintoylar olami bilan kattalar dunyosining o`zaro uyg`unlashuvi oqibatida yuzaga kelgan o`yinlar, qo`shiqlar va musiqiy poetik janrlarning yaxlit bir tizimiga aylangan xalq og`zaki ijodiyotining o`ziga xos tarmog`idir.
Shunga qaramay, o`zbek bolalar folklori namunalarini to`plash, nashr etish va ilmiy-estetik qimmatini o`rganishga uzoq zamonlar e`tibor berilmay kelindi. XX asrning dastlabki choragi oxirlarida bu ishga kirishilgan esa-da, u uzluksiz jarayonga aylanmadi. Elbek to`plab, tartib berib 1937-yilda chop ettirgan «Bolalar qo`shig`i» to`plamidan O. Safarov tartib bergan «O`zbek xalq ijodi» seriyasida 1984-yilda bosilib chiqqan «Boychechak» to`plamigacha kechgan salkam yarim asrlik uzilish ana shu fikr dalili bo`la oladi. O`zbek bolalar folklorini o`rganish 60yillardan e`tiboran izchillasha bordi.
Z.Husainovaning «O`zbek topishmoqlari» (1966), G`.Jahongirovning «O`zbek bolalar folklori» (1975), shuningdek, O.Safarovning «Bolalarni erkalovchi o`zbek xalq qo`shiqlari» (1983), «O`zbek bolalar poetik folklori» (1985), «Alla-yo alla» (1999), «Chittigul» (2004), Sh.Galievning «O`zbek bolalar o`yin folklori» (1998) singari tadqiqotlar tufayli bu izlanishlarning samaralari ko`zga tashlanadigan bo`ldi. Shuni ham aytish kerakki, folklorshunoslar orasida mavsum va marosim qo`shiqlariga munosabatda ularning ijodkori har qachon kattalar bo`lganini e`tirof etish bilan bolalarning bu sohadagi qo`shiqchiligini yo cheklash, yo tamoman inkor etish hollari ham mavjud. To`g`ri, marosimlarni kattalar uyushtirganlar. Ularning o`tkazilish tartiblarini ham, rasm-rusumlari va qo`shiqlarini ham kattalar ijod etganlari rost.
Lekin unutmaslik lozimki, shu marosimlarning birortasi ham bolalar ishtirokisiz o`tmagan; hech bo`lmaganda, bolalar tomoshabin sifatida unga qatnashganlar va kattalar bajargan ishlarni ko`rgach, o`sha marosimni keyinroq o`yinda muqallid qilib o`zlari bajarganlar, shu muqallidlariga yarasha qo`shiqlarni to`qiganlari ham ayni haqiqat. Binobarin, bolalarning ham o`z marosim va mavsum qo`shiqlari yuzaga kela boshlagan.
Bu jarayon davr o`tishi, turmush sharoitining o`zgarishi, yangicha ijtimoiy munosabatlarning tug`ila borishi tufayli u yoki bu marosimning tamoman yo`qolishi, yo shunchaki kattalar o`rtasida nufuzini yo`qotishi natijasida o`sha marosim bolalar o`yini yoki ijrochiligida yashash shakliga o`tishi bilan yanada chuqurlasha borgan. Bunday holatni «Boychechak», «Chittigul», «Binafsha», «Oppoqijon» kabi mavsum qo`shiqlari misolida yaqqolroq ko`rish mumkin. 
Ertak — xalq og'zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; toʻqima va uydirmaga asoslangan sehrli sarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asar. Asosan, nasr shaklida yaratilgan. Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida etuk shaklida uchraydi va biror voqeani ogʻzaki tarzda hikoya qilish maʼnosini bildiradi. E. Surxondaryo, Samarqand, Fargʻona oʻzbeklari orasida matal, Buxoro atrofidagi tuman va qishloqlarda ushuk, Xorazmda varsaqi, Toshkent shahri va uning atrofida choʻpchak deb ataladi. E. hayot haqiqatining hayoliy va hayotiy uydirmalar asosida tasvirlanganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, voqea va harakatlarning ajoyibgʻaroyib holatlarda kechishi, qahramonlarning gʻayritabiiy jasorati bilan folklorning boshqa janrlaridan farq qiladi. E.larda uydirma muhim mezon boʻlib, syujet voqealarining asosini tashkil etadi, syujet chizigʻidagi dinamik harakatning konflikt yechimini taʼminlaydi. Uydirmalarning turli xil namunalari taʼlimiy estetik funksiyani bajaradi, janr komponenti sifatida oʻziga xos badiiy tasvir vositasi boʻlib xizmat qiladi. Uydirmalar voqea va hodisalarni hayotda boʻlishi mumkin boʻlmagan yoki mavjud boʻlgan hodisalar tarzida tasvirlaydi. Xayoliy va hayotiy uydirmalarning ishtiroki, syujet chizigʻida tutgan oʻrni va vazifasiga koʻra, E.ni 2 guruhga — xayoliy uydirmalar asos boʻlgan E., hayotiy uydirmalar asos boʻlgan E.larga boʻlish mumkin. Xayoliy uydirmalar asosidagi E. syujeti mo'jizali, sehrli; hayotiy uydirmalarga asoslangan E. syujeti esa hayotiy tarzda boʻlib, unda real voqea-hodisalar tasvirlanadi. E.da, asosan, uch maqsad hikoya qilinadi. Birinchisida ideal qahramonning jasorati, yovuz kuchlarga qarshi chiqib, xalq manfaatini himoya qilishi, ikkinchisida, asosan, bosh qahramonning oʻzga yurt malikalariga yoki parizodlariga oshiq boʻlib uylanishi, kasalga dori topishi, ajdar va devlar olib qochgan kishilarni ozod qilishi, uchinchisida esa adolatsizlikka, zulmga qarshi chiqishi kabi maqsadlar bayon qilinadi. Birinchi maqsad pahlavonning faol harakati va gʻayritabiiy kuchqudrati bilan amalga oshsa, ikkinchi maqsad passiv qahramonga yordam beruvchi tilsim vositalari yordamida, uchinchi maqsad esa bosh qahramonning aqlidroki, tadbirkorligi bilan amalga oshadi.

E. janri obrazlar talqini, gʻoyaviy mazmuni va konflikti, syujet va kompozitsiyasi, uydirmalarning oʻrni va vazifasi, tili va uslubiga koʻra, shartli ravishda hayvonlar haqidagi E.lar, sehrli E.lar, maishiy E.lar, hajviy E.larga boʻlinadi.
Hayvonlar haqidagi E.larning bir turi majoziy E.lardir. Majoziy E.larning ("Susambil", "Boʻri bilan tulki", "Tulkining taqsimoti", "Ikki boyqush" va boshqalar) syujeti asosida koʻchma maʼno, allegorik obrazlar yotadi. Masalan, laqmalik va qonxoʻrlik boʻri orqali, ayyorlik va tilyogʻlamachilik tulki orqali ifodalangan.
Sehrli E.larda voqealar sehr-jodu, fantastik uydirmalar asosiga qurilgan boʻladi. Bularda pahlavonlik va qahramonlik madh etiladi ("Yalmogʻiz", "Semurgʻ", "Devbachcha", "Kenja botir" va boshqalar). "Quloqboy", "Handalak polvon", "Uch yolgʻonda qirq yolgʻon" va boshqalar E.lar komik, baʼzilari hatto hajviy xarakterga ega. Masalan, "Uch yolgʻonda qirq yolgʻon"da bosh qahramon xalq orasida shuhrat topgan kal boʻlib, bu komik qahramonning "yolgʻon toʻqishi"dan zulm va jaholat, adolatsizlik kabi mavjud tuzumga xos illatlar qoralanadi, kishilardagi donishmandlik, tadbirkorlik kabi fazilatlar ulugʻlanadi.
Maishiy E.larda koʻproq zulm va adolatsizlik qoralanadi ("Uch ogʻaini botirlar", "Oygul bilan Baxtiyor", "Tohir va Zuhra", "Farhod va Shirin", "Zolim podsho" va boshqalar). Masalan, "Uch ogʻa-ini botirlar" ertagi odatdagidek ota nasihati bilan boshlanadi. Bunda ota kambagʻal, lekin hayot tajribalariga boy boʻlgan shaxs, boshqa variantlarida esa shoh boʻlib, oʻgʻillari shahzodalardir. Botirlar obrazida axloq va odobning yuksak namunasi, odamiylik, donishmandlik, jasurlik kabi sifatlar koʻrinsa, shahzodalar qiyofasida molmulk toʻplash yoʻlida har qanday yomon niyatlardan qaytmaydigan yolgʻonchi, johil kishilar obrazi gavdalangan.

ALLALAR. «Alla» istilohining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud. Kimdir uni arabcha «olloh» so`zining fonetik o`zgarishga uchragan shakli desa, kimdir o`zbekcha «aldamoq» so`zidan kelib chiqqan, shunga ko`ra u bolani aldab-avrab uxlatish ma`nosiga ega deya izohlashga urinadi. Bu izohlarning soxtaligi va haqiqatni aks ettirmasligi o`z-o`zidan ayonlashib turibdi. L.Z.Budagov chig`atoychada «allala» boshning orqasi, ya`ni «ensa»ni anglatishini qayd etgan.
Chindan ham chalqanchasiga yotganda boshning orqasi yostiqda bosilib, shu holda uxlanadi. Chaqaloq beshikka, belanchakka faqat bosh orqasi–allalasi bilan chalqanchasiga cho`zilib uxlaydi. Bolaga uyqu chaqirishda qo`llanishi shu vazifasidan kelib chiqqan. Bunda «allala» shakli «alla, alla-yo, alla-yo alla» tarzidagi ko`rinishlar bilan to`lishib, uyquga chorlovchilik mohiyatini kasb etgan.
Chaqaloq yoshini to`ldira borishi jarayonida bu so`zdagi tovushlarni idrok etishi tufayli uyqusi kelganda o`zining ham «alla» so`zi lug`aviy jihatdan «bosh orqasi» va «uxlamoq» ma`nolarini anglatsa, istilohiy ma`nosiga ko`ra uyqu chaqirmoq, uxlatmoq asosiy vazifasiga aylangan silsilaviy qo`shiq turini anglatadi. Abu Ali ibn Sino allaning shu xususiyatini ming yil ilgariyoq payqab, shunday e`tirof etgan: «… bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo`llamoq kerak: Biri, bolani sekin-asta tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun aytish odat bo`lib qolgan muzika va allalashdir.
Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va ruhi bilan muzikaga bo`lgan iste`dodi hosil qilinadi». Bu mulohazadan to`rt narsa ayonlashadi: birinchisi, allaning bundan ming yil ilgari – ibn Sino zamonida ham mavjudligi bo`lib, janrning genetik asosiga nazar solish imkonini beradi. Ikkinchisi, allaning ijrosi – sekin-asta tebratishga omuxta holda kechishi, uchinchisi esa, bolani uxlatishgagina xizmat qilishi va nihoyat to`rtinchisi, bolaning ham jismoniy, ham ma`naviy chiniqishida muhim ahamiyat kasb etishi to`g`ri ilg`angan.
Allalar, odatda, bolalarning emizikli davrida – ular to 3 yoshini to`ldirgunlarigacha
aytiladi. Ularning bolalarning shu yoshi bilan bog`lanishi qat`iy bo`lib, beshik qo`shig`i sifatida tavsiflanishiga yo`l ochgan. Allalarni ona suti bilan bog`lab «sutda qorilgan va mehrga yo`g`rilgan qo`shiq» tarzida muqaddaslashtirilishi sababi shunda
Allalar faqat kuylanadi. Ularni shunchaki aytish yo deklomatsiya qilish mumkin emas. Monoton ohang o`zbek allalari uchun mushtarak xususiyatdir.Odatda, allalar kuyi bilangina bolaga orom bag`ishlaydi, uni elitadi. Bola uchun uning so`zi emas, balki kuyi muhim. Chunki u hali so`zni anglamaydi. Alladagi so`zlar ona uchun muhim: ular ona qalbining nidolari.
Rivoyat, ya’ni og’izdan — og’izga ko’chib avlodlardan-avlodlarga yetib kelgan xalq hikoyalari asosida — real shaxslar va tarixiy o’tmish voqealari to’g’risidagi xotiralar yotadi. Rivoyat har doim shohidning hikoyasi shakliga ega bo’ladi va birinchi shaxs nomidan bayon etiladi. Rivoyatlarning syujetlari shaharlarga asos solinishi, monastirlar va alohida ibodatxonalar qurilishi, go’yo qazib oluvchisini kutib yotgan ko’milgan xazinalar haqida hikoya qiladi. Afsonadan farqli ravishda rivoyatda har doim hikoya qilib berilayotgan voqea qayerda va qachon bo’lib o’tgani aniq bildiriladi. Rivoyatlarda ertaklar va afsonalarga juda xos bo’lgan mo”jizaviy evrilishlar, sehrli buyumlar, qahramonlarning g’aroyibona ko’chib yurishlari deyarli uchramasligi ham tushunarli. Ularda hammasi aniq, aytish mumkinki, yaqqol namoyon bo’ladi. Qahramonlar — odatdagi, faqat katta kuchga ega bo’lgan va alohida mahorati bilan ajralib turadigan kishilar. Rivoyat rus yozuvchilari: Pushkin, Leskov, Bajovlarning e’tiborini azaldan jalb etib kelgan. Rivoyatlarda katta qiziqish uyg’otadigan ko’plab ma’lumotlar saqlanadi: yirik shaharlarga asos solingan vaziyat va tarixiy shaxslarning ularda bo’lishi kuzatiladi.

Xalq yodi o’tmishning barhayot nafasini rivoyat shaklida bizga etkazgan. O’tmish haqida hikoya hilayotgan roviy uni albatta bugungi kun bilan chog’ishtirgan, shu asnoda muayyan xalqning tarixi yaratilgan. Mana shuning uchun ham rivoyat unchalik ko’p bo’lmagan “jonli” folklor janrlaridan biri bo’lib mavjud bo’lishini davom ettirmoqda. Urushlar va inqiloblarning murakkab davrida o’zidan iz qoldirgan shaxslar XX asr rivoyatlarining qahramonlariga aylandilar.
AFSONA — 1) xalq ogʻzaki ijodi (folklor) janri. U xayolot, uydirma va toʻqimadan iborat boʻlsada, soʻzlovchi va tinglovchi tomonidan haqiqatdek tasavvur etiladi, hatto boʻlib oʻtgan davri, makon ham koʻrsatiladi. Afsonalar ogʻizdanogʻizga, eldan-elga oʻtib kelgan, ifoda usuli bayon tarzida.
Afsona ogʻzaki hikoyat boʻlib, u xayoliy obraz yoki tasavvur asosiga quriladi, hikoya qiluvchilar va tinglovchilar tomonidan qachonlardir shunday boʻlgandek qabul qilinadi. Rivoyatdan farqli oʻlaroq Afsona zaminida albatta moʻjiza, sehr-jodu boʻladi. Afsonalar olam (Yer, Quyosh va b. sayyoralar yuzaga kelishi) haqida, toponimik (Qof togʻi, daryo, dengiz, shahar, qalʼa, qishloq, tepalik, Eram bogʻi va h. k.), elatlarning kelib chiqishi (mas, turkiy xalqlarning), hayvonot dunyosi (mas, sher, ajdaho, anqo, semurgʻ va b.)ga oid, tabiatdagi voqea, hodisalar (mas, chaqmoq, zilzila, shamol va b.) xususida, tarixiy shaxslar (mas, turkiylardagi Er Toʻnga, Toʻmaris, Shiroq, anglosakslar qiroli Artur va b.) toʻgʻrisida, diniy (mas, islomdagi Nuh paygʻambar xususidagi, Abu Muslim jangnomasi, Avestodagi Frangrasyan (Afrosiyob), xristianlikdagi Iso Masihning havoriylari bilan sayohatiga bogʻliq voqea-hodisalar) va b. turli-tuman mavzularda boʻladi.
Afsonalar hajmi kichik, bayon qilinishi sodda, badiiy tasvir vositalaridan deyarli xoli boʻladi, tuzilishiga koʻra ertak, naql, rivoyatlarta oʻxshab ketadi.
Afsonalar yozma adabiyotning, ayniqsa, badiiy, falsafiy, dinga, tarixga, axloqqa oid asarlarning mavzui, muayyan qismi tarzida gʻoyaviy-estetik vazifani bajargan. Mas, «Qutadgʻu bilig», «Devonu lugʻotit turk», Alisher Novoiyning «Xamsa», Dantening «Ilohiy komediya», Chingiz Aytmatovning «Oq kema», Erkin Vohidovning «Ruhlar isyoni», Abdulla Oripovning «Jannatga yoʻl» kitoblarida Afsonalar asarning badiiy-estetik va taʼsir kuchini oshirishga, inson ruhiyatini yanada chuqur va toʻlaqonli tasvirlashga xizmat qilgan.

Topishmoq - bu folklor janri bo'lib, u faqat taxmin qilinayotgan narsaga xos bo'lgan o'ziga xos xususiyatlar va xususiyatlarni ko'rsatadi. Odatda taxminiy savol sifatida mo'ljallangan.


Topishmoqlarning ma'nosi- ongni rivojlantirish, mavzuni to'g'ri aniqlash imkonini yaratish.
uzoq, yo'l kabi

Download 236.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling